N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil
Mavzuning ishlanganlik darajasi
Download 208 Kb.
|
ZEBINISO KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot maqsadi
- Tadqiqot ishining tuzilishi
Mavzuning ishlanganlik darajasi: Mavzuni yoritishda asosan mustaqillik yillarida yaratilgan adabiyotlar va maqolalardan foydalandik.
O‘zbek folklorshunosligining yetuk vakillari G‘.Jahongirov O.Safarov, T.G‘oziboev, M.Murodov, Z.Husainova, K.Imomov, T.Mirzaev, B.Sarimsoqov, M.Afzalov, G‘.Jalolov va boshqalarning ishlari mazkur tadqiqot uchun nazariy asos vazifasini o‘tadi. Ertaklar har bir folklorshunos nazaridan chetda qolmagan. O`zbek xalq ertaklari Buyuk Karimov, Fattoh Abdullayev, Mansur Afzalov, Komiljon Imomov, G`ayrat Jalolov, Xudoyberdi Egamov, Tojiboy G`oziboev, Ro`zimboy Safarov kabi olimlar tomonidan o`rganilgan bo`lib, ular Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o`g`li, Husanboy Rasul o`g`li, Nurali Nurmat o`g`li, Rahmon buva kabi o`nlab ertakchilardan ertaklarni yozib olganlar, tahlil qilganlar va nashrga tayyorlaganlar. O'rganilayotgan mavzuimizning dolzarbligidan kelib chiqib bitriruv malakaviy ishimizni “Maktabgacha yoshidagi bolalarni o'qib, hikoya qilib beriladigan ertaklar bilan tanishtirish ” deb nomladik. Tadqiqot maqsadi:Maktabgacha ta’lim tashkilotsida Maktabgacha yoshidagi bolalarni o'qib, hikoya qilib beriladigan ertaklar bilan tanishtirish ishini o`rganilib, amaliyotga tatbiq qilish. Tadqiqot vazifalari: 1. Mavzuga oid adabiyotlarni o`rganish; 2. Bolalarni monolog nutqqa o’rgatish bo’yicha ish mazmuni va vazifalarini bajarish 2. Bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatish 3. Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish 4. Bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga o’rgatish 5. O’yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o’rgatish 6. Bolalarni o’z tajribalaridan (xotiradan) hikoya qilib berishga o’rgatish 7. Ijodiy hikoya qilish Tadqiqot ishining tuzilishi: Kirish, II.Bob, V bo’lim, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat. I.BOB. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o'qib, hikoya qilib beriladigan ertaklar bilan tanishtirishning ahamiyati. 1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni hikoya tuzishga o’rgatish bo’yicha ish mazmuni va vazifalari Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo’lib. bu bitta odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutqda bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaydilar. Monolog nutq ko’pchilikka qarata aytiladigan nutq bo’lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo’lishi kerak. Monolog nutq yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni yo’naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monolog nutq tafakkurga tayanadi. Monolog nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab hisoblanadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo’lishi uchun yoyiq gaplardan, aniq lug’atdan foydalanish kerak. Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo’lish jarayonida katta rol o’ynaydi. Bola uchun esa bu qobiliyat bilish vositasi, o’z bilimlarini, tasawurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Bolalarda monolog nutqning shakllanishi ularda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, bola nutqi monolog nutqqa aylanishi uchun u tilning lug’atini va grammatik tomonini erkin egallagan bo’lishi kerak. Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monolog nutq besh yoshdan boshlab paydo bo’ladi. Ruhshunos D. B. Elkanin bu haqda slumday yozadi: ‘Bola hayot tarzining o’zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi turdagi faoliyatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o’z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli — monolog tarzida xabar qilish, ko’rgan va eshitganlari to’g’risida hikoya qilish paydo bo’ladi", bolalarni hikoya qilishga o’rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam be- radi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi. Nutq grammatik jihatdan shakllangan bo’lib, o’zini tutish, jamoa oldida so’zga chiqish malakasi hosil bo’ladi". Shu munosabat bilan bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Bu guruh bolalarini tanish hikoya va ertaklarni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqii) so’zlab berishga o’rgatiladi, o’yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo’yicha hikoyani (3—4 gapdan iborat) takrorlash ko’nikmasi tarbiyalanadi, tanish ertaklardan olingan parchalarni salma- lashtirishda qatnashishga o’rgatiladi. O’rta guruhlarda hikoya qilishga o’rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqii holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali so’zlab berishga o’rgatiladi. Mashg’ulotlarda birinchi marta o’qib berilgan kichik ertak va hikoyalarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o’rtoqlari hikoya qilayotganda e’tibor bilan tinglashga, o’yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (awal tarbiyachining savollari, so’ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o’rgatiladi. Ikkinchi yarim yillikda bolalarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o’ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar mazmunini hikoya qilayot- gan o’rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilgan joylarini payqashni o’rgatish davom ettiriladi. Katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun ‘Nutq o’stirish" bo’limida bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatish yuzasidan olib boriladigan ishlar. ularning mazmuni quyidagicha belgilangan: Download 208 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling