N. U. Arabov I f. d, professor


Download 1.91 Mb.
bet171/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

(Qonun hujjatlarima 'lumollari milliy bazasi, 04.07.2018-y.,
07/18/3832/1452-son)

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
RAQAMLI ISHONCH” RAQAMLI IQTISODIYOTNI
RIVOJLANTIRISHNI QO'LLAB-QUVVATLASH
JAMG'ARMASINI TASHKIL ETISH TO'G'RISIDA

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishnmg eng ustuvor yo'na- lishlarida investitsiyaviy, moliyaviy va boshqa resurslarni birlashtirish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qaroriga muvofiq:

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o'rinlarda Agentlik deb yuritiladi) davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'ar- masini (keyingi o'rinlarda — Jamg'arma) tashkil etish to'g'ri- sidagi taklifiga rozilik berilsin.

  2. Quyidagilar Jamg'armaning asosiy vazifalari etib belgi- lansin:

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog'liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag'larini jalb etish va birlashtirish;
davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto- birjalar faoliyati sohasidagi eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, “blokcheyn” texnolo- giyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida kadrlar tayyorlash bo'yicha o'quv tadbirlari va boshqa tadbirlarni o'tkazish;
raqamli iqtisodiyotni, shu jumladan “blokcheyn” texnolo- giyalarini joriy etish va kripto-aktivlar aylanmasi uchun platfor- malar tashkil etish hisobiga yanada rivojlantirish borasidagi,
ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari (startaplari)ni qo'llab-
quvvatlash;
kripto-aktivlar aylanmasi va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida yetakchi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etishda, shu jumladan yuqori malakali chet el mutaxassislarini jalb etishda texnik ko'makni ta'minlash.

  1. Kuyidagilar Jamg'arma mablag'larini shakllantirishnmg manbalari etib belgilansin:

Agentlik va uning bo'ysunuvidagi tashkilotlarning Agentlik direktori tomonidan belgilanadigan miqdordagi ajratmalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan chet el jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari;
yuridik shaxslar ustav kapitali (ustav fondi)da Jamg'armaga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar) bo'yicha olinadigan daromadlar;
davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Jamg'armaning vaqtincha bo'sh turgan mablag'larini
banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.

  1. Belgilab qo'yilsinki, Jamg'armaning mablag'laridan

quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish, kripto-aktivlar aylanmasini va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish bo'yicha loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida moliyalashtirish;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida tuziladigan yuridik shaxslarning, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining ustav kapitali (ustav fondi)dagi aksiya va ulushlarni sotib olish;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), ko'chmas mulk obyektlari, transport vositalari va boshqa mol- mulkni sotib olish;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi tashabbuslar (startaplar)ni moliyalashtirish va qo'llab-quvvatlashni tashkil etish uchun grantlar va kredit liniyalarini ajratish;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida, shu jumladan xorijda o'tkaziladigan o'quv tadbirlari, konferensiyalar, semi- narlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, iqtidorli talabalar va yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlash uchun stipendiya va grantlar ajratish;
Jamg'arma ijro etuvchi direksiyasini moddiy-texnik ta'min- lash, uning xodimlari mehnatiga haq to'lash va ularni moddiy rag'batlantirish;
Jamg'arma tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida jalb etiladigan yuqori malakali chet el mutaxassislari xarajatlarini (mehnatga haq to'lash, transport xarajatlari va boshqalar) ular bilan tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) asosida moliyalashtirish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog'liq boshqa maqsadlar.

  1. “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasining kengashi (keyingi o'rinlarda — Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Kengash bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha, shu jumladan “blokcheyn” texnologiyalarini quyidagilarda bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutgan holda “yo‘l xaritasini” ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat va hududiy dasturlarning investitsiya loyihalari amalga oshirilishini monitoring qilishda;
O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga mablag'lar tushishi va ularning sarflanishim, davlat organlarida to'lov intizomiga rioya etilishini nazorat qilishda;
sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, ta'lim va madaniyat sohalarida ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishda, shuningdek, ajratilayotgan budjet mablag'larining taqsimlanishini monitoring qilishda;
davlat organlari faoliyatini tashkil etishda, shu jumladan idoralararo hamkorlikda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, davlat xizmatlarini ko'rsatishda, shaxs to'g'risidagi ma'lumotlarni verifikatsiya qilishda;
davlat kadastrlari, reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa ma'lumotlar bazalarini yuritishda, shu jumladan ularga kiritilgan axborotning dolzarbligini ta'minlash va undan foydalanishda;
ustav kapitali (ustav fondi)da davlat ishtiroki yuqori bo'lgan yirik tijorat tashkilotlarida, shu jumladan biznes jarayonlarini takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma'muriy va operatsion jarayonlarni optimallashtirish, shuningdek, zamonaviy menejment va resurslarni boshqarishni joriy etish maqsadida korporativ boshqarishda;
bank va moliya sektorlarida tranzaksiya operatsiyalarini, shu jumladan kliring operatsiyalari, elektron to'lovlar, sug'urtalash, savdoni moliyalashtirish (akkreditiv) va loyihalarni kreditlashni monitoring qilishda.

  1. Belgilab qo'yilsinki:

Jamg'arma o'zining mustaqil balansiga, O'zbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutadagi hisobraqamlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega;
investorlarni tanlash mezonlari, shuningdek, raqamli iqtiso- diyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik shartlari Kengash tomonidan belgilanadi;
Jamg'armaning mablag'larini shakllantirish va ulardan
foydalanish tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadi;
Jamg'armaning mablag'larini joylashtirish bo'yicha barcha operatsiyalar Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Jamg'armaning joriy faoliyatiga rahbarlik Agentlik direktori lavozimga tayinlaydigan va lavozimdan ozod qiladigan direktor rahbarligidagi ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
Jamg'arma tomonidan jalb etiladigan grantlarga texnik ko‘- maklashish mablag'lari hisobiga amalga oshirish uchun nazarda tutiladigan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish tartibi tatbiq etilmaydi;
Jamg'arma mablag'larining maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Jamg'armaga:

tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar va ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan “blokcheyn” texnolo- giyalarini joriy etish va amalga oshirilayotgan loyihalar uchun zarur uskunalar, texnika va materiallar, ehtiyot qismlari, dasturiy mahsulotlar, butlovchi buyumlarni yetkazib berish bo'yicha eng yaxshi takliflami tanlab olish asosida shartnomalar tuzishga;
yuqori malakali chet el mutaxassislarini ishga qabul qilish va ularga Agentlik bilan kelishilgan miqdorda erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ish haqi va boshqa to'lovlar belgilashga;
xorijiy oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan tegishli yo'nalishdagi mutaxassislarga nisbatan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini ishga qabul qilishda xodimlar ma'lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo'yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan qo'llamaslikka ruxsat berilsin.

  1. Agentlik (D.R. Li):

ikki hafta muddatda Jamg'armaning ta'sis hujjatlari, ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlasin;
bir oy muddatda Jamg'armaning faoliyatini tashkil etish, shu jumladan mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlash choralarini ko'rsin;
ikki oy muddatda Jamg'arma ijro etuvchi direksiyasining zarur nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarga ega, Jamg'armaga yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ Idirilishini ta'minlasin.

  1. Quyidagilar 2021-yil 1-iyulga qadar muddatga:

Jamg'arma yagona ijtimoiy to'lovlardan tashqari barcha turdagi soliqlar va majburiy to'lovlar to'lashdan;
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmayotgan, Jamg'arma tomonidan uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro'yxatlar bo'yicha olib kelinadigan tovarlar bojxona to'lovlari to'lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlardan tashqari) ozod qilinsin.
Belgilansinki, Jamg'arma tomonidan o‘z faoliyati, shu jumladan amalga oshirayotgan loyihalar doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga beg'araz asosda beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ularni oluvchi tomonda yuridik shaxslarning foyda solig'i, yagona soliq to'lovi va jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq bo'yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.

  1. Agentlik hamda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi- ning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan- tirish vazirligi huzuridagi “Ni-tech city” xalqaro yuqori texno- logiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasini Agentlikka beg'araz o'tkazish hamda uning nomini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga o'zgartirish to'g'risidagi takliflari ma'qullansin.

“Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasining faoliyatini moliyalash- tirish manbalaridan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari chiqarib tashlansin.
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasining belgilangan tartibda Agentlikka o'tkazilishini ta'minlasin.

  1. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamg'ar- ma ijro etuvchi direksiyasining buyurtmanomalariga binoan Jamg'arma tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida jalb etiladigan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha propiska qilinishini, turar joyi bo'yicha hisobga olinishini hamda vaqtincha propiska va turar joyi bo'yicha hisobga olish uzaytirilishini ta'minlasin.

  2. Jamg'arma Toshkent shahri, I. Karimov ko'chasi, 1-uyga beg'araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

  3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjat- lariga 2-ilovaga muvofiq o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin.

  4. Agentlik boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida takliflar kiritsin.

  5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyam rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi o'rinbosari D.R. Li va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o'rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-sentabr,
PQ-3927-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-sentabrdagi
PQ-3927-son Qaroriga
1-ILOVA
Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni
qo'llab-quvvatlash jamg'armasining kengashi
TARKIBI


lavozimi

— O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

bo'yicha

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori, Kengash raisi

A.A.

— O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining

Abduhakimov

o'rinbosari

M.P. Olloyorov

— O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o'rinbosari

M.B.

— O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Nurmuratov

boshqaruvi raisi

Sh.M. Sadikov

— O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

P.R. Bobojonov

— O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

A.Y. Haydarov

— O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining
birinchi o'rinbosari

A.X. Abdullayev

— O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisi

B.A. Musayev

— O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari

J.O. Aripov

— O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari

F.Z. Ibragimov

— “Mirzo Ulugbek Innovation Center”
MChJdirektori

lavozimi

— “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni

bo'yicha

rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi

ijro etuvchi direksiyasi direktori, Kengash kotibi Izoh. Kengash a 'zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling