N. U. Arabov I f. d, professor


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH CHORA- TADBIRLARI TO'G'RISIDA


Download 1.91 Mb.
bet170/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAQAMLI
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH CHORA-
TADBIRLARI TO'G'RISIDA

Iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida dav- lat tomonidan keng ko'lamli chora-tadbirlar ko'rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to'lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
Axborot-texnologik platformalarda faoliyat ko'rsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platfor- malarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda.
“Blokcheyn” texnologiyalari (ma'lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), “sun'iy aql”, superkompyuterlar im- koniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo'yicha faoliyat jahonning ko'plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko'plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosa- batlariga asta-sekin joriy etilmoqda.
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, 2017-2021- yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida:

  1. Quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo'yicha eng muhim vazifalar deb hisoblansin:

investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yig'imlari formatida mukofot olish
imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta'minlash va yangi bloklar yaratish bo'yicha faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug'urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish;
“blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish ko'nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash;
kripto-aktivlar bo'yicha faoliyat va “blokcheyn” texnolo- giyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat ko'rsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish;
xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribasini hisobga olgan xolda “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish;
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkor- ligini ta'minlash.

  1. Belgilab qo'yilsinki:

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi;
“blokcheyn” texnologiyalari joriy etiladigan aniq faoliyat sohalari manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqa- ruvi milliy agentligi tomonidan belgilanadi;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni va “blokcheyn” texnolo- giyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat- lar loyihalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda eksperti- zadan o'tkazilishi lozim;
kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog'liq operatsiyalari, jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daro- madlar esa soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar tomonidan o'tkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog'lik valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish to'g'risidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi.

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018 — 2020-

yillarda quyidagilarni nazarda tutadigan “Blokcheyn” texnolo- giyalarini rivojlantirish dasturini (keyingi o'rinlarda Dastur deb yuritiladi) ishlab chiqsin va amalga oshirsin:

  1. kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mazkur faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish orqali joriy etish va rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy va xalqaro kripto-birjalarda realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutishni;

  2. 2021-yil 1-yanvardan boshlab “blokcheyn” texno- logiyalarini:

davlat organlari faoliyatiga, jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, davlat xizmatlarini ko'rsatishda, shaxs to'g'risidagi ma'lumotlarni verifikatsiyalashda tatbiq etishni;
davlat reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa ma'lumotlar bazalarini yuritishda, jumladan ularga kiritilgan axborotni yangilash va undan foydalanishda joriy etishni;
ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor bo'lgan yirik tijo- rat tashkilotlarining korporativ boshqaruvi tizimiga, jumladan biz- nes-jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma'muriy va operatsion jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy menejmentni tatbiq etish va resurslarni boshqarish uchun tatbiq etishni;
kliring operatsiyalarida, to'lovlarni amalga oshirishda, savdoga oid moliyalashda (akkreditiv), shuningdek, loyihalarga kredit berishda joriy etishni.

  1. 2018-yil 1-oktabrdan shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:

kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi, jumladan kripto-aktiv- lar savdosi bo'yicha kripto-birjalar yaratish faoliyati litsenziya- lanishi lozim;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo'yicha vakolatli organ hisoblanadi.

  1. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Res- publikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Toshkent shahridagi Inxa universitetining “Axborot texno- logiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi” MChJ ustav fondidagi universitetning ulushini O'zbe- kiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga berish to'g'risidagi taklifi ma'qullansin.

  2. “O'zbekenergo” AJ va “O'zbekgidroenergo” AJ uch oy muddatda raqamli iqtisodiyot elementlari va kripto-aktivlar aylanmasi (jumladan mayning) sohasidagi faoliyat negizida tajriba loyihasini ishga tushirish bo'yicha takliflarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga kiritsin.

  3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

  1. bir oy muddatda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha takliflar kiritsin;

  2. 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot va blokcheyn- texnologiyalar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini kiritsin:

“blokcheyn” texnologiyalari sohasidagi asosiy tushunchalar va uning faoliyat yuritish prinsiplari;
davlat organlari, shuningdek, jarayon ishtirokchilarining “blokcheyn” texnologiyalari sohasidagi vakolatlari;
“blokcheyn” texnologiyalaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanganlik uchun javobgarlik choralari;
v) ikki oy muddatda:
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomni;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risidagi takliflarni kiritsin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2018-yil 3-iyul, PQ-3832-son

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling