N. U. Arabov I f. d, professor


III BOB. INTERNET-MARKETING


Download 1.91 Mb.
bet96/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

III BOB. INTERNET-MARKETING

    1. Internet marketing asoslari

      1. Tushuncha va asosiy elementlar

Iqtisodiyotni raqamlashtirish davrida Internet hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Bu, ayniqsa marketing tadqiqotlari sohasida sezi- larli.
XX asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan Internet, XXI asrning boshiga kelib, dunyoning turli burchaklaridan to‘plangan, ichki aloqalari, elektron tijoratuchun asosiy imkoniyatlariga ega bo‘lgan katta ma’lumot manbalari kutubxonasiga aylandi. Bugungi kunga kelib, Internet marketologlar uchun kuchli vosita va manbaga aylandi. Internetning rivojlanishi Internet-marketingning tijorat tashkilotlarining marketing faoliyatida alohida va muhim yo‘nalish sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi.
Internet-marketing marketing va axborot texnologiyalari fan- larning to‘qnashuvida paydo bo‘ldi. 1990-yilgacha Internetdan biznes maqsadlarda foydalanish AQSH Milliy Ilmiy Jamg‘armasi tomonidan taqiqlangan edi, ammo keyinchalik yirik kompaniyalar unga kirishgan. 1992-yilda Internet boshqaruvi shaxsiy qo‘llarga berilganidan so‘ng, iste’molchilar va Internet-provayderlar doirasi sezilarli darajada kengaydi va tarmoq butun dunyo bo‘ylab mil- lionlab odamlar va kompyuterlarni uladi.O‘sha yili Charlz Stekning kitob sotadigan birinchi onlayn-do‘koni ochildi. 1994- yilda Amazon kompaniyasi ochildi va 1995-yil iyul oyida o‘z internet-do‘konini ishga tushirdi. 1994-yil oktyabr oyida First Vir- tual kompaniyao‘zining onlayn to‘lov xizmatlarini taklif qila boshladi va Internetdagi birinchi elektron to‘lov tizimiga aylandi. 1996-yilda MasterCard va Visa SET deb nomlangan plastik kartalar yordamida Internetda to‘lovlarni himoya qilish uchun ochiq yagona standart yaratilishini e’lon qildi. Birozdan keyin bi-
rinchi qidiruv tizimlari paydo bo‘la boshlaydi. Hozirgi kunda Internet eng samarali tarqatish kanallaridan biriga aylandi.
Internet-marketing raqamli iqtisodiyotning banner rekla- masi, jamoatchilik bilan aloqalar (Public relations, PR), Internetda marketing tadqiqotlarini o‘tkazish usullari, xususan, talab va iste’molchilar auditoriyasini o‘rganish, brendni bozorda to‘g‘ri joylashtirish usullari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Aytishimiz mumkinki, Internet-marketing Internetning gipermedia muhitida marketingni tashkil etish nazariyasi va metodologiyasi. Internet o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular an’anaviy marketing vositalaridan farq qiladi.
Internet-marketingning ba’zi bir asosiy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Birinchidan, marketing Internetda yuqori darajada shaxsiy- lashtirishga ega.
An’anaviy marketing ommaviy iste’molchiga qaratilgan bo‘lsada, Internet har kimning fikrini hisobga oladi (ma’lum dara- jada) va hamma bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Boshqacha ay- tganda, Internetda (siljitish) reklama yagona mijozlarni jalb qi- lishga qaratilgan.Shaxsiy ma’lumotlarning mavjudligi shuningdek, reklama kampaniyalarida aniq targetinga (butun auditoriyadan belgilangan mezonlarga javob beradigan qismni ajratib ko‘rsatish) imkon beradi.
Ikkinchidan, Internet-marketing interfaollik bilan tavsifla- nadi: mijozlar ko‘plab biznes jarayonlarda faol ishtirok etadilar. Bunga so‘rovlarda qatnashish, kompaniyaning obro‘sini oshirish, yangi mijozlarni jalb qilish va shu kabilar kiradi. Bundan tashqari, mijozlar kompaniya tomonidan yaratilgan Internet xizmati orqali buyurtmalarni joylashtirish, qo‘ng‘iroqlarga buyurtma berish va onlayn maslahatchilar bilan bog‘lanish kabi muhim vazifalarni ba- jarishlari mumkin.
Internet marketing - offlaynda olib bo'lmaydigan katta hajmdagi ma’lumotlar bilan farqlanadi. Misol uchun, Internetda reklama ta’sirini, mijozlar soni, u yoki bu saytga qiziqishlari, keng ko‘lamli qayta aloqani, raqobatbardoshlikni oshirish kabilarni ishonchlikning yuqori darajada baholash mumkin. Xususan, 190
marketing tadqiqotlar (misol uchun, yangi reklama kampaniyani yoki tovarlarni sinovdan o‘tkazish) Internetda offlaynga qara- ganda xarajatlar va maglaglar, vaqtning kamroq sarflanishini talab qiladi.
Internet-marketing - marketingning asosiy elementlari hisoblanadigan narhi, mahsulot, sotuv joyi, siljitish kabilarga tegishli bo‘lgan Internetda an’anaviy marketingning barcha jihatlaridan foydalanish amaliyoti.
Asosiy maqsadi - saytning potentsial auditoriyasidan eng yuqori foydani olish.
Tarmodagi marketing (Internet-marketing) tashkilotdagi marketingning ananaviy tushunchasiga mos keladi va ko‘pincha elektron marketing deb ataladi.
U marketing faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi, xususan: bozorni o‘rganish, xaridorlar va atrof-muhit, mahsulotni ilgari surish, brending, vositachilar bilan ishlash, savdo-sotiq faoliyatini tashkil etish.
Internet tufayli marketing tadqiqotlarni o‘tkazishning yangi vositalari paydo bo‘lmoqda. Shunday qilib, an’anaviy marketing usullari va eng yangi axborot texnologiyalarining birlashishi ko‘zatilmoqda.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling