283
qo‘llab
quduqni ishlatish, anomal xossali neftni qazib olish uchun UYNQ qo‘llash
istiqbollari, ko‘targichi lentali mexanizmli uzun yurishli nasos qurilmasining afzalligi
haqida ma‘lumotlar keltirilga.
15-bob.Gaz komini ishlatish
15.1.Gaz va gazkondensat konlari haqida umumiy ma’lumot
Tabiiy
gaz - sof gaz koni, gazkondensat, neftli
gazkondensat va gazgidrat
konlarida uchraydi.
Gaz koni deb shunday konga aytiladiki, bunda
uglevodorodlar gaz holatda
bo'lib, qatlamdagi bosim izotermik o'zgarganda qatlamda uglevodorodlar bir holatdan
ikkinchi holatga o'tmaydi.
Gazkondensat koni deb shunday konga aytiladiki,
bunda gaz gaz holatda
bo'ladi, ammo bosim tushishi natijasida suyuq uglevodorodlar ajrala boshlaydi.
Gazgidrat koni deb shunday konga aytiladiki, bunda gaz ma'lum bir bosim va
harorat ta'sirida suv bilan birikib qattiq gidrat holida bo'ladi.
Gaz va gazkondensat konlari quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
1) geologik tuzilishiga qarab:
-
oddiy;
-
murakkab;
2)
mahsuldor qatlamlarning soniga qarab:
-
bir qatlamli;
-
ko'p qatlamli;
Do'stlaringiz bilan baham: