N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX.6-rasm . Temiryo‘l berk estakadalarining umumiy chizmalari
Nometall rezervuarlar.
Neft mahsulotlarini saqlashda nometall rezervuarlardan ham foydalaniladi. Bunday rezervuarlar: temir beton (t/b), ipli rezina (rezinatkanovue) rezervuarlari kiradi. Temir beton rezervuarlari: mazut, neft, yog` va tiniq neft mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladi. Tiniq neft mahsulotini saqlovchi nometall rezervuarlarni ichki yuzasi yupqa po`lat varog`i bilan qoplangan bo`ladi. 139 Silindr ko`rinishidagi t/b rezervuarlarning hajmi 100 – 30000 m 3 , ayrim hollarda ularning hajmi 100000 m 3 ni tashqil etadi. Gaz bo`shlig`idagi ichki bosim ≈ 2000 MPa (0.02 kg/sm 2 ) tashkil etadi. Ipli rezina rezervuarlari avtomobil benzinini reaktiv yoqilg`isini, kerosin, dizel yoqilg`isini va moyni tashish va saqlash uchun mo`ljallangan. Ko`p ishlatiladigan bunday rezervuarlarni hajmi 2,5 – 5,0 m 3 tashkil etadi. Ayrim hollarda, hajmi 400 m 3 bo`lganlari ham tayyorlanadi. IX.5-rasm. Silindr ko`rinishidagi nometal rezervuarlar. IX.5-rasm. Rezinali nometall taxlab qo‘yiladigan rezervuarlar. 140 IX.2. Neft mahsuloti omborining rezervuar saroyi hajmini aniqlash Rezervuar saroyi, neft mahsuloti omborining eng qimmat ob‘ektlaridan biri bo`lib, uning hajmini kelgusidagi rivojlanishini hisobga olib aniqlash katta ahamiyatga ega. Rezervuar saroyining hajmi ortiq ham va kam ham bo`lishi kerak emas. Bu transportlarni bo`sh qolishini va texnologik jarayonlarning izdan chiqishini sodir etadi. IX.6-rasm. Temiryo‘l berk estakadalarining umumiy chizmalari: 1–bir tomonli estakada; 2–idish mahsulotlarni saqlovchi omborlar; 3–ikki tomonli estakada; 4–to‘kish tomoni; 5–manyovr uchun yo‘l. Saroy hajmi, neft omborining turiga, yuk almashishiga va yuk olib kelish va olib ketish sharoitiga bog`liq bo`ladi. Agar olib kelish va olib ketish sinxron tarzda bajarilsa, rezervuar saroyi kerak bo`lmaydi. Aniq sharoitlarda olib kelish bilan olib ketish to`g`ri kelmaydi. Bu o`z navbatida rezervuar saroyining bo`lishini taqozo etadi. Olib kelish olib ketishdan ko`p bo`lsa, ma‘lum vaqtdan keyingi neft mahsulotini maksimal hajmi – V max teng bo`ladi. Uning teskarisi bo`lsa, neft mahsulotining minimal hajmi – V min ga teng bo`ladi. Tegishlicha, kerakli aylanma rezervuar saroy hajmi eng ko`p va eng kam mahsuloti qoldig’ining ayirmasiga teng bo`ladi. V=V max –V min ( IX.1) 141 Neft ombori rezervuar saroyining hajmini aniqlash uchun yillik yuk almashish miqdoriga ko`ra xaftalik yoki dekadalik, oylik yuk olib kelish va olib ketish to`g`risidagi (absolyut qiymatda yoki foizda) ma‘lumotlar kerak bo`ladi. Mahsulotlar turi bo`yicha, uzatuvchi neft mahsuloti omborining rezervuarlar saroyining hajmi quyidagicha aniqlanadi. «Aylanuvchanlik» koeffitsiyenti yillik yuk almashinish hajmini (V o ), o`rnatilgan rezervuar hajmiga (V p ) bo`lgan nisbati: K 0 = V 0 /V p ( IX.2) Bu koeffitsiyent neft mahsuloti omborlari rezervuarlarining ishlatilish darajasini ko`rsatadi. Ko`p yillik kuzatish ma‘lumotlariga ko`ra: - suvli uzatuvchi neft mahsuloti omborlari uchun maqbul K 0 ning qiymati 18- 20 ga teng; - temir yo`lli taqsimlovchi neft mahsuloti omborlari uchun K 0 = 6÷8 ga teng. Mahsulotlar bo`yicha, taqsimlovchi neft omborining rezervuarlar saroyining hajmi quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin: V tak =QК n 103/12р К3 ; m 3 ( IX.3) Bu yerda K n – neft mahsulotini kelishini va uni realizatsiya qilishni bir xilda bo`lmasligini hisobga oluvchi koeffitsiyenti. Shunday qilib, har bir neft mahsuloti uchun rezervuar saroyining xajmi aniqlanib, ularni umumlashtiriladi. Umumiy rezervuarlar saroyining hajmi, neft mahsuloti omborining hajmini ko`rsatadi. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling