142
Tovar neftining ko‘p qismi hajm usuli bilan o‘lchanadi. Bunda har bir bo‘lagi
1sm ga teng qilib kalibrlangan saqlagich sig‘imlardan foydalaniladi.
Har bir saqlagich uchun kalibr jadvali tuziladi va uning asosida tovar nefti
hisobga olinadi.
Neftni hajm usuli bilan hisobga olishda quyidagi jarayonlar bajariladi:
neft va tovar osti suvining balandligi o‘lchanadi;
kalibr jadvalidan berilgan balandliklar bo‘yicha
neft hajmi hisoblanadi;
harorat o‘zgarishiga tuzatmalar kiritiladi.
Qabul qilish va tarqatish jarayonida neftni hisobga olishning quyidagi tartibi
keng tarqalgan:
-
saqlagichdan olingan namunaning harorati o‘lchanadi;
-
neftning o‘rtacha
zichligi aniqlanadi va +20
o
C haroratga keltiriladi;
-
olingan namuna tarkibidagi suvning miqdori Dina–Stark apparati
yordamida aniqlanadi.
Mana shu o‘lchovlar amalga oshirilgandan so‘ng
suvlangan neftning
o‘lchangan hajmi uning o‘rtacha zichligiga ko‘paytiriladi va brutto massasi kelib
chiqadi.
Bu massadan suv massasi olib tashlansa, netto massasi kelib chiqadi.
Tovar neftini hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish.
Tovar neftini hisobga olishning ko‘rib chiqilgan turlari ba’zi
kamchiliklarga
ega. Bular:
1) saqlagichlardan namuna olish va analiz qilish uchun ko‘p sonli operator va
laborantlar ishga jalb qilinadi;
2) namuna olish va analiz qilish ma’lum vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi. Shu vaqt
ichida neftni tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmalarining ish tartibi o‘zgarib
turishi mumkin;
3) shu ishlarni olib boruvchi operator va laborantlar
tomonidan subyektiv
omillarning ta’siri.
Mana shu kamchiliklardan qutilib, neftni tinimsiz o‘lchash
uchun Rossiya
konlarida
Rubin–2 avtomatlashtirilgan qurilmasi qo‘llanila boshlagan (IX.7-rasm).
143
Bu qurilma tovar neftini miqdor va sifat o‘zgarishlarini avtomatik tarzda o‘lchashga
mo‘ljallangan bo‘lib, nokonditsion neftni qayta tayyorlashga yuboriladi.
Rubin – 2 qurilmasi quyidagicha ishlaydi:
Neftni tayyorlash qurilmasidan (NTQ) neft germetiklangan saqlagichlarga (1)
uzatiladi. Nasos (2) neftni haydab avtomatik namo‘lchagich (3) va tuz o‘lchagichdan
(4) o‘tkazib yuboradi. Agar neft tarkibidagi tuz va suvlarning miqdori belgilangan
meyordan ochiq bo‘lsa, namo‘lchagichning (3) zondi joydagi avtomatika bo‘lmasiga
JAB halokat belgisini yuboradi va gidroharakatlantirgish (8) tusqish (5)
yordamida
tovar neftining yo‘lini to‘sadi. Shu vaqtning o‘zida to‘sqich (6) nokondension
neftning yo‘lini ochib yuboradi va bu neft uzatkich (7)
orqali ayirboshlagish
ajratgichga boradi. So‘ngra bu neft NTQ da qayta tayyorlanadi. Tuz o‘lchagich (4) va
suv o‘lchagichdan (3) halokat belgisi kelishi to‘xtashi bilan to‘sqich (5) oshiladi ,
to‘sqich (6) esa yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: