157
XI-bob. Kondagi kompressor va nasos stansiyalari
XI.1. Kondagi kompressor stansiyalari haqida asosiy tushunchalar
Gazlarni haydash uchun mo‘ljallangan mashinlarga
ularning hosil qilgan
bosimidan kelib chiqqan holda mos ravishda - ventilyatorlar yoki kompressorlar deb
ataladi.
Mashinadan chiqishdagi bosimning, mashinaga kirishdagi bosim qiymatiga
nisbati farqi 1,5 gacha bo‘lgan gazlarni haydovchi mashinalarga - ventilyatorlar deb
ataladi.
Bosimlar (kirish va chiqishdagi) farqi 1,5 dan katta bo‘lgan
gazlarni siqib
haydaydigan va sun’iy sovutish sistemasiga yega bo‘lgan mashinalarga -
kompressorlar deb ataladi.
Kompressorlar gazlarni siqish va uni quvur orqali uzatishga mo‘ljallangan
mashinalar hisoblanadi.
Idishlardagi vakuum bilan birgalikda gazlarni atmosfera bosimigacha yoki
undan katta qiymatlarga siquvchi mashinalarga - vakuum nasoslar deb ataladi.
Konstruktiv tuzilishiga ko‘ra - hajmiy kompressorlar:
rotorli yoki porshenli
kompressorlarga bo‘linadi. Parrakli kompressorlar esa markazdan qochma va
bo’ylama kompressorlarga bo‘linadi. Sanoatda qo‘llaniladigan har xil turdagi
kompressorlarning asosiy parametrlar jadvalda keltirilgan.
Massiv rotor aylanish jarayonida po‘lat plastinkalar
fazalarida erkin
harakatlanishi mumkin. Plastinkalar oralig‘ida gazning aylanish jarayonida so‘ruvchi
trubka dan gazni olib bosimli trubka orqali quvurga uzatadi.
Rotorli kompressorning vali elektrodvigatel orqali reduktorsiz to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ulanishi mumkin.
Pоrshеnning оldinmа-kеyin hаrаkаti dаvоmidа quyidаgi jаrаyonlаr аmаlgа
оshаdi: kеngаyish, so’rish, siqilish vа hаydаsh (itаrish).