N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Kompressor mashinalarning asosiy xarakteristikalari
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
Kompressor mashinalarning asosiy xarakteristikalari.
Turi Qo’llanilishi Sarfi, m 3 /min Bosim orttirish darajasi Aylanishlar soni Porshenli Vakuum-nasoslar Kompressorlar 0-100 0-500 1-50 2,5-1000 60-1500 100-3000 Rotorli Vakuum-nasoslar Xavo xaydagich Kompressorlar 0-100 0-500 0-500 1-50 1,1-3 3-12 250-6000 300-15000 300-15000 Markazdan qochma Ventilyatorlar Xavo xaydagich Kompressorlar 0-6000 0-5000 100-4000 1-1,15 1,1-4 3-20 300-3000 300-3000 1500-45000 Bo’ylama Ventilyatorlar Kompressorlar 50-10000 100-15000 1-1,40 2-20 750-10000 500-20000 XI.2. Gazni transport qilishda qo‘llaniladigan kompressorlar Neft va gaz sanoatida kompressorlar juda keng qo‘llaniladi. Masalan, gaz sanoatida magistral gaz quvurlarida, konlarda quduqlardan chiqayotgan gazni yig‘ish, yer osti gaz omborlariga gaz haydash, uzoq masofaga uzatuvchi quvurlarni sinash uchun va boshqa maqsadlarda ishlatilsa, neft sanoatida qatlamga gaz haydash, quduqlarni gaz ko‘targich usuli bilan ishlatish, quduqlarni ishga tushirish uchun ishlatiladi. Kompressorlarni xalq xo‘jaligida juda keng ishlatilishiga ko‘ra porshenli va markazdan qochma kompressorlar tuzilishiga, ishlash tarziga, quvvatiga va boshqa omillariga qarab bir qancha turlari mavjud. Gazomotokompressorlar, gaz haydagichlar, ventilyatorlar, rotatsion va vintli kompressorlar ham mavjud bo‘lib, ular gaz haydashni har xil sharoitlarida ishlatiladi. Shuningdek, kompressorlarning ko‘chma (ya’ni katta yuk avtomobillarga o‘rnatilgani) va muhim (ya’ni bir yerga o‘rnatilgan) holda ishlatiladigan turlari ham mavjud. Kompressor stansiyalari qanday maqsadlarda qurilishidan qat’iy nazar quyidagi inshootlardan tashkil topgan bo‘ladi: 159 1) mashina zali - bu yerda kompressorlar maxsus poydevorlarga o‘rnatilgan bo‘lib, kerakli o‘lchov asboblari, ko‘tarish kranlari va boshqa qo‘shimcha mexanizmlar bilan butlangan bo‘ladi; 2) sovutish uchun suv haydaydigan nasos stansiyasi; 3) issiq suvni sovutadigan qurilma, issiq suv to‘planishi uchun maxsus saqlagich va sovuq suv yig‘ib qo’yiladigan hovuz; 4) gaz tozalagich, moy ajratkich va boshqa maxsus asbob-uskunalar o‘rnatilgan alohida maydoncha; 5) elektrtransformator va elektr taqsimlagish o‘rnatilgan maxsus maydoncha; 6) mexanik ustaxona, omborxona, ishchi xodimlar uchun dam olish, kiyinish va yuvinish xonalari kabi qo‘shimcha binolar. Tabiiy gaz uzatuvchi magistral quvurlarida maxsus hisoblashlar orqali gaz haydovchi kompressor stansiyalarini soni va joylashish nuqtalari aniqlanadi. Kompressor stansiyalarni qurishdan asosiy maqsad tabiiy gazni uzoqqa uzatish bo‘lib, ular qurilishi bo‘yicha murakkab inshoot hisoblanadi. Odatda kompressor stansiyalari orasidagi masofa loyiha ishlari bo‘yicha aniqlanadi, lekin gaz magistral quvuri o‘tkaziladigan geografik sharoitlari, haydalayotgan gazning quvur boshlanishi va oxiridagi bosimi, elektr va suv ta’minoti kabi omillarni hisobga olgan holda har 100-150 km da qurilishi mumkin. Kompressorlar ham xuddi nasoslar kabi porshenli va markazdan qochma turda ishlab chiqarilmoqda. Porshenli kompressorlar markazdan qochma kompressorga nisbatan yuqori foydali ish koeffitsiyentiga ega, juda katta bosimlargacha (100MPa dan yuqori) siqib, ta’mirlash ishlari orasi uzoq bo‘lishi, atrof muhiti sharoiti o‘zgarishi (harorat, bosim) kompressor quvvatiga ta’sir ko‘rsatmasligi va boshqa shu kabi omillar bo‘yicha afzalliklarga ega. Markazdan qochma kompressor konstruktiv tuzilishi bo‘yicha juda turli ko‘rinishlar ega. Bunday kompressorlarda haydalishi kerak bo‘lgan gazning kinetik energiyasi potensial energiyaga aylantirib, yuqori bosim hosil qilinadi. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling