N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
- tashishning boshlang`ich va oxirgi nuqtalarda mahsulotlarni to`plash uchun katta hajmdagi sig`imli idishlarga bo’lgan ehtiyoj yo`qoladi; -
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
- tashishning boshlang`ich va oxirgi nuqtalarda mahsulotlarni to`plash uchun
katta hajmdagi sig`imli idishlarga bo’lgan ehtiyoj yo`qoladi; - neft va neft mahsulotlarining yo`qotilishi (bekorchi sarfi) quvur uzatgichlarda, boshqa usullarga nisbatan kam; - quvur uzatgichlar ko`proq mexanizatsiyalangan bo`lib ularni avtomatlashtirishni va uzoqdan turib boshqarishni tezroq amalga oshirish kerak. Quvur uzatgichlarning kamchiligi – ularga metall sarfining ko`p miqdorda bo`lishi va uzatish trassasining qattiqligi, ya’ni quvur yotqizilgandan so`ng uning yo`nalishini o`zgartirish mumkin emas. 173 Bu asosiy tashish usullaridan tashqari neft va neft mahsulotlarini tashishda avtomobillardan foydalanish ham muhim rol o’ynaydi. Neft mahsulotlari avtosisterna yoki mayda idishlarda tashiladi. Avtamobillar asosan neft mahsulotlarini katta neft omborlaridan kichiklariga yoki uni iste’molchilarga yetkazib berish uchun ishlatiladi. XII.2. Temir yo`l transportida neft va uning mahsulotlarini tashish va temir yo`l estakadasi Boshqa transport vositalari ichida neft va uning mahsulotlarini tashishda, temir yo`l transporti asosiy o`rinni egallaydi. Bu transport orqali umumiy tashiladigan neft va uning mahsulotlarining 40% tashiladi. Asosan bu mahsulotlar vagon – sisternalarda, taxminan 2% esa bochkalarda, bidonlarda va konteynerlarda tashiladi. Vagon sisternalarining yuk ko`taruvchanlik qobiliyati 25, 50, 60, 90 va 120 t/m 3 bo`lib, ular ichida ko`p ishlatiladigan 50 va 60 m 3 sisternalar hisoblanadi ( XII.1-rasm ). Bu vagonlar universal to`kuvchi asbob, saqlovchi prujinali klapan, lyuk va narvon bilan jihozlangan. Saqlovchi klapan sisternaning yuqori qismida bo`lib, sisterna ichidagi bosimni kerakli ko`rsatgichda moslab turadi. Lyuk (murkan) ham yo’qori qismida joylashgan bo`lib, u orqali ta‘mirlash ishlarini, tozalash hamda mahsulotlarni qo`yish va qizdirish jarayonlari amalga oshiriladi. Universal to`kuvchi asbob (d=200mm) pastki qismida o`rnatilgan bo`lib, u orqali mahsulot to`kiladi (oqizib olinadi). Sisternalarning tashqi yuzasida qizdirish, bug` ko’ylagi yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi ko’ylak sisternaning pastki qismiga (yarmiga) o`rnatilgan bo`lib, unga suv bug`i kiritilib qizdiriladi. O`rnatilgan to`kuvchi asboblar turli xil bo`lib, qizdiruvchi moslamalar bilan jihozlangan. Masalan: UTQA – universal to`kuvchi quyuvchi asbob – qizdirmasdan to`kib, qo`yishga mo`ljallangan. Yuqori qovushqoq va yuqori haroratda qotuvchi neft va uning mahsulotlarini tashuvchi vagon sisternalar tashqi isituvchi ko’ylak yoki ichki isituvchi moslamalar bilan jihozlangan bo`ladilar. Yuqori qovushqoqli neft va uning mahsulotlarini sisterna ichida qizdirish, o`rnatilgan quvur sektsiyalari orqali suv bug`ini o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Sisternalarning tashqi yuzasida 174 qizdirish, bug` ko’ylagi yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi ko’ylak sisternaning pastki qismiga (yarmiga) o`rnatilgan bo`lib, unga suv bug`i kiritilib qizdiriladi (XII.2- rasm). Issiqlikni isrof bo`lmasligi uchun sisternaning tashqi yuzasi issiqlik izolyatsiya qoplamasi bilan o`ralgan bo`lib, uning usti va esa metall qavati bilan o`ralgan bo`ladi. Bunday sisternalarni maxsus «Termos» sisternalari deb ataladi. BUTQA – bug` bilan; EUTQA – elektr energiya bilan qizdiriladi. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling