175
Temir yo`l estakadasi.
Temir yo`l
orqali sisterna, konteyner va bochkalarda keltirilgan mahsulotlarni
to`kish
yoki ularga solib ortish, neft mahsuloti ombori zonalaridan biri bo`lgan –
temir yo`l estakadasida amalga oshiriladi. Temir yo`l estakadasi asosiy magistral
yo`lning neft mahsuloti omboridagi berk shahobchasi hisoblanadi (XII.3-rasm.). U
iloji boricha (yukni tushirishda) maydonning eng yuqori joyiga yoki (yuk ortishda –
quyishda) eng past bo`limida joylashtiriladi. Yuklarni
tushirish va ortish
jarayonlarida sisternalarni o`zicha harakatlanmasligi uchun estakada,
gorizontal
yo`nalishi bo`yicha tekis bo`lishi kerak.
XII.3-rasm. Temir yo‘l berk estakadalarining umumiy chizmasi:
1–idishli yuklar ombori; 2–quyish va to`kish estakadalari.
Umuman, quyish va to`kish jarayonlari sisternalarni ustidan va pastidan amalga
oshirish mumkin. Lekin bu jarayonlarni
yuqorisida amalga oshirilsa, mahsulotlarni
ko`p isrof bo`lishi sodir bo`ladi hamda to`kish va quyish sistemasida havo to`siqlari
hosil bo`ladi. Bu o`z navbatida sistemaga qo`shimcha
vakuum nasosini ulashni
taqozo etadi. Pastdan to`kishda (quyishda) yuqorida keltirilgan salbiy kamchiliklar
sodir bo`lmaydi. Quyida pastdan va yuqoridan to`kish (quyish)ning umumiy chizmasi
berilgan.