153
X.1–rasm. Oqova suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi.
Uning ishlash tartibi quyidagicha: tindirgich va
deemulgator ajratgichlarida
neftdan ajratilgan suv avtomatik ravishda neft qopqoniga (1) tushadi. So‘ng tindirgich
«ko‘l»larga (3) oqib boradi. Tindirgich «ko‘l»lardagi suv nasoslar (4) yordamida
qumli filtrlardan (5) o‘tib tozalangan suv sig‘imlariga (6) o‘tadi. Bu sig‘imlardan
oqova suvlar nasos qabuliga (7) boradi va ko‘pqatorli nasos stansiyalariga (KNS)
uzatiladi. Bu yerda oqova suvlarni qatlamga haydash uchun katta bosimlar (14,7-
19,62 MPa) hosil qilinadi.
Neft qopqonlaridan diametri 80 mkm dan katta bo‘lgan neft tomchilari yig‘ilib,
nasos (2) yordamida yana qaytadan tindirgich va deyemulsator – tindirgichlarga
uzatiladi.
Suv tezligining tez pasayishi natijasida tindirgich - «ko‘l»larda (3) neftning 30-
40 mkm li tomchilari yig‘iladi va mexanik aralashmalar cho‘kadi.
Oqova suvlarni
tozalashning oxirgi bosqichi qum filtrlardir (5). Qum filtrlarida ma’lum vaqt
oralig‘ida cho‘kib qolgan mikrozarrachalarni yuvib turish kerak. Buning uchun
tozalangan suv sig‘imi (6) dagi suv nasos (8) yordamida qum filtrlariga uzatiladi.
Filtrli tozalanishda hosil bo‘lgan iflos suv omborlarga (9) tushadi.
Bu ko‘rib chiqilgan qurilmaning kamchiliklari quyidagilar:
1. Neft qopqonlari va «ko‘l» - tindirgichlar
temir-betondan quriladi, bu esa
katta harajatlar
talab qiladi;
2. Bunday qurilma katta maydonda qurilishi lozim;
154
3. Neft konini ishlash davri mobaynida neftni suvlanishi
oshishi bilan bir
qatorda bu qurilmaning mahsuldorligi ham ochib borishi zarur;
4. Bu qurilmadagi oqova suvlar havodagi kislorodi bilan ta’sirlashib turadi.
Natijada bu kislorodi oqova suvlarda erib, suv
uzatkichlar va nasoslarning
karroziyasiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda oqova suvlarni tozalashning yopiq usuli qo‘llanilmoqda, bunda
suv havo bilan ta’sirlashmaydi. Mana shunday qurilmalarning biri X.2– rasmda
ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: