N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Neft konlaridagi oqova suvlarga ko‘rsatiladigan talablar
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- X.2. Suvni qatlamga haydashga yaroqliligini aniqlash
Neft konlaridagi oqova suvlarga ko‘rsatiladigan talablar.
Oqova suvlar deb, qatlam suvlari, chuchuk suvlar va atmosfera suvlarining aralashmasiga aytiladi. Chuchuk suvlar neftni tuzsizlantirish, deemulgatorlarni tayyorlash, kompressorlarni sovutish va boshqalarga xizmat qiladi. Oqova suvlarni 82 - 84% qatlam suvlari, 15% chuchuk suvlar, 1,5 - 3% atmosfera suvlari tashkil qiladi. Konni ishlatish jarayonida juda ko‘p miqdorda qatlam suvi yer yuzasiga olib chiqiladi. Mahsuldor qatlamlarni qatlamdan olingan suvlar bilan bostirish juda muhim masalalardan biridir. Qatlamdan olingan suvlarni qayta haydash quyidagi muammolarni hal qilishga yordam beradi: 1. Chuchuk suv sarfini kamaytiradi; 2. Suv havzalarini ifloslanishini, havzalardagi baliqlarni o‘lishini oldini oladi; 3. Mahsuldor qatlamlarni o‘tkazuvchanligini saqlab qoladi, chunki gil va alevrolitlar tuzli suv ta’sirida shishmaydi; 4. Qatlamning neft beraolishlik koeffitsiyenti ko‘tariladi. Bunga sabab deemulgatorli suvlar yaxshi yuvish qobiliyatga ega. Oqova suvlardan foydalanishda bir qator qiyinchiliklar ham vujudga keladi. Bular: tozalash qurilmalarining murakkab va qimmatliligi; suv bostirish tizimidagi suvo‘tkazgichlar va qurilmalarning karroziyasi va boshqalar. Hozirgi vaqtda bu masalalar konlarda o‘z yechimini topayapti. 152 Masalan, suv o‘tkazgichlarning ishi va qurilmalar maxsus lak – bo‘yoqlar bilan qoplanib, karroziyadan himoya qilinmoqda. 6 - 8 oy xizmat qilgan o‘tkazgishlar 3 - 4 yil davomida ishlatilyapti. X.2. Suvni qatlamga haydashga yaroqliligini aniqlash Suvlarni qatlamga haydashga yaroqliligi laboratoriya sharoitida, tabiiy kernlar orqali filtratsiya qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda tabiiy kerning o‘tkazuvchanligi o‘zgarmasa, suv qatlamga haydash uchun yaroqli deb hisoblanadi. Lekin bu usul har doim ham samara bermaydi, Shunki bitta kern misolida mahsuldor qatlamning butun qalinligiga baho berib bo‘lmaydi. Shuning uchun qatlamga haydalayotgan suvning sifati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun chuqurlik sarf o‘lchagichidan foydalanib sinov haydashlar o‘tkazish lozim. Chuqurlik sarf o‘lchagichlari mahsuldor qatlamshalarning yutuvchanlik qobiliyatini qayd qilib boradi. Shunday savol tug‘ilishi mumkin – mahsuldor qatlamga chuchuk suvlarni haydash ko‘proq samara beradimi yoki oqova suvlarnimi? Qatlamga suv haydashning katta tajribasidan kelib chiqqan holda, bu savolga javob berish qiyin emas: oqova suvlarni qatlamga haydash chuchuk suvlarni qatlamga haydashga nisbatan katta samara beradi. Oqova suvlar asosan qatlam suvlaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning tarkibidagi deemulgator suv bilan birgalikda qatlamga singib, neftni tog‘ jinslaridan jadallik bilan yuvib olishga yordam beradi. Bundan tashqari oqova suvlarning kimyoviy tarkibi qatlam suvlarining kimyoviy tarkibiga yaqin, Shuning uchun ham ular o‘zaro ta’sirlashganda kelib chiqishiga ko‘ra kimyoviy bo‘lgan cho‘kmalar hosil qilmaydi va haydovchi quduqlarning qabul qilaolishlik qobiliyatini pasaytirmaydi. Download 2.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling