N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

XI.2-rаsm. Mаrkаzdаn qоchmа 
vеntilyatоr. 1-so’rish qismi; 2-hаydаsh 
qismi; 3 - tаyanch; 4 - uzаtmа shkivi. 
 
XI.3-rаsm. Mаrkаzdаn qоchmа 
vеntilyatоrning ishchi g’ildirаgi
. 
XI.4. Neft konidagi nasos stansiyalari va qurilmalari 
Quvurlardan suyuqlikni haydovchi nasos stansiyalari eng murakkab inshootlar 
turiga kiradi. Nasos stansiya tarkibiga nasoslar, saqlagich ombori, mexanik ustaxona, 
elektr energiya podstansiyasi, qozonxona, suv ta’minoti tizimi, kanalizasiya tizimi, 
har xil turdagi binolar kiradi. 
Neft va neft mahsulotlarini quvurlardan haydash uchun porshenli va 
markazdan qochma nasoslar ishatiladi. 
Porshenli nasoslar yuqori foydali ish koeffisiyentiga ega bo‘lib, u yuqori 
qovushqoqlik suyuqliklarni haydaganda ham o‘zgarmaydi. Bunday nasoslardagi hosil 
bo‘ladigan tazyiq sarfga bog‘liq emas. Shu bilan birga porshenli nasoslarning bir 
necha kamchiliklari ham mavjud. Bulardan asosiylari - yuqori bosimli, katta sarfga 
ega bo‘lgan nasoslarning gabarit o‘lchamlari juda katta bo‘ladi, buning natijasida 
nasosning massasi ham keskin oshib ketadi. Bunday katta gabaritdagi va o‘ta og‘ir 
bo‘lgan nasoslar uchun quriladigan nasos stansiyasi binosi ham juda katta bo‘lishi 
kerak. Shuningdek, porshenli nasoslarda haydalayotgan suyuqlik oqimi bir maromda 
bo‘lmaydi, agar suyuqliklarda mexanik moddalar bo‘lsa nasosni ishdan chiqishiga 
olib keladi. 
Markazdan qochma nasoslar porshenli nasoslarga nisbatan bir qancha 
afzalliklarga ega. Nisbatan kichik qobiqda katta tazyiq va sarfli nasoslar yaratish 


165 
mumkin, yo‘naltiruvchi quvur yopiqligida ham ishga tushirib yuborish mumkin, 
nasos o‘qini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektroyuritkich o‘qiga ulash mumkin, ya’ni 
qo‘shimsha uzatkichlarni hojati yo‘q. Yo‘naltirilayotgan suyuqlik miqdorini sekin-
asta o‘zgartirib borish mumkinligi, gabaritlari uncha katta bo‘lmaganligi hamda 
suyuqlik tarkibida mexanik moddalar bo‘lsa ham haydash mumkinligi markazdan 
qochma nasoslarni keng qo‘llanilishiga sabab bo‘lmoqda. 
Magistral neft quvurlaridagi nasos stansiyalari juda katta murakkab inshoot 
bo‘lganligi tufayli bunday stansiyalarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish uchun 
qo‘shimcha ustaxona, omborxona, suv va kanalizasiya ta’minoti tizimlari ham 
qurilishi kerak bo‘ladi. 
Asosiy inshootlardan hisoblangan omborxona odatda bir nesha (4-6 ta) 5000-
10000 м
3
li saqlagichlardan iborat bo‘ladi. Shuningdek, nasos stansiyalar yong‘indan 
saqlanish uchun maxsus ochiq hovuzlar va boshqa kerakli asbob-uskunalar bilan 
ta’minlangan bo‘lishi kerak. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling