N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Po`lat rezervuarlarining jihozlari


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Po`lat rezervuarlarining jihozlari. 
Rezervuarlardan to`g`ri foydalanish va ularning xavfsizligini ta‘minlash 
maqsadida ular kerakli asbob uskunalar, jihozlar bilan ta‘minlangan. Masalan: qabul 
qiluvchi – tarqatuvchi quvur (patrubka), yorig`lik kiruvchi, o`lchovchi lyuklar, 
“xlopushka” nafas oluvchi klapan, gidravlik saqlovchi klapanlar olovdan 


137 
saqlovchilar, sath o`lchovi, ko`pik genaratori va boshqalar. Qabul qiluvchi – 
tarqatuvchi quvur, mahsulotni qabul qilib olish tarqatish ishlarini bajaradi. 
O`lchovchi lyuk – neft mahsulotini, suv osti mahsulotni balandlik sathini aniqlashda 
hamda namunalarni olish uchun xizmat qiladi. 
IX.2-rasm. Po‘lat rezervuar jihozlarining joylashish chizmasi: 
1–yorug‘lik lyuki; 2–shamollatish patrubkasi; 3–nafas oluvchi klapan;4–yong‘indan 
saqlovchi klapan; 5–o‘lchash lyuki; 6–mahsulot sathini o‘lchovchi asbob; 7–kirish lyuki; 8–sifon 
krani; 9–«xlopushka»; 10–qabul qiluvchi-tarqatuvchi patrubka; 11–chiqarib turuvchi moslama; 
12–«xlopushka»ning boshqaruvchisi. 
 
IX.3-rasm. Pontonli rezervuar: 
1-Neft uzatuvchi quvur. 2-Neft oluvchi quvur. 3-rezervuarning korpusi. 4-ponton. 5-nafas oluvchi 
klapan. 6-alangalanishdan saqlovchi quvur. 7-pontonni chegaralovchi qurilma. 


138 
 
IX.4
-
rasm. Suzuvchi quvurli rezervuar: 
1-yomg’ir suvlarini yig’ib to’kuvchi quvur; 2-neft uzatuvchi quvur; 3-yig’ilgan neftni 
 jo’natuvchi quvur. 4-rezervuarning korpusi. 5-suzib yuruvchi qopqoq, 6-qopqoq bilan 
rezervuarni ajratuvchi. 
 
Kirish lyuki, rezervuarni pastki qismida joylashgan bo`lib, u orqali ichki 
qismini tozalash, ta‘mirlash hamda shu ishlarni bajarish davomida shamollatishga 
mo`ljallangan. Yorug`lik lyuki, tepada joylashgan bo`lib, rezervuar ichiga yorug`likni 
tushishi va shamollatish uchun xizmat qiladi. Xlopushka qabul qiluvchi – tarqatuvchi 
quvurning ishdan chiqqan paytida, neft mahsulotlarini to`kilishini oldini olish uchun 
xizmat qiladi. Nafas oluvchi klapan rezervuarning ichki bo`shlig`ini atmosfera bilan 
bog`lash uchun xizmat qiladi. Gidravlik saqlovchi klapan, nafas oluvchi klapanning 
ishdan chiqqan paytida rezervuar ichidagi ortiqcha bosimni kamaytirish uchun xizmat 
qiladi. Olovdan saqlovchi klapan – olov yoki uchquni nafas oluvchi klapanlar orqali 
rezervuarlar ichiga kirishini oldini olish uchun xizmat qiladi.

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling