N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


XI.10-rasm. Nasos qurilmasi va ajratuvchi suyuqlikning rezervuari


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

XI.10-rasm. Nasos qurilmasi va ajratuvchi suyuqlikning rezervuari 
To‘g‘ri burchakli yo‘nilgan teshikli zulfin drossellash klapani vazifasini 
bajaradi. Drossellash klapanini korpusi ikkita teshik bilan ta’minlangan bo‘lib, uni 
tizimning nazorat zanjiri bilan biriktiradi. Teshiklardan biri ajratuvchi bakka, 
boshqasi esa –akkumulyatorning pastki tomoniga qo‘shilgan. 
Tugun nasosdan, rezervuar va to‘rtyurishli klapandan tashkil topgan. Elektr 
xilidagi keltiriladigan nasos normal manbani talab qiladi: uch fazali kuchlanishli tok 
220/380 V va chastotasi 50 Gs. Rezervuarning sig‘imi 530 l, suyuqlik sathini 
ko‘rsatgichi vizual turida. 
 
Nazorat savollari 
1. Kompressor stansiyalar qanday vazifani bajaradi? 
2. Nasos stansiyalar qanday vazifani bajaradi? 
3. Gazni transport qilishda qo‘llaniladigan kompressorlar? 
4. Mаrkаzdаn qоchmа stansiyalar qanday vazifani bajaradi? 
5. O’q vеntilyatоrlаr stansiyalar qanday vazifani bajaradi? 
 
XI-bob bo`yicha xulosa 
Bu bo’limda kondagi kompressor va nasos stansiyalari, gazni transport qilishda 
qo‘llaniladigan kompressorlar, kompressorlar haqida asosiy tushunchalar, 
kompressor mashinalarning asosiy xarakteristikalari, kоmprеssоrlаr sхеmаsi vа 
kоnstruksiyasi mаrkаzdаn qоchmа vа o’q vеntilyatоrlаr, neft konidagi nasos 
stansiyalari va qurilmalari, nasos sexining yordamchi tizimlari, nasos agregatining 
nazorat va himoya qilish vositalari, siqilgan havoni uzatish va tayyorlash tizimi 
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 
 
 
 
 
 


171 
XII-bob. Neft va gazni tashish usullari 
XII.1. Neft, gaz va neft mahsulotlarini tashish usullari 
Odatda neft va gaz konlari ularni qayta ishlash zavodlaridan yoki boshqa 
turdagi iste’molchilardan uzoqda joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun neft va gazni 
iste’molchiga yetkazib berish katta kuch va mablag talab qiladi. Neft va neft 
mahsulotlarini tashishni quyidagi to‘rt usuli mavjud. 
Neft, gaz va neft mahsulotlarini tashishning asosan to’rt xil usuli mavjud: 
1) suv transporti (barja va tankerlarda tashish),
2) temir yo`l transporti (temir yo`l sisternalarida, konteynerlarda tashish),
3) quvur transporti (magistral quvur uzatgichlar orqali haydash), 
4)avtomobil transportida. 
Ayrim xolatlarda havo transportidan foydalaniladi. 
Gaz holatida bo`lgan tabiiy gazlar faqat quvurlar orqali transport qilinadi. 
Gazlarni, kontinentlararo tashish, suyultirilgan tabiiy gazlar holatiga keltirilib 
(harorati – 160
0
C) maxsus metan-tashuvchi tankerlarda transport qilinadi. 
Har bir tashish usulining o`ziga yarasha kamchiliklar va afzalliklari mavjud. 
Afzalligi: suv transporti bilan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz va 
tabiiy gazlarni, barja va tankerlarda, undan tashqari kichik sig`imli idish (bochka) 
larda cheklanmagan miqdorda tashish mumkin. 
Kamchiligi: agar so`z daryo yo`llari haqida ketadigan bo`lsa, daryolarning 
uzunligi temir yo`l va magistral quvurlarning uzunligidan ancha kattadir. Lekin ba‘zi 
bir hollarda suv transportida tashish ancha mablag` talab qilib, ya‘ni suv 
transportining ish tartibi mavsumiy bo`lib daryolarning navigatsiya vaqti tugagandan 
so`ng, daryoning boshlang`ich va oxirgi nuqtasidagi quyish-to`kish shahobchalarida 
mahsulotlarni yig`ish uchun qo`shimcha sig`imli omborlar qurish lozim bo`ladi. 
Yuqoridagi holat yuzaga kelgan vaqtda (navegatsiya vaqti tugashi bilan) 
mahsulotlarni temir yo`l transporti orqali tashish uchun qo`shimcha mablag` sarf 
qilish kerak bo`ladi. 
Temir yo`l transporti bilan neft mahsulotlarning hamma turlari transport 
qilinadi. Suyultirilgan neft gazlarini ham sisternalar, bunkerlar, mayda idish (bochka) 


172 
va maxsus konteynerlarda tashish mumkin. Temir yo`l transportidan foydalanish – 
ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlarining tovar aynalishi juda katta (unikal) 
miqdorda bo`lgan hollarda, foydalanishning iqtisodiy samaradorligi jihatidan 
qaraganda transport qilish maqsadga muvofiq bo`lmaydi. 
Kichik hajmga ega bo`lgan neft mahsulotlarini (moylar, bitum va boshqalar) 
tashishda temir yo’l transporti, tashishning boshqa usullariga nisbatan eng qulayi 
hisoblanadi. Temir yo`l transporti uzluksiz bo`lmasa ham, suv transportidagi 
kuzatilgan tashish mavsumiyligi, temir yo`l transportida kuzatilmaydi. Shuning 
uchun temir yo`l transportining davriyligi kamroqdir. 
Temir yo`l transporti orqali neft-gaz mahsulotlarini tashish yilning hamma 
mavsumida amalga oshirilishi mumkin. 
Quvur uzatgichlar orqali transport qilish katta miqdordagi neft, neft 
mahsulotlari va suyultirilgan gazlarini bir tomonlama tashish uchun xizmat qiladi. 
Quvur uzatgichlarning boshqa usullardan afzallik tomonlari quyidagilardan iborat: 
- quvur uzatgichlar trassasining uzunligi boshqa tashish usullarinikiga 
qaraganda kamroq, bundan tashqari quvurlar quruqlikdagi istalgan ikkita punkt 
(nuqta) orasida, ular orasidagi masofaning uzunligidan qat’iy nazar yotqizilishi 
mumkin; 
- quvur uzatgichlarning boshqa tashish usullardan farqi uning uzluksizligidadir, 
bu esa o`z o`rnida mahsulot yetkazib beruvchilarning ish samaradorligini oshiradi va 
uni iste’molchiga yetkazib berish to`xtovsiz amalga oshiriladi; 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling