194
Qizdiruvchi quvurning neft quvuriga kiruvchi va chiquvchi qismlarida
haroratni meyorlagich (termik kompensator) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ichki
qismidan qizdiriladigan neft quvurlari bir tomonga qiyalashtirilgan holda yotqiziladi.
XIII.1-rasmdagi tashqi qismidan qizdirish (
a – c) konstruksiyasini ikki guruhga
bo‘lish mumkin: kanalli va kanalsiz.
XIII.1-rasmning a, g shakllarida qizdirish quvurini neft quvuri bilan bir kanalda
yotqizish ko‘zda tutiladi. Kanallar o‘tkazmas (XIII.1-rasm,
a) – yuzada bo‘lib
quvurning ochiq qismlari harorat saqlovchi qoplamalar bilan qoplanadi, o‘tkazuvchan
(tunnellar) – bitta parallel yo‘nalishda bir nechta “Issiq”
quvurlar yotqizilgan
bo‘lganda qo‘llaniladi. Tunnellar balandligi 2 m. dan, kengligi esa 0,7 m.dan kam
bo‘lmasligi kerak. Harorat yo‘qotilishini oldini olish maqsadida aksariyat hollarda
tunnellar yopiq tizimda quriladi. Tunnel ichidagi bir xil
konvektiv harorat saqlanib
qoladi. Kanaldagi barcha quvurlar qo‘shish va to‘xtatishda harorat o‘zgarish ta’sir
qilgani uchun ularni qo‘zg‘aluvchi asoslarga biriktiriladi hamda muvozanatlovchi
qurilma va alohida ishlovchi hududlarda ajratuvchi qo‘zg‘almas nuqtaga ega bo‘lishi
kerak.
Neft quvurlarining kanalsiz qizdirishda qizdiruvchi
quvur va neft quvuri bitta
harorat saqlovchi qoplama bilan o‘raladi (XIII.1-rasm,
b). Bu konstruksiya oddiy va
yer usti va yer osti neft quvurlari uchun qo‘llanilishi mumkin.
XIII.1-rasm,
c da bug‘ quvuri ichidan neft quvurlari yotqizish ko‘zda tutilgan
sxema ko‘zda tutilgan yoki neft quvurini tashqi tomonidan issiq qoplamalar (XIII.1-
rasm,
c) bilan qoplash mumkin. Bu konstruksiyalarni qisqa
masofalarga yotqizilgan
neft quvurlaridagi qovushqoq – plastik neftni haydashda qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: