N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari. 
Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari ikkita asosiy 
yo’nalishda yuzaga keladi va rivojlanadi: 
- smolaparafinli yotqiziqlarni organik erituvchilar va suvli erituvchilar bilan 
sirt faol moddalar kompozisiyalar bilan eritish; 


187 
- smolaparafin yotqiziqlarini hosil bo’lish jarayonini chegaralovchi, kimyoviy 
moddani qo’llab parafin yotqizig’i hosil bo’lishini oldini olish. 
Bunday parafin yotqizig’iga qarshi kurashish tasnifi, parafin yotqizig’i hosil 
bo’lishi va oldini olish bo’yicha amaliy usullar asosida tuzilgan bo’lib shuning uchun 
rasmiy hisoblanadi. 
Kon jixozlari parafinlanishining belgilangan asosiy mexanizmidan kelib chiqib, 
parafin yotqiziqlari bilan barcha kurashish usullarini fazalarning (neft-parafin-jixozlar 
yuzasi) fiziko-mexanik xossalari bo’yicha ta’sirlashishiga asoslanib tasniflash 
maqsadga muvofiqdir: 1).parafinning neftda eruvchanligi; 2) parafin yotqizig’ining 
tuzilishi va mustahkamlik xususiyatlari; 3) neft hajmida muallaq holatdagi parafin 
kristallarining o’zaro va jixozlar bilan ta’sirlashish energiyasi; 4) parafin kristallari va 
ular ro’y beradigan yuzadagi molekulyar bog’liqlik energiyasi. 
To’rtinchi guruh usullarini qo’llab, parafin yotqiziqlari bilan kurashish 
muammosini yuqori darajada yechish mumkin. Bunga himoya qoplamasini qo’llash 
va kimyoviy prisadkalar qo’shish orqali erishiladi. 
Amalda bir-birini to’ldiruvchi har ikkala usuldan foydalaniladi. 
Ingibitorni qo’llashdan oldin quduqni obdan tayyorlash, yani NKQni, 
armaturani va tashlama quvurni tozalagich bilan smolaparafinli yotqiziqdan tozalash. 
Quduq tayyorlangandan keyin smolaparafinli qoldiqni oldini olish uchun ingibitordan 
foydalaniladi. 
Neft tarkibiga bog’liq bo’lgan, ASPQ tarkibidan kelib chiqib parafin hosil 
bo’lishini oldini olish va bartaraf qilish uchun kimyoviy reagentlar turi tanlanadi. 
Kimyoviy reagentlarni tanlash ekspremental tadqiqotga asoslanadi. 
Parafinli yotqiziqlarni kimyoviy usulda tozalash mohiyati buzib yoki eritib 
olishga asoslangan bo’ladi. Bu maqsadda qo’llaniladi: nafaqat qattiq 
uglevodorodlarni, balki asfaltosmolali moddalarni eritish xususiyatiga ega organic 
erituvchilar; parafinli yotqiziq bilan uchrashganda qatlamga chuqurroq kiradi va 
smolaparafinli aralashmani parchalovchi SFM ning suvdagi ertmasi. 
Parafin yotqizig’ini eritishning samarali usullaridan biri erituvchilarni qo’llash 
usuli hisoblanadi. Eritma miqdori quduqda o’rtacha haroratda parafinning erish 


188 
miqdoridan kelib chiqib olinadi. Parafinning eruvchanligi uning eruvchanlik 
haroratiga t
er
, erituvchining qaynash haroratiga t
qay
, erish haroratiga bog’liq bo’ladi 
va quyidagicha ifodalanadi: 


,
4673
.
7
00586
.
0
133
.
0







к
пл
t
t
t
LnK
(XIII.1) 
bu yerda - erituvchida parafinning eruvchanligi, kg/kg. 
Erituvchi va eruvchi SFM kompozitsiyasi yuqori haroratda samarali tasir 
ko’rsatadi. Amalyotida parafin yotqiziqlarini olishning kimyoviy usuli issiqlik va 
mexanik usullarga nisbatan ko’proq qo’llaniladi. Bu usulda ko’proq texnologik va 
iqtisodiy samaraga erishiladi, natijada jarayonning tezroq va smolaparafinli 
yotqiziqni to’lig’roq olish imkonini beradi. Kimyoviy usulda boshqa usullarga 
nisbatan xavsizlik texnikasiga qo’yiladigan talablar ko’proq qo’yiladi. Bunday 
yotqiziqlarni juda ko’p parafinlangan quvur o’tkazgichni tezlik bilan tozalash, 
parafinli tiqin hosil bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunday obektda ikki yoki uch 
bosqichli tozalashdan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda odatdagi 
haroratli olgich bilan, keyin smola parafinli yotqiziqni olish uchun issiqroq (60-70
o
C) 
olgich 
bilan 
tozalanadi. 
Yengil 
uglevodorodli 
erituvchilar 
qizdirmasdan 
foydalaniladi. 
Parafin yotqizig’ini hosil bo’lishini oldini olish uchun har xil ta’sir qilish 
mexanizmli turli kompozitsiyali kimyoviy moddalardan foydalaniladi. 
SFM lar asosidagi kompozitsiyasi jixozlar yuzasini ho’llovchi hisoblanadi. 
Quduqda bunday kimyoviy moddani doimiy qo’shish jixozlar yuzasida parafin 
yotqiziqlari hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydigan gidrofil plenka hosil qiladi. 
Parafin yotqiziqlarini hosil bo’lishini oldini olish va kristallar ko’payishini 
oldini olish uchun kimyoviy reogent-depressator qo’llaniladi. 
Parafin yotqizig’iga to’sqinlik qiluvchi parafinning kristall strukturasini 
o’zgartiruvchi kimyoviy reogent modifikatorlardan foydalaniladi. 
Neft va gazni qazish, saqlash va uzatishda parafin yotqiziqlarini bartaraf etish 
uchun quyidagilar bajariladi: 
- quvur o’tkazgichni teploizolyatsiya qilish; 


189 
- neftni qizdirish; 
- qatlam bosimini gazsizlanishi boshlanish bosimidan yuqori saqlash; 
- neftni barqaror turbulent rejimda qazib olish; 
- neftli erituvchilardan foydalanib, neftning erituvchanligini oshirish; 
- samarali qoplash; 
- elektromagnit maydon yoki ultratovush; 
- parafin yotqizig’i ingibitori. 
Neft qazib olishda parafin yotqiziqlarni oldini olish usullari o’zining samarali 
qo’llanish imkoniyatiga ega. 
Parafin yotqiziqlari ingibitor isifatida qo’llaniladigan kimyoviy birikma va 
kimyoviy reogent ta’sir mexanizmi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
- adgezion (ho’llovchi, gidrofillovchi, qoplovchi) ta’sirli; 
- modifisiyalovchi (depressorli) ta’sirli; 
- yuvuvchi (kompleks, ko’p fazali detergent tasirli). 
Ingibitorlar ta’sir mexanizmi adsarbsiyon ta’sir neft koni jixozlari polimer 
yuqori molekulyar metal yuzasini polyar adsorbsiyon qavat bilan gidrofillashga 
asoslanadi. Bu qavat polyar bo’lmagan parafinli neft fazasi uchun moylovchi bo’lib, 
u jihozlar yuzasiga parafin yotqizig’ini cho’kishini kamaytiradi. 
Ingibitorlar o’zgartiruvchi ta’siri bilan qattiq modda hosil bo’lishida 
parafinlarning kristal tuzilishini o’zgartiradi. Buning natijasida bir biri bilan 
strukturali brikmagan, rivojlanmagan parafin kristallari hosil bo’ladi. 
Yuvuvchi turidagi ingibitorlar ta’siri quyidagilardan iborat: 
- ingibitorlar bevosita neftda yoki suv-ingibitor-neft chegaralari fazasida 
eriydi; 
- fazalar o’tish vaqtida, qattiq holatga o’tishda SFM lari alkanli bloklari 
parafin yotqiziqlarida tarqalib joylashib, ular bilan kristallashadi
- gidrofil blok jixozlar devoridagi suv fazasi yuzasida kontsentrasiyalanadi; 
- gidrofob blok neft fazasi yuzasida kontsentrasiyalanadi; 
- qutubli anion va kationli SFM guruhi kristallar ko’payishiga olib keladi; 


190 
- ingibitorlar metal yuzasiga yengil adsorbsiyalanib, qatlam suvi va nefti oqimi 
bilan oson yuviladi. 
Ingibitor quduq mahsuloti bilan harakatlanib parafinyotqizig’ini kichikdispers 
holatda saqlaydi va neft koni jixozlari devoridan hosil bolgan kristallarning 
yuvilishini ta’minlaydi. 
Parafin yotqizig’ini detergent-oluvchilar ta’siri quyidagicha. Asfalt smolali 
yotqiziq erish haroratida (50-80
o
C), SFM uni yuvadi va qayta hosil bo’lishining 
oldini oladi. 
Adsorbsiya ta’sirli ingibitorlarni qo’llash texnologiyasi asosida neft koni 
jixozlarini reagentning suvdagi eritmasi bilan davriy yuvib turish turadi. 
Aralashib ketuvchi ingibitorlar qo’llash texnologiyasi qotish haroratini 
pasaytirish va neftning reologik xossalarini yaxshilashga asoslangan bo’ladi. Jarayon 
parafinning hosil bo’lish haroratidan yuqori haroratda uzluksiz haydab turish orqali 
amalga oshiriladi. 
Yuvuvchi tasirli ingibitorlarni qo’llash texnologiyasi quvur devoir yoki ichida 
hosil bo’lgan kristallarni, parafin hosil bo’lish haroratidan yuqori haroratda uzluksiz 
haydab yuvishga asoslanadi. 
Neft koni jixozlari yuzasidan parafin yotqiziqlarini olishning kimyoviy usuli 
hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan usullardan sanaladi. Bunday maqsadda kimyo 
sanoati eritma ko’rinishidagi – chiqindilaridan foydalaniladi. Samarali eritmalar 
sifatida geksanli fraksiya, butilbenzinli fraksiya, yengil peroliz smolasi va uning 
kompozisiyasi va boshqalrdan foydalaniladi (XIII.1-jadval). 
Erituvchilar
XIII.1-jadval 
Erituvchilar 
Erituvchanlik qobilyati, % og’ir. 
yengil peroliz smolasi
78 
Benzin 
82 
Benzol fraksiyasi 
80 
Butan ishlab chiqarishdagi qoldiq 
46 
Nefras-P-150/330 
64 
Adsorbent A-1 
52 


191 
Neft yig’uv kollektori va tashlama quvurlarini parafinsizlashtirishda eritma 
muvoffaqiyatli qo’llaniladi. Tashlama quvurni parafinsizlantirishda tozalanadigan 
oraliq to’lgincha eritma haydaladi va 3-4 soat ushlanadi va keyin quduq ishga 
qo’shiladi. Amaliy tajrib bo’yicha 1 km uzunlikdagi tashlama quvurga 5 m
3
eritma 
haydash kerak bo’ladi.
Iqtisodiy jihatdan eritmani qo’llash issiq neft yoki suv asosli SFM bilan 4-5 
marta yuvulgandan keyin qo’llash yaxshi hisoblanadi. 
Qatlam flyudlarining fizik-kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqib har bir kon 
uchun u yoki bu parafinsizlantrish usullaridan foydalaniladi. Parafin yotqizig’i bilan 
kurashish usulini tanlashda bir yo’la uning oldini olish choralari ham ko’rilishi kerak 
bo’ladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling