182
Barcha usullardan quvur orqali tashishni afzalliklari quyidagilardan ko‘rinib
turibdi:
1. Katta hajmdagi neft va neft mahsulotlarini uzluksiz holda yetkazib beriladi.
2. Bir quvurdan neft va uning mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyati bor.
3. Quvurlarni har qanday geografik sharoitda
va xohlagan masofaga qurish
mumkin.
4. Bu usul bilan neft tashilganda texnologik yo‘qotishlar eng kam miqdorni
tashkil qiladi.
5. Bu usul eng ishonchli,
ishlatish uchun qulay va sodda, avtomatlashtirishga
moyil bo‘lganligi bilan ajralib turadi.
Gazni uzatish faqat quvurlar orqali tashkil qilinadi. Shuni aytib o‘tish kerakki,
oxirgi paytda quvurlar orqali suyultirilgan gazni tashish ham samarali ekanligi
tasdiqlandi.
Neft quvurlar orqali uzoqqa uzatilganida ular magistral quvurlar deb yuritiladi.
Magistral neft quvurlari boshlang‘ich nasos stansiyasidan (odatda
kondagi yoki bir
necha konlarning umumiy tayyor mahsulot omboridan) neftni qayta ishlash
zavodigacha yoki temir yo‘l neft quyish estakadasi omborigacha bo‘lgan masofada
quriladi. Bular orasidagi masofaga qarab neftni haydovchi
bir yoki bir necha
stansiyalar bo‘lishi mumkin. Magistral neft (gaz) quvurlari katta diametrdagi (500-
1200 mm) quvurlardan qurilib, boshlang‘ich nasos stansiyasidagi haydash ishchi
bosimi 5,0-6,5 MPa atrofida saqlanadi.
O‘zbekistonda Farg‘ona vodiysidagi konlardan Farg‘ona hamda Oltiariq neftni
qayta
ishlash zavodlariga, Ko‘kdumaloq konidan Buxoro neftni kayta ishlash
zavodiga neft va kondensatni yetkazib berish quvurlar orqali tashkil qilingan.
XII.6. Suyultirilgan gazlarni quvurlar orqali tashish
Quvurlar orqali suyultirilgan gazlar (propan, butan) bosim ostida,
suyuq
holatda tashiladi. Tashilayotgan suyuq gazni quvuridagi bosimi shunday bo`lish
kerakki, bu bosimda aniq haroratda suyuq gaz bug`lanmasligi kerak. Umuman,
quvuridagi gaz bosimi 0,6 – 0,8 MPa da ushlanadi. Agar gaz bosimi ko`rsatilgan
183
chegaradan pasaysa, gaz bug`lanib, quvur ichidagi gaz «ko’pigi» hosil bo`ladi. Bu
o`z navbatida, quvurning ishlab chiqarish qobiliyatini kamaytiradi. Quvur
transportida
suyultirilgan gazlar, asosan, gazni ko`p miqdorda ishlatadigan
korxonalarga (neft kimyosi korxonalariga) tashiladi. Suyultirilgan gazni tashuvchi
quvurlarning uzunligi 100 – 500 km atrofida bo`ladi.
Uning umumiy chizmasi quyida keltirilgan (XII.9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: