N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


XII.4. Suv transporti orqali tashish


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

XII.4. Suv transporti orqali tashish 
Bu transport orqali asosan neft va uning mahsulotlari tashilib, ular dengiz 
daryo tankerlarida, kemalarda va barjalarda amalga oshiriladi. 
XII.6-rasm. Neft va neft mahsulotlarini tashuvchi tankerning umumiy sxemasi
1,2...12– bo‘limlar; 13– mashina zali bosh qismi; 14– o‘rta qismi; 15– burun qismi. 
Suv yo`llari bo`lgan mintaqalarda bu transport orqali umumiy tashiladigan neft 
va uning mahsulotlarini 13 foizi tashiladi. Suv transporti temir yo`l transportiga 
nisbatan ko`pgina avzalliklarga ega. Masalan, tashilayotgan mahsulotning massa 
birligiga sarf bo`ladigan yoqilg`ining kamligi; xizmat qiluvchi ishchilarning kamligi; 
harakatdagi transport sostavi (tizmasi), yuk ko`taruvchanlik birligiga bo`lgan metall 
sarfining kamligi va boshqalar. Suv transportida, sostav (tizma) umumiy og`irligini 
ular orqali tashilayotgan mahsulotlar og`irligiga bo`lgan nisbatini ko`rsatuvchi 
koeffitsiyenti qiymati 0,4 tashqil qiladi. Temir yo`l transportida esa, bu koeffitsiyent 
0,7 – 0,8 ni tashqil qiladi. Undan tashqari, suv transport sostaviga (tizimiga) 
sariflanadigan kapital harajatlar temir yo`l transportiga ko`ra bir necha bor kam 
sariflanadi. 
Suv transportning xususiyatlari. Suv transportining boshqa transportlarga 
qaraganda asosiy kamchiliklaridan biri – suv transportining mahsulot tashiladigan 
geografik yo`nalishiga to`g`ridan – to`g`ri mos kelmasligidir. Bu o`z navbatida yuk 
tashish masofasini uzoqlashtiradi. Neft quyuvchi kanallar, o`zi yuruvchi (tankerlar) 


180 
va tortib yuriladigan (barjalar) ga bo`linadilar (
XII.6-
rasm). Tankerlar o`z navbatida 
dengiz va daryo turlariga bo`linadilar. Dengiz tankerlarining yuk ko`taruvchanligi 
(ularning turlariga ko`ra) 4000 – 50000 tonnani, ko’l – daryo tankerlarining yuk 
ko`taruvchanligi 500 – 5000 tonnani va sudrab yuriladigan barjalarning yuk 
ko`taruvchanligi 1000 – 120000 tonnani tashqil qiladi. Yuk ko`taruvchanlik 100·10
3
tonnadan ortiq tankerlar ham mavjud. 1975 yilda qurilgan «qirqim» 
supertankerlarining yuk ko`taruvchanlik 150·10

t. tashqil qiladi. Uning uzunligi 330 
m, kengligi 45 m va cho`kishi 17 m, yuk ko`taruvchanligi 450·10
3
t. bo`lgan ayrim 
gigant – tankerlar ham bor. Uning uzunligi 380 m, kengligi 62 m va balandligi 36 m. 
Tankerlar uzunligi bo`yicha 3 qismga bo`linadilar: bosh, o`rta va burun 
bo`limlariga. Tankerlarni o`rta qismida neft va uning mahsulotlari tashiladi. U 
tankerni bosh va burun bo`limlaridan kafedrom yordamida ajratib quyilgan. 
Kafedrom ikki qavatli to`siq bo`lib, ularning o`rtasi suv bilan to`ldirilgan. Burun 
qismida, asosan, quruq yuklar tashiladi. Tankerlarda yuklarni tushirish va ortish 
ishlari qo’zg’almas quyuvchi quvurlarda amalga oshirladi. Neft mahsulotlarini 
tushirish va haydash uchun tankerlarda ishlab chiqarishda qobiliyati soatiga 2000 m
3
mahsulotlarni tushira oladigan nasos guruhlari o`rnatilgan. 
 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling