N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

 
 
Nazorat savollari. 
1. Neft va gazni va gazni uzoqqa uzatish usullari. 
2. Neft va gaz uzatuvchi quvurlarni hisoblash usullari. 
3. Suyuqlik uzatuvchi magistral quvurlardagi nasos stansiyalari. 
4. Tabiiy gaz uzatuvchi magistral quvurlardagi kompressor stansiyalari. 
5. Suv yo‘li orqali tashish. 
6. Temir yo‘l orqali tashish. 
7. Avtomobil bilan tashish. 
8. Quvurlar orqali uzatish. 
 
 


185 
XII-bob bo`yicha xulosa 
Bu bo’limda neft va gazni tashish usullari, neft, gaz mahsulotlarini tashish 
usullari, temir yo`l transportida neft mahsulotlarini tashish, suyultirilgan gazlarni 
temir yo`l transportida tashish, suv transporti orqali tashish, suyultirilgan gazlarni suv 
transportida tashish, suyultirilgan gazlarni quvurlar orqali tashish, suyultirilgan 
gazlarni avtomobil transportida tashish haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


186 
XIII-bob. Neftni qizdirish 
XIII.1. Parafin yotqiziqlari tarkibi 
Parafinli yotqiziq tarkibi, neft tarkibi va termodinamik sharoitiga bog’liq 
bo’lib, unga ko’ra shakillanadi. Neft harorati pasaytirilishi hisobiga bir muncha 
yengil qotadigan uglevodorodlar, keyin barcha qotadigan uglevodorodlar 
kristallanadi. Shunday qilib bitta quduqda parafin yotqiziqlari tarkibi ham har xil 
bo’lishi mumkin. Ular asfalten, smola va qattiq uglevodorod tarkiblariga ko’ra 
farqalanadi. Qatlam qalinligi bo’yicha parafin tarqalishi har xil bo’lishi jarayonning 
xarakterli xususiyatlaridandir. Yotqiziq qalinligining devor yaqinida parafin ko’proq 
bo’ladi. Bu shuni ko’rsatadiki yotqiziq yig’ilishida qalinlik ichki qismida parafin 
qayta kristallanadi. Yotqiziq zichlanadi, suyuqroq qismi siqib chiqariladi. Ko’pincha 
parafin yotqizig’ida suv va mexanik qo’shimchalar bo’ladi. Quyidagi tarkib bilan 
parafin yotqiziqlari tavsiflanadi: parafinlar (10-75%), asfal’tenlar (2-5%), smolalar 
(11-30%), aloqador neft (60% gacha), mexanik qo’shimchalar (1-5%). 
Neft tarkibida metan qatori qattiq uglevodorodlari bilan bir qatorda, davriy 
tuzilishli va normal va izoparafin bog’lamli moddalar ham bo’ladi. Bu 
uglevodorodlar serezin tarkibiga kiradi. 
Serezinlar- bu tarkibi va xossasi bilan parafindan farq qiluvchi yuqori eruvchan 
uglevodorodlardir. Parafinlar erish harorati 45-54
o
C, serezinlarniki 65-88
o
C
Parafinlar plastinka va plastinkali lenta ko’rinishida oson kristallanadi; Serezinlar 
kichik ignasimon tuzilishga ega va qiyin kristallanadi. Parafinlar qaynash harorati 
550
o
C gacha, serezinlar 600
o
C dan yuqori. Serezinlar kimyoviy aktivligi yuqori.
Neftni tahlil qilishda parafin va serezinga bo’lmasdan, qattiq parafinli 
uglevodorodlarning umumiy tarkibi bo’yicha baholanadi.
Neft tarkibidagi parafinlar holati bosim va haroratga bog’liq bo’ladi. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling