if - shart amali (operatori)
if shart amali shart ifodalarda qo‟llanilib, uning natijasiga ko‟ra dastur bajarilishi u yoki bu yo‟lga yo‟naltiriladi. U quyidagi umumiy ko‟rinishga ega:
if mantiqiy ifoda: ifodalar
[elif mantiqiy ifoda: ifodalar]
[else:
ifodalar]
if shart operatorining eng sodda ko‟rinishida if kalit so‟zidan keyin mantiqiy ifoda yoziladi va ikki nuqta (:) qo‟yiladi. Keyingi qatordan amallar yoziladi. Har bir amal alohida qatorda yozilishi yoki ularni nuqta vergul (;) bilan ajratgan holda bitta qatordan yozish talab qilinadi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki Pythonda boshqa tillardagi kabi if shart amalini tana qismini ifodalovchi maxsus belgilar mavjud emas (manasal c++, c# da {,} blok belgilari ishlatiladi). Shu sababli uning tana qismidagi ifodalar if kalit so‟ziga nisbatan bitta xat boshi (to‟rtta probel belgisi) belgisi tashlab yoziladi. Masalan:
1
2
3
4
|
yoshi = 21
if yoshi >18:
print("Kirishga ruxsat beriladi") print("Tamom")
|
Bu erda if kalit so‟zidan keyin yoshi >18 mantiqiy ifoda kelgan. Tana qismi bitta ifodadan tashkil topgan, ya`ni print("Kirishga ruxsat beriladi") va u if ga nisbatan bitta xat boshi tashlab yozilgan. Keyingi qatordagi print("Tamom") ifodasi if ning tana qismiga tegishli emas, shuning uchun u if bilan bir ustunda yozishgan va bu xabar shart bajarilish-bajarilmasligidan qat`iy nazar har doim konsol ekraniga chiqariladi.
Agarda print("Tamom") ifodasi oldiga bitta xat boshi qo‟ysak, u holda ushbu ifoda ham if blokiga tegishli bo‟lib qoladi, ya`ni
Do'stlaringiz bilan baham: |