Nabiyeva fayzixolning
Download 1.26 Mb.
|
fayzixol tabiat kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish jarayoning tabiatga salbiy ta`siri
Xomashyo omili. Ma‘lumki, barcha mahsulot xom ashyosiz yaratilmaydi. Ammo ayrim mahsulotlarni olish uchun xom ashyo boshqalariga qaraganda ko’proq sarflanadi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar ashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. 1-Rasm Ishlab chiqarish jarayoning tabiatga salbiy ta`siri Yuqoridagi rasmdan ko`rinib turibdiki ishlab chiqarish korxonalaridan chiqqan chiqindilar tasvirlangan, holat yaxshimas, tezroq chiqindi chiqarmaydigan texnologiyalarga o`tish kerakdir. Sanoatning ba‘zi tarmoqlari, masalan, tog’ – kon, o’rmon, baliqchilik sanoati tarmoqlarining joylashuvi xom ashyo bo’lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar geografiyasi bilan belgilanadi. Boshqa sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq tusga ega. Bu borada bir qator fakt va raqamlar keltirish o’rindi. Masalan, 1 t paxta tolasini olish uchun taxminan 3 t xom paxta, 1 t paxta yog’i uchun 5 t chigit, 1 t pista yog’i uchun 3 t kungaboqar, 1 t shakar uchun 7 t qand lavlagisi ishlatiladi. Ushbu raqamlarni nisbiy (foiz) ko’rinishida berish foydali holi emas. Chunonchi, paxta tolasining oq paxtadan chiqishi 32 – 33 foiz, paxta yog’ining chigitdan olinishi 19 – 20, shakarni qand lavlagidan tayyorlash 14 – 15 foiz va shunga o’xshash. Demak, bu korxonalar xom ashyo rayonida yoxud unga yaqin maskanda joylashtirilishi shart. Mineral o’g’itlar ichida kaliy o’g’itini ishlab chiqarish geografiyasi batamom xom ashyo omili bilan belgilanadi, chunki uni olish uchun ko’p miqdorda kaliy tuzi sarflanadi. Masalan, shu boisdan kelajakda Dehqonobod tumanida mavjud kaliy xom ashyosi hisobiga kaliy o’g’iti ishlab chiqaradigan zavod qurilishi rejalashtirilayotgani fikrimizning isbotidir. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling