Nabiyeva fayzixolning
O`ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARIN JOYLASHTIRISHDA EKOLOGIK SIYOSAT
Download 1.26 Mb.
|
fayzixol tabiat kurs ishi
5.O`ZBEKISTONDA ISHLAB CHIQARISH KUCHLARIN JOYLASHTIRISHDA EKOLOGIK SIYOSAT
O`zbekiston Respublikasi inson huquqi va erkinligiga amal qilish, ijtimoiy hamda ekologik yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish orqali dunyo hamjamiyatiga to`la huquqli integratsiyalashishni ta‘minlovchi huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etmoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi insonning barkamol rivojlanishi hamda farovon hayoti, shaxs manfaatlarini amalga oshirish sharoitlari va amaliy mexanizmlarini yaratishdan iboratdir. «Xalqaro hamjamiyat insonning nafaqat yashash huquqi, balki to`laqonli va sog`lom turmush kechirishi uchun zarur mo`tadil atrof-muhit sharoitlariga ham ega bo`lgan huquqlarining muqaddas va dahlsizligini allaqachonlar e‘tirof etgan. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi». Xalqaro huquqiy tajribalar, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar asosida ekologik xavfsizlikninng mukammal tizimini shakllantirish O`zbekiston milliy xavfsizligini ta‘minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizlik siyosati Konstitutsiya, qonunchilik, O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, atrofmuhit va barqaror rivojlanish bo`yicha Rio-de-Janeyro va Yoxannesburg deklaratsiyalarining tamoyillari asosida xalqaro konvensiyalar va shartnomalardan hamda yetakchi davlatlarning qonunchilik sohasidagi tajribalaridan kelib chiqadigan respublikaning majburiyatlari hisobga olingan holda olib boriladi. O`zbekiston, barcha sobiq Ittifoq davlatlari kabi ishlab chiqarish uchun katta miqdorda energiya va materiallar sarf etishni talab qiladigan, ma‘naviy eskirib ketgan va atrof-muhitni ifloslantiradigan jihozlar va texnologiyalarga ega iqtisodiyotni meros qilib olgan. Ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitlarida makroiqtisodiy rejalashtirishning tabiatni muhofaza qilish siyosati bilan optimal uyg`unlashuvi va uning ijtimoiy hamda boshqa sohalarda yuritilayotgan siyosat bilan hamohang bo`lishi eng muhim vazifa bo`lib qoldi. Respublikamiz ekologik siyosati tabiatning alohida unsurlarini himoya qilishdan ekotizimni umumiy himoyalashga o`tishga, inson yashaydigan hayot kechirish muhitining qulay jihatlarini kafolatlashga yo`naltirilgan. Bunday ekologik siyosatning amalga oshirilishi xalq xo`jaligi majmuyi va umuman jamiyatning barqaror rivojlanishi shartlaridan biri bo`lib qolishi kerak. O`zbekiston Respublikasining ekologik siyosati natijalaridan biri inson salomatligi uchun yuqori darajadagi xavfga ega hududlarda atrof-muhit sifatini yaxshilash va ekotizimni barqarorlashtirishdan iborat bo`ldi. Orol bo`yida ekologik vaziyatning oqibatlarini bartaraf qilish bo`yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda – kichik mahalliy suv havzalari, ichimlik suvi bilan ta‘minlovchi suv o`tkazgichlarining qurilishi olib borilmoqda. Respublikamizda 1991 yildan boshlab ifloslantiruvchi moddalarning atmosferaga tashlanish miqdori 1,95 barobar pasaydi, ifloslangan oqava suvlari 2,0 barobarga kamaydi. XULOSA Keyingi davrlarda – fan va texnika yutuqlariga asoslangan insoniyatning tabiatga ko`rsatgan ta‘siri nihoyatda kuchaygan bir paytda tabiatni, undagi ekologik muvozanatni asrash nihoyatda muhim muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham kelajak avlodni ekologik jihatdan savodli va yetuk kishilar qilib tarbiyalash, bu borada yoshlar ongida ekologik tushunchani shakllantirish hozirgi davrning dolzarb muammosidir. Tabiat muvozanatini to`g`ri tushunmaslik natijasida inson o`zi yashab turgan muhit tabiiy holatining o`ta buzilishiga sababchi bo`lmoqda. Tabiatni muhofaza qilish, yoshlarni ekologik, estetik, ma‘naviy va mehnat bilimlarini berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Insonning tabiatdagi o`rnini aniq belgilash shart, uning javobgarligini oshirish va hosil bo`lgan yangi kuchlarini biosferani yaxshilashga yo`naltirish kerak bo`ladi. Shu narsani alohida qayd qilish kerakki, har bir odam o`zi yashab turgan joyni kuzatabiladigan, uning tarixini, tarkibini, organik va mineral komponentlarini to`liq o`rgangan bo`lishi shartdir. Bu mas‘uliyatli vazifani bajarishda o`quvchilarga va barcha yosh avlodga berilayotgan ekologik ta‘lim-tarbiyaning ahamiyati benihoya kattadir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 -yil 19-sentabrdagi «2008–2012-yillarda O`zbekiston Respublikasining atrof – muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to`g`risidagi 212-sonli qarori» e‘lon qilingan edi. Shu qarorga binoan O`zbekiston Respublikasining barcha Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari va boshqa tashkilotlar 2008–2010-yillarda ekologiya hamda barqaror rivojlanishni ta‘minlash sohasidagi ma‘rifiy tizimni yanada rivojlantirish va takomillashtirish dasturi bo`yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib amalga oshirmoqdalar. Hozirgi kunga kelib atmosfera havosi chiqindilar bilan ifloslanishi jadal sur‘atlar bilan rivojlanib bormoqda. Atmosfera havosining zararli gazlar, chang, qurum, tumanlar bilan ifloslanishi o`z navbatida insonlarda allergiya, pnevmoniya, bronxial astma va rak kasalliklarini uyg`otmoqda. Ayrim ma‘lumotlarga qaraganda Olmaliq, Farg`ona, Navoiy va Qo`qon shaharlari atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi bo`yicha eng iflos havoli shaharlar guruhiga kiradi. Chirchiq shahrida qon kasali 4,7 barobar, endokrin bezlar tizimi kasalligi 1,9 barobar, qon bosimining oshishi 4,5 barobar ortganligi ma‘lum. Insonlarda tabiat qonunlariga to`la rioya etish to`g`risida va bu sohada Vatan, xalq, Davlat hamda kelajak avlod oldidagi burch tuyg`usi va mas‘uliyat hissi yaratilmasa, ularda to`la ekologik ong va tafakkur hosil bo`lmaydi. Ekologik ong va tafakkurga ega bo`lgan inson o`z mehnat faoliyatida tabiatga ta‘sir etish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko`rib, ongli ravishda ish ko`radi. Ekologik tarbiya – ahloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong hamda tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil qilish tabiatni to`g`ri tushunishga yordam beradi va kelajakda sog`lom hayotiy muhitni yaratishga kafolat beradi. Kelajak avlod uchun go`zal tabiatimiz go`zalligicha qolaveradi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling