Nabiyeva fayzixolning
Dunyoning ekologik xaritasi
Download 1.26 Mb.
|
fayzixol tabiat kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarishning tabiatga bevosita ta`siri.
- 3.ISHLAB CHIQARISHNI JOYLASHTIRISHDA EKOLOGIK OMILLARNING ROLI
Dunyoning ekologik xaritasi.
Yuqoridagi bu xarita ekologik muammolar tasvirlangan, e`tabor berib qaraydigan bo`lsak, asosiy ifloslanish yevropa va shimoliy amerika davlatlariga to`g`ri keladi, chunki ularda ishlab chiqarish juda taraqqiy etgan. Bu yo‘nalishlar “korxona – tabiiy muhit” ekotizimining elementlaridan birini, ya’ni korxonalar va sanoatni (birinchi holatda) va tabiiy muhitni (ikkinchi holatda) yo‘q qilish orqali muammoni hal qilishdir. Uchinchi yo'nalish - sanoat korxonalari faoliyatini ularning maksimal ekologik xavfsizligini ta'minlash bilan optimal uyg'unlashtirish. Tabiiy muhitni muhofaza qilgan holda ishlab chiqarishni oqilona yetarlilikka qisqartirish va uni optimallashtirish. Ekologik muammolarni hal qilish, dunyoning hozirgi ekologik holati bundan yuz-yuz ellik yil avvalgi tabiat holatidan qanchalik farq qilmasin, ilmiy yondashuvni talab qiladi. 3-Rasm Ishlab chiqarishning tabiatga bevosita ta`siri. Rasmda Rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish kuchlari natijasida tabiat salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Bugungi kunda sanoat korxonalari va tabiatning o'zaro ta'siri jarayonida quyidagi ekologik qarama-qarshiliklar mavjud: Ularning mohiyatida bu qarama-qarshiliklar ichki ("korxona - tabiiy muhit" ekotizimi uchun), asosiy, umumiy va antagonistik emas. Ichki, chunki o'zgarishlar ma'lum bir ekotizim ichida sodir bo'ladi. Asosiylari, ular boshidan oxirigacha o'zaro ta'sirning mohiyatini ifodalab, ushbu bosqichda eng katta ta'sirga sabab bo'ladi. Umumiy, chunki ular barcha ekotizimlar uchun xosdir "korxona - tabiiy muhit". Antagonistik emas, chunki ular odam tomonidan yo'q qilinishi mumkin. 3.ISHLAB CHIQARISHNI JOYLASHTIRISHDA EKOLOGIK OMILLARNING ROLI Ekologik omil. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarining faoliyati shu nuqtayi nazardan to‘xtatilgani bejiz emas. Ekologik jihatdan ko‘plab sanoat tarmoqlari va eng avvalo, kimyo, yog‘och-selluloza, go‘sht, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari va shunga o‘xshash korxonalar «nomaqbul» hisoblanadi. Binobarin, ular aholi istiqomat qiladigan markazlardan uzoqda joylashishi lozim. Ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishda iste‘molchi omili katta ahamiyatga ega. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste‘molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib borishi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy qiyinchiliklarga barham berish alohida kerak bo’lgan oziq - ovqat, kiyim - kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli miqyosda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli iste‘mol omili oziq - ovqat korxonalarini o’ziga «tortadi», ya‘ni bunday zavod yoki fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarda joylashtiriladi. Iste‘mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning o’zining talabi, boshqa xil maxsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularning transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste‘mol rayonlarida qurilishini nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo’jalik mashinasozligi o’sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi zarur. Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa shunga mos mashinasozlik tarmog’i bu yerda yaxshi rivojlangan bo’lishi qonuniy bir holdir. O’zbekistonda paxta teruvchi, Belorussiyada - kartoshka, Ukrainada qand lavlagi, Shimoliy Kavkaz va Volga bo’yicha g’alla yig’uvchi, Qirg’izistonda pichan taxlovchi, Gruziyada choy teruvchi mashinalarni ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo’la oladi. Huddi shunday, rayonlarni ma‘lum yuqori sanoat tarmoqlariga ixtisoslashuvi o’sha sohalarga tegishli mashina, asbob - uskuna, jihozlar ishlab chiqarilishini talab etadi. Chunonchi, Uralda metallurgiya sanoati uchun, Bokuda - neft, Donbassda - ko’mir, Petrozavodskda - o’rmon, O’zbekistonda to’qimachilik mashinasozligi rivojlangan. SHuningdek boshqa sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab turgan joylarda joylashtirish maqsadga muvofiq, yoki: neftni keltirib, undan benzin, kerosin, mazut va shunga o’xshash qator mahsulotlarni olish, kimyo sanoatini rivojlantirish va boshqalar. Go’sht sanoatini joylashtirish ham o’ziga xos xususiyatga ega. Bu sanoat bevosita chorvachilik rayonlarida rivojlantirilsa, unda iste‘molchiga faqat muzlatilgan go’sht keltiriladi. Bunday go’shtdan esa kolbasa, konserva va boshqa go’sht mahsulotlarini ishlab chiqarib bo’lmaydi. Agar go’sht sanoati iste‘mol rayonlarida joylashtirilsa - maqsaga muvofiq bo’ladi. Transport omili Ishlab chiqarishni joylashtirishda juda muhim, chunki u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog’i hisoblanadi. Transport shohobchalarisiz xom ashyo ham keltirilmaydi, mahsulot ham iste‘molchilarga yetkazilmaydi. Eng muhimi, hududiy mehnat taqsimoti rivojlanmaydi. Shuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan qo’shilib, uyg’unlashib ketadi va uni «sof» holda ajratib olish qiyin. Omillar bilan ham chambarchars bog’liq bo’lib, iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishga katta ta‘sir ko’rsatadi. Ilmiy - texnika taraqqiyoti chetlab o’tolmaymiz, albatta omilning ta‘siri bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko’rinadi (mashinasozlik, elektroenergetika va kimyo). Shubhasizki, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko’pgina korxonalar, ayniqsa mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy - texnika qudratiga ega bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi. Yuqorida ko’rilgan barcha omillarning ahamiyati katta. Ammo ularning barchasi pirovard natijada ekologik omil bilan «hisoblashishlari» kerak. Zotan vujudga kelgan vaziyat buni qat‘iylik bilan talab etadi. Hozirgi kunda ayrim sanoat korxonalarining ishlashi shu nuqtai - nazardan to’xtatilganligi bejiz emas. Ekologik jihatdan ko’p sanoat tarmoqlari va eng avvalo kimyo, yog’och - tsellyuloza, go’sht, vino, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektr stantsiyalari va shunga o’xshash korxonalar «nomaqbul» hisoblanadi. Binobarin, ular aholi joylashgan markazlardan uzoqroqda bo’lishi «SHo’rtan gaz kimyo», majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va boshqa sanoat korxonalari misolida ko’rish mumkin. Kimyo sanoati misolida ekologik omilning ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishiga ta‘sirini ko’rish mumkin, chunki bu sanoat korxonalarini joylashtirilishi chinakam erkin xususiyatga ega. Zero kimyo sanoati o’simlik, hayvonot, mineral xom ashyosi, suv, havo (azot) asosida ham, boshqa sanoat chiqindisi (qora va rangli metallurgiya) negizida ham rivojlanishi mumkin. Shunday qilib, kimyo sanoati korxonalarini har qaerda qursa bo’ladi, ammo bu masalaning bitta nozik tomoni bor - bu ham bo’lsa ekologik omildir. Bu omil bilan hozirgi kunda hisoblashmasdan iloj yo’q, zero mamlakatimiz hududida ekologik sog’lom joyning o’zi juda sanoqli. Yuqoridagi omillardan tashqari bozor iqtisodiyoti omilini ham unutmaslik kerak. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti to’g’risida barcha - olimu oddiy xalq, katayu kichik so’z yuritadi, ba‘zan bu ibora dissertatsiya va boshqa ilmiy ishlar nomiga ham kiritiladi. Lekin bu juda murakkab tushuncha va iqtisodiy munosabatdir. Unga xorijiy mamlakatlar, xususan Yevropa davlatlari boy tajribaga ega, chunki bu munosabat mazkur davlatlarda o’n va yuz yillar davomida shakllanib kelgan. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o’tib bo’lmaydi, buning uchun barcha shart va sharoit yaratish kerak, ya‘ni uning o’zini moddiy, maishiy va madaniy infrastrukturasi bo’lmog’i lozim. Shuning uchun bu munosabatlarga o’tish tarixan birmuncha uzoq davrni talab etadi va unga bosqichma - bosqich o’tish, evolyutsion rivojlanish iborasini qo’llash to’g’riroq bo’ladi. Sodda qilib olganda, bozor iqtisodiyoti - bu ishlab chiqarish erkinligi va xarid erkinligidir, bu raqobatdir. Demak, ishlab chiqarishni rejali (planli) va proportsional, tekis joylashtirish o’rniga hududiy tengsizlik, musobaqa, o’rniga raqobat tushunchalarini qo’llashga to’g’ri keladi. Bunday sharoitda ko’p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog’lom raqobat muhitini vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi, an‘anaviy fikr yuritishlarimiz tamomila o’zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda aksariyat narsani, shu jumladan nimaga ixtisoslashuvi va qaerda joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi. davlat esa o’zining regional (hududiy) va soliq siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi. Ishlab chiqarishni hududiy joylashtirishda infrastruktura (infratuzilma) muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiyotda infratuzilma tushunchasi iqtisodiyotda yaqindagina qo’llanilayotgan bo’lishiga qaramay, vaqt o’tgan sari unga tobora katta e‘tibor berilmoqda. Infratuzilmani kategoriya sifatida keng talqin qilish unga moddiy boyliklar yaratishda bevosita qatnashmasa-da, lekin unga ishlab chiqarish, ishlab turishni ta‘minlovchi inshoatlar, ob‘ektlar, tizimlar va turli xizmatlar kiradi. Infratuzilmaning rivojlanganligi u yoki bu region xo’jalik yo’li bilan o’zlashtirilganligi darajasini aks ettiradi. Infratuzilmalar ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarga bo’linadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga ko’proq xizmat ko’rsatish sohalari bilan bog’liq bo’lgan muxandis – texnika inshoatlari va ob‘ektlari, elektr uzatish liniyalari hamda kichik stantsiyalar, har xil aloqa turlari, quvurlar va x.k. suv ta‘minoti ob‘ektlari, turli xil sug’orish inshoatlari, ulgurji savdo hamda moddiy - texnika ta‘minoti muassasalari, ilmiy harakterdagi muassasalar va axborot vositalari kiradi. Ijtimoiy infratuzilma aholi uchun zarur uy - joy, maishiy va ijtimoiy - madaniy sharoitlarni ta‘minlash bilan bog’liq ob‘ektlar jamidan iborat bo’lad. Unga uy - joy fondi, turli xil savdo va umumiy ovqatlanish, mahalliy transport, suv ta‘minoti hamda kanalizatsiya tizimi, sog’liqni saqlash, ma‘orif muassasalari, oliy maktab, ilmiy - tadqiqot ilmgohlari, pochta - telegraf hamda moliya muassasalari, madaniy –tomosha korxonalari, sport -sog’lomlashtirish inshootlari, jamoat xavfsizligi va boshqa ob‘ektlar hamda ijtimoiy-maishiy xarakterdagi muassasalar kiradi. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarkibining keltirilgan ruyxatidan kurinib turibdiki, uning vazifalari kuyidagi ikki belgi bilan xarakterlanadi: ishlab chiqarish va aholiga har tomonlama xizmat ko’rsatish hamda foydalanishning tarmoqlararo xarakteridan iborat ekanligi. Foydalanishning tarmoqlararo harakteri, ayniqsa, muhimdir, chunki u rivojlangan infratuzilmalarni rayon va shaharning ishlab chiqarish ixtisoslashuvidan qat‘iy - nazar barpo etish zarurligini ko’rsatadi. Tarmoqlarning har qanday jami yetarli darajada o’zlashtirilgan va obodonlashtirilgan hududda negiz topish mumkin. Infratuzilma ob‘ektlari va inshoatlari moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lsa - da, lekin shunga qaramay ishlab chiqarish bilan aholining barcha xizmat turlariga talabi keskin o’sgan fan - texnika taraqqiyoti sharoitda ular ahamiyatini kamsitib bo’lmaydi. Ijtimoiy infratuzilma aholiga har tomonlama xizmat ko’rsatish darajasini oshirishgina emas, balki bandlik tuzilmasini yaxshilashga ham yordam beradi. Bu narsa Respublikamizning yangi o’zlashtiriladigan rayonlar uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni ta‘kidlash mumkinki, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda yuqorida keltirilgan omillar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni to’g’ri joylashtirishda katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling