Nafas bilan qabul qilinadigan va chiqariladigan havoning tarkibi. Atmosfera havosi tarkibida 20,94% kislorod, 0,03% karbonat angidrid, 79,3% azot bo'ladi. Boshqa gazlar juda kam miqdordabo'ladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3% kislorod, 4% karbonat angidrid, 79,7% azot bo'ladi. O'pka alveolalari ichidagi havo tarkibida 14,2-14,6% kislorod, 5,5-5,7% karbonat angidrid va 80% azot bo'ladi.
Nafas bilan chiqariladigan va o'pka alveolalari ichidagi havoning tarkibi bir-biridan farq qilishiga sabab shuki, o'pka alveolalaridan nafas bilan chiqariladigan havo nafas yo'llaridagi (bronxlar va traxeyalardagi) havo bilan amlashadi. Nafas yo'llaridagi havoning tarkibi atmosfem havosining tarkibiga yaqin bo'ladi, chunki u nafas organi bilan qon o'rtasidagi gazlar almashinuvida ishtirok etmaydi.
O'pkalarda gazlar aImashinuvi. Nafas organlarining tuzilishimavzusida aytilganidek, odamning ikkala o'pkasidajuda ko'p mayda pufakchalar, ya'ni alveolalar bo'lib, ularning soni o'rtacha 750 millionga yaqin, umumiy sathi 100 m' dan oshadi. Alveolalarning bunday katta sathi o'pkada gazlar almashinuvi tez o'tishini ta'minlaydi.
Alveolalaming devori juda yupqa (0,004 mm) bo'ladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari to'rsimon shaklda o'mb tumdi. Nafas olgan vaqtda atmosfera havosi nafas yo'llari orqali alveolalar bo'shlig'iga kimdi. Alveolalar va ular atrofini o'rab turgan mayda qon tomirlari devori o'rtasida diffuziya yo'li bilan gazlar almashinadi. Alveola bo'shlig'idagi havo tarkibidagi kislorod qonga o'tadi, qondagi karbonat angidrid gazi esa alveolalarga o'tadi. Buning sababi shundaki, alveolalardagi havo tarkibidagi kislorodning bosimi yuqori, qon tarkibida esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo'lishidir. Tinch holatda odam bir minutda atmosfera havosidan 250-300 ml kislorod qabul qiladi.
To'qimalarda gaz almashinuvi. O'pka alveolalaridan diffuziya yo'li bilan qonga o'tgan kislorod qizil qon tanachalari - eritro¬tsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha to'qimalariga boradi. Qon bilan to'qimalar (hujayralar) o'rtasida gaz almashinuvi ham xuddi o'pka alveolalari bilan qon tomirlari o'rtasidagi gazlar almashinuviga o'xshab, diffuziya yo'li bilan bomdi. Qonda kislorodning bosimi yuqori bo'lganligi uchun u to'qimaga o'tadi, to'qimada esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bo'lib, u qonga o'tadi. Shunday qilib, to'qimaga kelgan arterial qon kislorodni to'qimaga o'tkazadi va to'qimadan karbonat angidrid gazini qabul qilib, venoz qonga aylanadi. Bu venoz qon yuqori va pastki kovak venalar orqali yurakning o'ng bo'lmasiga quyilib, undan o'ng qorinchaga o'tadi. So'ngra o'pka arteriyasi o'pka alveolalariga boradi va o'zidagi karbonat angidridni beradi. O'pkadan kislorod qabul qilib, arterial qonga aylanadi. Bu qon o'pka venalari yumkning chap bo'lmasiga, undan chap qorinchaga quyiladi. So'ngra aortaga o'tadi va arteriya tomirlari hamda mayda kapillyarlarga bo'linib, tananing barcha to'qima va hujayralarini kislorod bilan ta'minlaydi.
|