davrdagi ishlab chiqarish ehtiyojlari (asbob-uskunalar sotib olish va h.k.) hamda budjet davridan chetga chiquvchi uzoq muddatli xarajatlar (kapital qurilish, bankni modernizatsiya qilish va shu kabijni ocz ichiga oladi. Investitsiya budjetida bankning budjetlashtirish davridagi kapital qo'yilmalari va uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalari rejalashtiriladi. Moliyaviy budjet Bank bosh budjetining muhim tarkibiy qismi moliyaviy budjet hisoblanadi. Uning yordamida sotishlar hajmi va tannarxi, daromadlar va xarajatlarning nisbati, sof foyda, o'z mablagiaridan foydalanish, investitsiya qo'yilmalarining qoplanish muddati va boshqalar haqida to'liq axborot olinadi. Moliyaviy budjet amaliyotda «Pul mablag'lari harakati budjeti» deb ham nomlanib, uning tarkibiga bankning budjet davridagi pul mablag'larining kirimi balansi (bankning moliyaviy ahvoli to'g'risidagi hisobot) kiradi Xarajatlar va mahsulot tannarxini rejalashtirishning xususiyatlari Xarajatlarni rejalashtirish ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilinadigan tovar-moddiy zaxiralaming qiymati va kutilayotgan foyda hajmini aniqlashda yuqori samara beradi. Xarajatlarni dastlabki baholash esa bozorgir mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. U quyidagilar asosida amalga oshiriladi: — ishlab chiqarish hajmini aniq belgilash; — materiallarni almashtirish variantlari; — materiallar va chet banklar xizmatlarining qulayligini baholash Ishlab chiqarish xarajatlari budjetini ishlab chiqish jarayonida asosan smeta va normativ usuldan foydalaniladi. Smeta usulida bankning barcha bo'linmalari rejalari asosida bank miqyosida xarajatlarning yig'ma rejasi shakllantiriladi. Respublikamizda smeta usuli ancha keng tarqalgan usul hisoblanadi. Uning
Do'stlaringiz bilan baham: |