Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarini rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 124.97 Kb.
bet2/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarini rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Ushbu tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq ravishda bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlat idoralarining xalqqa xizmat qilishini taʼminlash, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga oid fundamental ahamiyatga ega g‘oyalari va eʼlon qilgan Farmonlari, mazkur tadqiqot uchun ilmiy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Erkin jamiyat, adolatparvar va xalqparvar davlat qurish insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib kelgan. Ezgulik jamiyat boshqaruvining muhim omili ekanligi zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da, adolatli jamiyatni adolatli shoh obrazi bilan bog‘lash, davlat boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlarini jamiyatda qaror toptirish, kengashning davlat boshqaruvida muhim o‘rin egallashiga oid g‘oyalar, qarashlar Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Nizomulmulk, J.Rumiy, A.Temur, A.Navoiy, Z.M.Bobur asarlarida o‘z ifodasini topgan. G‘arbda Platon, I.Kant, J.Lokk, N.Makiavelli, K.Popper, T.Adorno, S.Xantington, O.Toffler, A.Kamyu, M.Veber, B.Rassel, O.Shpengler, N.A.Berdyaev, V.V.Solovev, G.V.Plexanovlar insoniyatning kelajagi, jamiyat taraqqiyoti, inson huquq va manfaatlari himoyasi, jamiyatni modernizatsiyalash va demokratlashtirish, demokratik jamiyat va huquqiy davlat barpo etish to‘g‘risida ziddiyatli fikrlarni ilgari surishgan. Ularning falsafiy, fundamental ahamiyatga ega asarlari, qarashlari va g‘oyalari mazkur tadqiqot ishi uchun ilmiy-nazariy va metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek faylasuf olimlari A.Valiyev, M.Sharifxo‘jayev, S.Shermuhamedov, A.Saidov, B.To‘ychiyev, F.Musayev, I.Ergashev, R.Jumayev, Z.Qodirova, F.Jo‘raqulov, Sh.Mamadaliyev, Z.Islamovlar mamlakatimizda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi, inson huquq va manfaatlarining ustuvorligi taʼminlash, demokratik taraqqiyotning huquqiy asoslari, davlat va jamiyat demokratlashuvi, modernizatsiya va demokratik taraqqiyotning uzviy aloqadorligi kabi masalalarni o‘rganishgan. Ularning tadqiqotlarida 1991-2015 yillarda mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat qurishning ilmiy, falsafiy, siyosiy va huquqiy jihatlari ochib berilgan3.
Mavzuning ayrim masalalari J.Yo.Mavlonov4ning ilmiy tadqiqotida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotchi unda eʼtiborini fuqarolik jamiyati institutlariga qaratib, “siyosiy kommunikativistika” tizimida ”Prezident virtual va xalq qabulxonalarini ham tilga oladi. Siyosatshunoslik yo‘nalishidagi ushbu tadqiqot Xalq qabulxonalarining davlat va xalq bilan muloqot tizimidagi o‘rnini anglashga yordam beradi.
Mazkur tadqiqot esa Xalq qabulxonalarining milliy demokratik xususiyatlarini, ularning ijtimoiy taraqqiyot kun tartibiga qo‘yayotgan muammolarini hal etishdagi o‘rnini va aholi bilan muloqotini, hamkorligini, hududlarni rivojlantirishga oid tajribalarini ijtimoiy-falsafiy o‘rganishga qaratilgan.

Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling