Namanagan davlat universiteti yuridik fakultet


Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi


Download 124.97 Kb.
bet3/16
Sana16.06.2023
Hajmi124.97 Kb.
#1499067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
NAMANAGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilayotgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot O‘zbekiston Milliy universitetining “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, sud-huquq islohotlarining mushtarakligi” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston demokratik islohotlarida xalq bilan muloqot qilishning yangi mexanizmlari va ta`sirchan jamoatchilik nazoratini yaratish, Prezident Virtual va Xalq qabulxonalari faoliyatini hamda tajribalarining ijtimoiy ahamiyatini falsafiy tadqiq etishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekistonda milliy taraqqiyotning yangi bosqichidagi islohotlarni asosiy yo‘nalishlari va boshqaruvdagi demokratik o‘zgarishlarning ijtimoiy mohiyatini ochib berish;
Yangi O‘zbekiston demokratik islohotlarida xalq bilan muloqot mexanizmlari va ta’sirchan jamoatchilik nazorati instituti va ularning strategik ahamiyatini asoslash;
davlatning biznes, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini ilmiy tahlil etish;
davlat organlari xodimlarining professiogrammasini o‘rganish asosida ularning ijtimoiy portretini yaratish, aholi murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Tadqiqotning obʼektini davlat va jamiyat munosabatlari tashkil etadi.
Tadqiqotning predmeti xalq qabulxonalari faoliyatining tahlili.
Tadqiqot usullari. Dissertatsiyada analiz va sintez, deduksiya va induksiya, tizimlashtirish, so‘rovnoma kabi usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat boshqaruvdagi demokratik o‘zgarishlarning mohiyati (faoliyatga tanqidiy yondashuv, ochiqlik, inson manfaatlarining ustunligi, xalqni rozi qilish, odil sudlov) ochib berilgan;
xalq bilan muloqot qilishning yangi mexanizmlari va ta`sirchan jamoatchilik nazoratini yaratish, davlat va xalq o‘rtasida samarali muloqotni tashkil etuvchi, xalqning davlatga ishonchini mustahkamlovchi va aholining ijtimoiy faolligini oshirish orqali ularni ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisiga aylanishini taʼminlovchi demokratik institut sifatida shakllanganligi ilmiy asoslangan;
mamlakatimizda biznes, tadbirkorlik va ishbilarmonlikning rivojlanishiga g‘ov bo‘lib kelayotgan sunʼiy to‘siqlarni (hujjatbozlik, sansalorchilik, tanish bilishchilik, byurokratiya, korrupsiya) bartaraf etishda virtual va xalq qabulxonalari faoliyatining muhimligi ochib berilgan;
xalq bilan muloqot qilishning yangi mexanizmlarini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari xodimlarini kompetentligini aniqlashda professiogrammadan (intellektual salohiyat, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, boshqarish sanʼati, tashkilotchilik qobiliyati, kasbiy psixologiya,) foydalanish ular faoliyatini takomillashtirish omili ekanligi asoslangan.

Download 124.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling