Namangan 2006 yil


Muvaqqat Muxtoriyat hukumati»


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana28.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1015476
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
ozbekiston tarixi 3

Muvaqqat Muxtoriyat hukumati» tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 musulmon va 8 rus, hammasi bo'lib 24 kishi kiritildi. Madaminbek 
hukumat boshlig'i bo'lishi bilan bir qatorda bosh qo'mondon qilib ham tayinlandi. 
Oradan sal o'tmay, ya'ni 1919 yil oktabr oyining so'nggi kunlarida Farg'ona vodiysidagi barcha yirik qo'rboshilar Oyim 
qishloqda to'plandi. Tarixiy hujjatlarning dalolat berishicha, istiqlolchilik harakati tarixida eng yirigi bo'lgan bu qurultoyda, Farg'ona 
vodiysida harakat kilayotgan 150 tacha qo'rboshi dastalari to'rtta yirik lashkarboshi: Madaminbek, Ergash, Shermuhammadbek, Xolxo'ja 
Eshon qo'mondonligi ostida birlashtirildi. qurultoyda islom qo'shinlarining Oliy Bosh Qo'mondoni — «Amir al-muslimin» qilib 
Madaminbek saylandi. Ammo bu birlashuv kutilgan natijani bermadi. Qurultoydan keyinoq Xolxo'ja Eshon bosh qo'mondon 
Madaminbekka bo'ysunmasligini aytib, mustaqil harakat boshladi. U o'zining ta'sir doirasidagi hududlarda Islom shariati asosida qattiq-
qo'llik bilan tartib-qoida o'rnatdi. Bu davrda Madaminbek qo'l ostida 30 mingga yaqin, Shermuhammadbekda 20.000, Ergash 
qo'rboshida esa 8.000 yigit bo'lib, aynan shu uchta lashkarboshilar vodiydagi jangovar harakatlarni boshqarib turgan edilar. 
Biroq, Farg'ona vodiysiga tobora qo'shimcha kuchlarning tashlanishi natijasida 1920 yil yanvar oyining o'rtalariga kelib 
jangovar tashabbus qizil armiya qo'liga o'tdi. Farg'ona fronti qo'shinlari (qizil armiya) birinchi bo'lib Katta Ergash qo'rboshini 
mag'lubiyatga uchratishdi. P.Paramonov boshchiligidagi yig'ma otryad Qo'qondan chiqib 1920 yil 18 yanvarda Ergashning qarorgohi 
joylashgan Bachqir qishlog'ini egalladi. 
Harbiy tashabbus qo'ldan ketganligini, har qadamda qiyonat ta'qib qilayotganini ko'rgan Madaminbek o'z yigitlari hayotini 
saqlab qolish maqsadida Farg'ona qo'shinlari qo'mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 
40 


2-Turkiston o'qchi diviziyasining boshlig'i Veryovkin-Raxalskiy o'rtasida 1920 yil 6 martda Skobelev (hozirgi Farg'ona) shahrida yarash 
bitimi imzolandi. Madaminbek bilan birga sovet hokimiyati tomoniga uning o'nlab qo'rboshilari va 3500 yigitlari o'tgan edi. 
Sovetlar tarafiga o'tgan Madaminbek qizil askarlarning katta kuchga ega ekanligini, istiqlolchilar bu kuchga bardosh bera 
olmasliklarini o'sha davrdayoq yaxshi tushungan edi. Kurboshilarga ishonib o'z hayotlarini ozodlikka tikkan yigitlar behuda qurbon 
bo'lib ketishini istamagan Madaminbek ularning qurolini tashlab, tinch hayotga qaytishga undash uchun sovetlar tomonida turib harakat 
qildi. Lekin Madaminbekning diplomatik tadbirlari samarasiz tugadi. Sovetlar tomonidan muzokaralar o'tkazish uchun qo'rboshilar 
orasiga yuborilgan Madaminbek Shermuhammadbekning roziligi bilan Xolxo'ja Eshon tomonidan 1920 yil 14 mayda Qorovul 
qishlog'ida o'ldirildi.
Farg'ona vodiysida boshlangan istiqlolchilik harakati keyinchalik butun Turkiston o'lkasiga yoyildi. Buxoro amirligi va Xiva 
xonligiga qarshi sovetlarning harbiy huruji bu yerlarda ham musulmon aholisining ommaviy qurolli qarshiligini keltirib chiqardi. 
Tengsiz janglarda yuzlab vatanparvar lashkarboshilar istilolchilar safidan yetilib chiqdilar. Ulardan Madaminbek, Shermuhammadbek, 
Katta va Kichik Ergashlar, Muhiddinbek, Omon polvon, Nurmuhammadbek, Junaidxon, Islom qo'rboshi, Ibrohimbek va boshqalarni 
misol qilib keltirish mumkin. Turkistondagi bu milliy-ozodlik harakati 1936 yilga davom etdi. Son va harbiy-texnik jihatdan ustunlikka 
ega bo'lgan qizil armiya qo'shinlari g'alabaga erishgan bo'lsalar-da, Turkiston xalqini ozodlik uchun kurash g'oyalarini yo'qqa chiqara 
olmadi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyingina istiqlol uchun qurbon bo'lgan vatanparvarlarimiz haqidagi asl haqiqat 
xalqimizga yetkazilmoqda. 
Turkiston bolsheviklar tomonidan zabt etilgach, bevosita markaziy hududlarda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga 
tortildi. Chunonchi, Markaziy hududlarda ro'y bergan ocharchilik tashvishlari turkistonliklar hayotiga hamta'sir etmay qolmadi. 
1921-1922 yillarda sovet hokimiyatining qo'pol iqtisodiy siyosati tufayli, Rossiyaning Markaziy hududlarida dahshatli 
ocharchilik yuz berdi. Butun turkistonliklar qatori, namanganliklar ham ochlarga yordam ko'rsatish ishlarida faol qatnashdilar. Turkiston 
Markaziy Ijroiya Komiteti qoshida ochlarga yordam markaziy qo'mitasi (OYOMQ) tuzildi. 
1921 yilning avgust oyi boshlarida Namangan uyezdida ham OYO komissiyasi o'z faoliyatini boshladi. 1921 yilning oktabrida 
o'tkazilgan haftalik tadbirlari natijasida Namangan shahridagi aholidan 18 mln. rubl pul, shuningdek, bug'doy, un, asal, tuz, sovun,
chopon, choy va boshqa narsalar ochlarga yordam tariqasida yig'ilgan. Bundan tashqari, ochlar hisobiga uyushtirilgan shanbalik 
natijasida 4 mln. 698 ming rubl yig'ilgan. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling