Namangan 2006 yil


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana28.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1015476
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
ozbekiston tarixi 3

Birinchidan, 1917 yilda sodir bo'lgan oktabr to'ntarishi va buning natijasida hokimiyatni qo'lga kiritgan bolsheviklar tomonidan 
ilgari surilgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaqo yot tushuncha edi. Mahalliy aholi bu g'oyani avval boshdanoq 
o'ziga singdira olmadi va unga qarshi turdi. 
39 


Ikkinchidan, yangi tuzum o'rnatilgan kundanoq mahalliy xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlari 
toptaldi. Qozi sudlovi bekor qilindi, vaqf yerlari tortib olindi, mulkchilikning barcha shakliga chek qo'yildi. 
Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi istiqlolchilik harakatining butun Farg'ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir 
turtki vazifasini o'tadi, xolos. Chorizmning mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan farg'onaliklar Turkistonda birinchi bo'lib 
bolsheviklar rejimiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Shu tariqa, Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha rejimga qarshi 
istiqlolchilik harakati 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan edi.
Dastlabki istiqlolchi guruhlarning tashkil topishi Kichik va Katta Ergashlarning nomlari bilan bog'liqdir. 
Turkiston Muxtoriyati hukumati qo'shiniga boshchilik qilgan Kichik Ergash qo'rboshi 1918 yil 19—21 fevralda Qo'qon shahrida 
qizil askarlarga qarshi bo'lgan «ikki kunlik urush natijasida mag'lubiyatga uchradi, uning 2.000 kishilik armiyasidan omon qolgan ikki 
yuztacha kishi Kichik Ergash rahbarligida Qo'qon uyezdidagi Bachqir qishlog'iga (Qo'qondan 18 chaqirim shimoli-sharq tomonda) jang 
bilan chekinishdi. O'zining kindik qoni to'kilgan Bachqir qishlog'ida Kichik Ergash yigitlari bilan qal'a shaklida istehkom qurib, 
mustahkam o'rnashib oldi. 26 fevral kuni Bachqirga 5 ta qizil gvardiyachilar otryadi va dashnoqlar drujinasi hujum qilishdi. 27 fevralda 
bo'lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid bo'lgach, uning o'rniga Katta Ergash qo'rboshi Farg'ona vodiysida bolsheviklarning 
mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Sovet hokimiyati va bolsheviklarga qarshi milliy istiqlol harakatini tashkil qilish endi 
uning zimmasiga tushgan edi.
Istiqlolchilik harakatining rahbarlari sovet tarixchilari ta'riflaganidek «johil», «ilmsiz» kishilar emas edilar. Ularning ko'plari 
madrasalarni tamomlagan, siyosiy-ma'rifiy jihatdan yetuk shaxslar edilar. Masalan, Katta Ergash (—1921) — Farg'ona vodiysidagi 
istiqlolchilik harakatining dastlabki taniqli namoyandasi. U Qo'qon yaqinidagi Bachqir qishlog'ida tug'ilgan. Q
O
'
QONNING 
eng mashhur 
mullalaridan biri bo'lgan, shuning uchun uni Mulla Ergash ham deyishgan. Katta Ergash chor Rossiyasining Turkistonga qilgan 
bosqinchiligini kechira olmadi, ularga qarshi kurashdi. U Turkiston Muxtoriyatining tarafdori, uning himoyachilaridan biri edi.
Ko'p o'tmay Mulla Ergash qo'rboshi yigitlari safiga Farg'onadagi sovetlar tuzumidan norozi bo'lgan yuzlarcha va minglarcha 
kishilar kelib qo'shildilar. Markazi Bachqir qishlog'i bo'lgan Qo'qon uyezdi istiqlolchilik harakatining dastlabki tayanch nuqtasi bo'lib 
qolgan edi. 1918 yil mart oyining oxiriga kelib Katta Ergashning nomi Farg'ona vodiysi aholisi o'rtasida juda mashhur bo'lib ketdi. 
Sovet ayg'oqchilaridan birining ma'lumotiga ko'ra, «Ergash qo'rboshining musulmon va rus aholisi o'rtasida paydo bo'lishi olqishlarga 
sazovor bo'ldi, unga eng yuksak tilaklar tilandi hamda uning qiyofasida Andijon va Qo'qonda o'rnashgan sovet qo'shinlaridan, hukumat 
vakillaridan va har qanday zo'ravonlikdan halos qiluvchi insonni ko'rdilar». U 1921 yil 19 dekabrda o'z qarorgohi Xonobodda qizil 
askarlarga qarshi bo'lgan jangda halok bo'lgan. 
1918 yil mart oyiga kelib Farg'ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ortiq qo'rboshi dastalari faoliyat ko'rsatardi. 
Madaminbek Skobelev uyezdida, Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek Marg'ilon atroflarida, Omon Pahlavon, Qobul, Sotiboldi 
qozi va Rahmonqul Namangan uyezdida, Parpi qo'rboshi Andijon shahri atrofida, Eshmat qo'rboshi Qo'qonning Buvayda qishlog'ida, 
Umar-Choli Urganji qishlog'ida, Jonibek qozi O'zgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda harakat qilmoqda edi.
Bu tarqoq holda bo'lgan istiqlolchilik harakatini yagona qo'mondonlikka bo'ysundirish va birgalikda harakat qilish maqsadida 
«Sho'roi Islom» va «Sho'roi Ulamo» tashkilotlari a'zolarining tashabbusi bilan 1918 yil mart oyining oxirida Bachqir qishlog'ida 
Farg'onadagi butun qo'rboshilarning birinchi qurultoyi chaqirildi. Unda 40 dan ortiq yirik qo'rboshilar qatnashdi. Farg'ona vodiysidagi 
istiqlolchilik harakatining boshlig'i qilib Katta Mulla Ergash saylandi va unga butun musulmon qo'shinlarining Oliy Bosh 
Qo'mondoni—«Amir al-muslimin» unvoni berildi. Ergash qo'rboshining o'rinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuhammadbek 
tayinlandi. 
Umuman olganda, Farg'ona vodiysida 1918 yilning o'rtalariga kelib, taxminan yuzga yaqin qo'rboshi o'z dastalari bilan qizil 
armiya qismlariga qarshi kurash olib bormoqda edi. 
Turkistondagi istiqlolchilik harakatining muhim xususiyati shundaki, bu harakatda maqsadlar, vazifalar qanday bo'lishidan qat'i 
nazar, boshdan oxirigacha bir ustivor g'oya — Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi yotadi. Istiqlolchilik harakati goh 
kuchayib, goh pasayib turishi, unda ishtirok etuvchilarning tarkibi o'zgarib borishi va ikkilamchi manfaatlar o'rtada turganligi hamda 
ob'yektiv va sub'yektiv omillar kuchlar muvozanatiga salbiy ta'sir qilishiga qaramay, harakatning asosiy mohiyati Turkiston mustaqilligi 
uchun kurash bo'lib qolaverdi. 
Madaminbek 1919 yil 11 martda Farg'ona fronti (1919 yil 23 fevral) qo'shinlari qo'mondoni M.V.Safonov nomiga yo'llagan 
maktubida istiqlolchilar qanday maqsad yo'lida kurashayotganliklarini, bu harakatning mohiyati va «bosmachi» deb kimni aytish 
kerakligini yaqqol ko'rsatib, quyidagi so'zlarni yozgan edi: «Gapning lo'ndasini aytsam, bizning xalqimiz o'z turmushida Karl Marks 
yoki bolsheviklar dasturini qo'llab ko'rish darajasida hali ongi rivojlanmagan... Turkistonda bo'lsa, yana qaytaraman, sizlar qiladigan ish 
yo'q va bu yerda zo'ravonlik bilan dushmanlar orttirasiz, holos... Siz federasiya tuziladi deb e'lon qildingiz, siz xalqning o'z taqdirini o'zi 
belgilash huquqini e'lon qildingiz, shunday ekan, nega siz ularni bizga bermaysiz? Yoki biz faqat musulmon bo'lganligimiz uchunmi? 
Bizga ko'nglimiz tusagancha yashashga imkon bering, mayli, siz e'lon qilgan shiorlarga biz amal qilamiz, bizlarga o'zimiz xohlagandek 
boshqaruv usulini tanlashga imkon bering, axir biz— musulmonlar ko'pchilikni tashkil qilamiz-ku. Ammo zo'ravonlik qilmang...» 
Shuningdek, Madaminbek xatida o'zlarini proletariat himoyachisi va kapitalistlarga qarshi kurashayotgan qilib ko'rsatayotgan qizil 
armiya jangchilari va komandirlarining xaqiqiy bosqinchilar to'dasiga aylanganliklarini ta'kidlab, «...otryad boshliqlarining bittasidan 20 
million so'mlik mol-mulk topilgan, haqiqiy bolshevik-kommunist — bosmachilar to'dasi bizning qambag'al, yarim och 
musulmonlarimizdan so'nggi ko'rpa va kigizlarini ham tortib olishdi», deb yozgan edi.
1919 yil 22 oktabrda Pomirning Ergashtom (Irkeshtam) ovulida bo'lgan anjumanda Madaminbek boshchiligida «Farg'ona 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling