Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


 Nogironlikni belgilash tartibi. Nogironlik guruhlari va nogironlik


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

4.7. Nogironlikni belgilash tartibi. Nogironlik guruhlari va nogironlik 
sabablari
Nogironlik pensiyalari tayinlash paytida qonunchilik va ijtimoiy adolatni 
ta’minlash shartlaridan biri - o‘z vaqtida, to‘g‘ri, holisona yondashgan holda 
nogironlik yuz berganligi faktining belgilanishidir.
Nogironlik pensiyalari tayinlash uchun nogironlikni, uning sabablari, 
yuz bergan muddatini belgilash vakolati tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyasi 
(TMEK)ga berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 8 
avgustdagi
175-son 
qaroriga muvofiq "Tibbiy-mehnat ekspert
komissiyalari to‘g‘risida nizom " tasdiqlangan bo‘lib
4849
, ularga shaxsni nogiron 
deb e’tirof etish vakolati berilgan.
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyati hududiy prinsip bo‘yicha 
amalga oshiriladi.
Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining xulosalari kollegial, TMEK 
a’zolarining mutlaq ko‘pchilik ovoz berishi asosida qabul qilinadi hamda uning 
tavsiyalari ish beruvchilar, davolash-profilaktika, tibbiy-ijtimoiy, sport 
muassasalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Quyidagilar TMEKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taqdim etilgan tibbiy hujjatlar 
va fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida hayot faoliyatining 
cheklanganligini ekspertiza qilish, nogironlik guruhini, sabablarini, uning 
boshlangan vaqtini va nogironlik muddatlarini belgilash;
-nogironlar uchun ijtimoiy muhofaza chora-tadbirlarini belgilash; -
nogironlarni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish va 
ularni bajarishga ko‘maklashish hamda nogironning hayot faoliyatini yoki 
organizmi funksiyalarini to‘liq yoki qisman tiklash,
nogironlik guruhini pasaytirish yoki barqarorlashtirish asosida ushbu tadbirlarning 
samaradorligini baholash;
-nogironlikning holatini, o‘zgarishini va unga sabab bo‘lgan omillarni tahlil 
qilish, nogironlikning oldini olish, nogironlarni tibbiy-mehnat ekspertiza, 
48
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2008 йил, 33-сон, 314-модда 


105 
reabilitatsiya, ijtimoiy muhofaza qilish sohasida kompleks dasturlarni ishlab 
chiqishda qatnashish.
Fuqarolarni tibbiy tekshirishdan o‘tkazish quyidagi maqsadlarda amalga 
oshiriladi :
mehnatga layoqatlilikning holatini, nogironlik guruhi, sabablari, boshlanish 
vaqti va muddatlarini aniqlash;
-mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan yoki 
sog‘lig‘i boshqacha shikastlangan ishlovchilarning mehnatga layoqati 
yo‘qolganligi darajasini va ularning yordamning qo‘shimcha turlariga muhtojligini 
aniqlash;
-nogironlarning sog‘lig‘ining holati va mehnat layoqatini hisobga olgan holda 
ularni tibbiy va ijtimoiy-mehnat jihatidan reabilitatsiya qilish choralarini belgilash;
-nogironlarni ishga joylashtirish yuzasidan tavsiyalar berish .
Fuqarolarni tibbiy tekshirishdan o‘tkazish TMEKda bepul amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining yo‘llanmasi bo‘yicha tibbiy 
tekshirish maqsadlari ko‘rsatilgan holda TMEK 16 yoshdan kichik shaxslarni ham 
tibbiy tekshirish uchun qabul qilishi mumkin.
Aynan bir kasallik bilan bog‘liq holatda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
boshlangan kundan boshlab uzluksiz muddat birvarakayiga 4
oydan ortiqni tashkil etadigan uzoq muddat kasal bo‘lgan shaxslar (sil kasalligiga 
chalingan bemorlardan tashqari);
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri aynan bir kasallikka chalinganda 
tanaffuslar bilan 6 oy mobaynida, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan 
kundan boshlab 12 oy mobaynida davom etgan shaxslar (sil kasalligiga chalingan 
bemorlardan tashqari);
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab 
kamida 10 oyni tashkil etadigan kasallik birinchi marta aniqlangan silga chalingan 
bemorlar, Shuningdek asosiy kasallik kuchayganda - vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik boshlangan kundan boshlab kamida 6 oy silga qarshi muassasalarda 
hisobda turgan sil kasaliga chalingan bemorlar tibbiy tekshirish uchun qabul 


106 
qilinadilar.
Tibbiy tekshirish TMEK majlisida to‘liq tarkibda o‘tkaziladi.
Tibbiy tekshirishdan o‘tkazish shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va
kasallik tarixini, ambulatoriya kartasini, Shuningdek bemor ular asosida tibbiy 
tekshirishga yo‘naltirilgan boshqa hujjatlarni o‘rganish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi.Tibbiy tekshirish ma’lumotlari va TMEK qarori o‘sha kuni 
to‘ldiriladigan, TMEK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadigan va muhr bilan 
tasdiqlanadigan tibbiy tekshirish dalolatnomasiga va TMEK majlisi 
bayonnomasiga kiritiladi.
TMEK tibbiy tekshirishi dalolatnomasidan ko‘chirma "Fuqarolarning davlat 
pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda 
tutilgan pensiyalarga ustamalarni hisoblab chiqishda nogironlik bo‘yicha pensiya 
tayinlash, Shuningdek zarur hollarda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya 
tayinlash uchun asos hisoblanadi
TMEK tibbiy tekshirish natijalari bo‘yicha nogironlik guruhini, sabablari va 
muddatlarini belgilash to‘g‘risida;
qo‘shimcha ravishda tekshirish va klinik tashxisni aniqlashtirish uchun 
DPMga yuborish to‘g‘risida;
tibbiy tekshirishdan o‘tayotgan to‘liq davolanishi zarurligi munosabati bilan 
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini uzaytirish to‘g‘risida;
protez-ortopediya buyumlari, nogironlik aravachalari va 
reabilitatsiyaning boshqa texnik vositalari bilan ta’minlashga ehtiyoj to‘g‘risida;
mehnat qilish bilan bog‘liq tavsiya, nogironning o‘qish yoki qayta o‘qishga 
ehtiyoji to‘g‘risida;
o‘zganing parvarishiga muhtojlik to‘g‘risida xulosalarni chiqarishi mumkin:
Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 8 avgustdagi 175-son qaroriga ko‘ra" 
tibbiy tekshirishdan qayta o‘tkazish muddati ko‘rsatilmasdan
nogironlik guruhi 
belgilanadigan kasalliklar RUIXATI" tasdiqlangan bo‘lib, bu Ro‘yxatga:
I. Ichki organlar kasalliklari ;
II. Asab-psixik kasalliklar;


107 
III. Jarrohlik kasalliklari hamda anatomik nuqsonlar va 
deformatsiyalar;
IV. Quloq, tomoq va burun kasalliklari;
V. Ko‘z shikastlanishi va kasalliklari kiritilgan.
Shuningdek, mazkur Ro‘yxatga nogironlik guruhi muddatsiz 
belgilanadigan hollar ham ilova qilingan va quyidagi hollarda nogironlik 
muddatsiz belgilanadi:
60 yoshdan katta nogiron erkaklarga va 55 yoshdan katta nogiron ayollarga.
Keyingi 5 yil va undan ortiq yil mobaynida nogironlikning I yoki II guruhi 
belgilangan, 5 yil mobaynida DPMda to‘liq dispanser ko‘rigidan o‘tgan, 
reabilitatsiya dasturlari bajarilgan, Shuningdek reabilitatsiyaning
barcha turlari istiqbolsiz bo‘lgan, tiklab bo‘lmaydigan anatomik-funksional 
buzilishlar yoki zo‘rayuvchi kasalliklarga duchor bo‘lgan nogironlarga.
Oxirgi 7 yil mobaynida nogironlik guruhi o‘zgarmagan III guruh 
nogironlariga.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling