Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Nogironlik pensiyasi tayinlash asoslari va shartlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

4.8. Nogironlik pensiyasi tayinlash asoslari va shartlari
Nogironlik pensiyalariga chiqish huquqiga ikki xil sababga ko‘ra nogiron 
bo‘lib qolgan va belgilangan tartibda nogiron ekanligi tasdiqlangan fuqarolar ega 
bo‘ladilar.
Bular: birinchidan, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga 
chalinish, ushbu sabablarga tenglashtirilgan holdagi (urush nogironlari, harbiy 
xizmat burchini bajarish paytida yuz bergan va boshqa sabablarga ko‘ra sodir 
bo‘lgan nogironliklar bo‘lsa; ikkinchidan, turmushda olingan jarohatlar (maishiy 
sabablarga ko‘ra mayiblanish) yoki umumiy kasalliklar (ish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan) oqibatidagi nogironliklardan iboratdir.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish yoki kasb kasalliklari tufayli nogironlik 
yuz berganida nogiron shaxsning mehnat staji va uning miqdoridan qat’i nazar 
pensiya to‘liq miqdorda tayinlanaveradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 


108 
qarorining 7-ilovasida nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida kelib chiqqan deb 
hisoblanadigan nogironlik sabablari ro‘yxati ko‘zda tutilgan.
Agar nogironlik keltirib chiqaruvchi jarohatlanish, zaharlanish, issiq 
urishi, kuyish, sovuq urishi, cho‘kish yoki avariyalar tufayli salomatlikning 
boshqacha shikastlanishi quyidagi hollarda sodir bo‘lsa (elektr toki yoki yashin 
urishi, Shuningdek, tabiiy ofatlar g‘ayriqonuniy xatti-harakatlardan tashqari), 
nogironlik mehnatda mayiblanish tufayli sodir bo‘lgan deb hisoblanadi:
a) mehnat vazifalarini bajarishda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida), 
shuningdek, korxona yoki tashkilot manfaatlari yo‘lida hatto maxsus topshiriqsiz 
biron ish bajarganda;
b) korxona, tashkilot xududida yoki boshqa ish joyida ish vaqti 
davomida (belgilangan tanaffus vaqti ham shunga kiradi), shuningdek, ish 
boshlanishi yoki tugashi oldidan ishlab chiqarish qurollarini, kiyim-bosh va 
boshqalarni tartibga keltirish uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida;
v) ish vaqti davomida (belgilangan tanaffuslar ham Shunga kiradi) 
korxona, tashkilot yoki boshqa ish joyi yaqinida, agar u erlarda bo‘lish ichki 
mehnat tartibi qoidalariga zid bo‘lmasa;
g) ishga borayotganda yoki ishdan qaytayotganda;
d) vaxtali shaharcha hududida vaxta-ekspeditsiya usuli bilan va tabiiy 
ofat vaqtida smenali dam olishda bo‘lgan xodim bilan yuz berganda;
e) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishda, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ro‘yxatga 
olingan jamoat tashkilotlarining topshiriqlarini (garchi bu topshiriqlar 
asosiy ish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham) bajarishda;
j) inson hayotini saqlab qolish, O‘zbekiston Respublikasi davlat va 
jamoat mulkini, fuqarolar mulkini, huquq-tartibotni qo‘riqlash bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi burchini bajarish vaqtida;


109 
z) ish kuni davomida ma’muriyatning (bo‘lim, bo‘linma, sex, uchastka 
rahbarlarining va shu kabilarning) xodimning vazifasiga kirmaydigan 
topshiriqlarini bajarish vaqtida;
i) donorlik vazifasini bajarish munosabati bilan.
Nogironlikning yuz berish sabablari ishlab chiqarishda yuz bergan voqea-
hodisalar bilan qay darajada bog‘liqligini aniqlash paytida yuqorida keltirilgan 
ro‘yxatdan tashqari, Vazirliklar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli qarori bilan "Xodimlarga ularning 
mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga 
chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli etkazilgan 
zararni to‘lash Qoidalari"
49
 hamda O‘zbekiston Respublikasi xukumatining 1997 
yil 6 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni 
va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish 
to‘g‘risida»gi nizom talablariga
50
 amal qilinmog‘i lozim bo‘ladi.
Nogironlik kasb kasalligi oqibatida yuz bergan deb hisoblanishi uchun 
xodimga ishlab chiqarishning zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillari (shovqin, 
radiatsiya, ximiyaviy, fizik, biologik va boshqa ta’sirlar) oqibatida kasallik 
kelib chiqqan, vaqt o‘tishi bilan kuchaygan bo‘lishi lozim. Vazirlar Mahkamasining 
1994 yil 11 maydagi qarorining 6-ilovasida kasb kasalliklari ro‘yxati keltirilgan 
bo‘lib, unda 7 qismdan iborat bo‘lgan 126 xil kasallik turlari sanab ko‘rsatib 
qo‘yilgan
51
.
Urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar ham pensiya ta’minoti 
sohasida urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar ham ishlab 
chiqarishdagi baxtsiz hodisalar yoki kasb kasalligi yuz berishi oqibatida nogiron 
bo‘lgan shaxslar bilan teng huquqlarga egadirlar.
Urush nogironlari tushunchasi tarifi va urush nogironlariga tenglashtirilgan 
shaxslar doirasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 sentyabrdagi qarori 2-
ilovasida bayon etilgan
52
.
 
49
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг қарорлари тўплами, 1994 йил, 2-сон, 7-модда.
50
Қаранг: Ўша манбаа, 1997 йил, 6-сон, 21-модда.
51
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг имтиёзли пенсия таъминоти бўйича норматив қужжатлари 
тўплами. Т., «Меқнат», 1994 йил, -Б. 49-53.
52
Ўша манба. –Б. 43-44.


110 
Vatan urushi va boshqa urushlarda harakatdagi armiya tarkibida harbiy 
xizmatni o‘tagan, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishda yaralangan, 
kontuziya bo‘lib qolgan, mayiblanish yoki kasallanish natijasida nogiron bo‘lib 
qolgan harbiy xizmatlar urush nogironlari hisoblanadilar.
Urush nogironi sanalmasalarda, ammo nogiron bo‘lib qolish holatlari va 
sabablariga ko‘ra ularga tenglashtirilgan shaxslarning ro‘yxati tarkibiga 9 ta 
sababga ko‘ra nogiron bo‘lib qolgan harbiylar va harbiy xizmatchi sanalmaydigan 
boshqa shaxslar kiritilgan.
Davlat va jamoat vazifalarini, mahalliy hokimiyat organlarining kasbiy yoki 
jamoat tashkilotlarining maxsus topshiriqlarini bajarishda
bu topshiriqlar asosiy ish bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligidan qat’i nazar 
mehnatda mayiblanish hisoblanadi.
Respublika fuqarosi burchini bajarishda, inson hayotini saqlab qolishda, 
davlat va jamoat mulkini, fuqarolar mulkini asrashda, huquq-tartibotni himoya 
qilishda sodir bo‘lgan nogironlik mehnatda mayiblanish hisoblanadi.
Safarda baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelgan nogironlik, agar baxtsiz 
hodisa mehnat vazifasini bajarish davrida yoki safarga jo‘natilgan erga borayotgan 
vaqtda yoki qaytib kelayotganda, shuningdek, safar vaqtida xizmat qatnovlarida 
yuz bergan bo‘lsa, mehnatda mayiblanish hisoblanadi
53
.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 16-
moddasiga ko‘ra «Sog‘lig‘i yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga 
qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek, nogironlik boshlangan vaqt va 
nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert 
komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi».
Shaxs II guruh nogironi deb e’tirof etilish uchun kishi organizmi, uning 
a’zolari funksiyasi birmuncha buzilgan bo‘lishi, mehnat qilish qobiliyati barqaror 
tarzda doimiyga yoki uzoq muddatga yo‘qolgan, jiddiy ravishda pasaygan bo‘lishi 
53
Қаранг: «Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси қонунига 
шарқлар». Т., 1996 йил, -Б. 90.


111 
lozim. 
Umumiy kasallik (maishiy jarohatlanish) tufayli nogiron bo‘lib qolgan 
va yoshiga mos ravishda talab qilinadigan ish stajiga to‘liq ega bo‘lmagan 
fuqarolarga (masalan, 25 yoshda nogiron bo‘lib qolgan shaxs 3 yillik mehnat 
staji o‘rniga bor-yo‘g‘i 1 yillik stajga ega bo‘lsa) nogironlik pensiyasi ularning 
mavjud mehnat stajiga mutanosib ravishda tayinlanadi.
Bunda nogironlik pensiyasi faqat I va II guruh nogironi deb topilgan 
shaxslargagina tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmaganda nogironlik pensiyasi to‘lanishi chog‘ida har 
qanday mehnat staji ham (bolalarni parvarishlash davri, o‘qish davri va hokazo) 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinaveradi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling