Glossariylar.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlanishi -aslida shaxs noqulay,
zararli yoki ruhiy-fiziologik jihatdan tang sharoitlarda ishlaganligi, Shu orqali o‘z
sog‘lig‘i va hayotini xavf ostida qoldirgani holda jamiyatga ko‘proq foyda
keltiruvchi faoliyat turi bilan Shug‘ullanganligi uchun jamiyat tomonidan tovon
to‘lanishidan iboratdir.
Nogiron deganda- jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari
borligi tufayli turmush faoliyati cheklangan, qonun hujjatlarida belgalangan
tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxs
nazarda tutiladi.
Shaxs II guruh nogironi deb- e’tirof etilish uchun kishi organizmi, uning
a’zolari funksiyasi birmuncha buzilgan bo‘lishi, mehnat qilish qobiliyati barqaror
tarzda doimiyga yoki uzoq muddatga yo‘qolgan, jiddiy ravishda pasaygan bo‘lishi
lozim.
Mehnatda mayiblanish- safarda baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelgan
nogironlik, agar baxtsiz hodisa mehnat vazifasini bajarish davrida yoki safarga
jo‘natilgan erga borayotgan vaqtda yoki qaytib kelayotganda, Shuningdek, safar
vaqtida xizmat qatnovlarida yuz bergan bo‘lsa, mehnatda mayiblanish hisoblanadi.
O‘zbekiston respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunni 13-moddasida liliputlar va pakanalarga-
imtiyozli yoshga doir pensiya nazarda tutilgan. Unga ko‘ra:
gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida
mutanosiblik buzilgan pakanalar belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda
pensiya olish huquqiga basharti erkaklar-ish staji kamida 20 yil bo‘lganda va
ayollar-ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ushbu asos bilan yoshga doir pensiyaga
chiqish huquqiga ega bo‘ladilar.
114
Tarqatma materiallar
Do'stlaringiz bilan baham: |