Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
1-chizma
2-chizma. Ёшга доир пенсия, ижтимоий суғурта давлат жамғармасидан қайтарилмаслик шарти билан, моддий таъминлаш учун фуқароларга аввалги мещнат муносабати туфайли мунтазам ва бир умрга бериладиган тўловдир. Умумий асослар билан ёшга доир пенсия (қонуннинг 7-моддаси) Имтиёзли шартлар билан ёшга доир пенсия (қонуннинг 9–13- моддалари) Иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги пенсия (қонуннинг 8-моддаси) Муддатидан олдин ёшга доир пенсия (қонуннинг 14-моддаси) Ногиронлик пенсияси – фуқаро меҳнат қобилиятини тўлиқ ёки қисман йўқотгани ҳолда тайинланадиган ва мунтазам тўланадиган, қайтариб олинмайдиган тўловдан иборат Меҳнатда майибланиш (жароҳат олиш) туфайли тайинланадиган ногиронлик пенсияси Касб касаллигига дучор бўлган ҳолларда тайинланадиган ногиронлик пенсияси Умумий касаллик юз бергандаги ногиронлик пенсияси Турмушда майибланиш (жароҳат олиш) туфайли ногиронлик пенсияси тайинлаш 115 1.Fuqaro Xalilova 50 yoshga to‘lganda mehnat faoliyatini to‘xtatgan. Uning umumiy ish staji 17 yil. 58 yoshga to‘lganda pensiya tayinlashlarini so‘rab Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qildi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu fuqaroga zarur mehnat staji mavjud emasligini hamda o‘z vaqtida murojaat qilmaganligini aytib pensiya tayinlamadi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limining xatti-harakatlari qonuniymi? Zarur mehnat stajiga ega bo‘lmasa pensiya tayinlanadimi? Pensiya mazkur holatda necha yoshdan to‘lanadi? 2.Fuqaro Omonova Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat qilib, o‘zining o‘rta tibbiy xodim bo‘lganligini va 1967 yildan buyon FHDYOda mudiralik qilganligini, 1997 yilda “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlanganligini, biroq 170200 so‘m, yani kam miqdorda pensiya tayinlanganligi ustidan shikoyat qildi. Fuqaro Omonova o‘ziga “Fuqarolarning davlat pensiya taminoti to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasi, “k” bandi (O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga) tatbiq etilib, pensiya miqdori oshirilishini talab qildi. Fuqaro Omonovaning talabi o‘rinlimi? 3.Fuqaro Yangiev o‘ziga tayinlangan 2-guruh nogironlik pensiyasini to‘lash asossiz to‘xtatib qo‘yilganligi ustidan shikoyat qildi. Shikoyatni tekshirish chog‘ida Yangievga nogironlik guruhi biryilga belgilanganligini va ushbu muddat o‘tgan bo‘lsa-da, Yangiev qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelmaganligi aniqlandi.Yangievning shikoyati o‘rinlimi? Uzrli sabablarga ko‘ra qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tishga kela olmagan bo‘lsa, nogironlik pensiyasini to‘lash tartibi qanday bo‘ladi? 4.Fuqaro Oltievga umumiy kasallik bo‘yicha 2-guruh nogironlik belgilandi. Yoshi 30 da. Umumiy mehnat staji 10 yil. Hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik ish haqi 200500 so‘m. Fuqaro Oltievga tayinlanadigan pensiya miqdorini aniqlang. 5.Fuqaro Hakimov ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli P guruh nogironi bo‘lib qoldi. Yoshi 38 da. Umumiy mehnat staji 8 yil. Ijtimoiy taminot bo‘limi Hakimovga to‘liqsiz mehnat staji bo‘yicha nogironlik pensiyasini tayinladi. Fuqaro Hakimovga pensiya to‘g‘ri tayinlanganmi? Nogironlik pensiyasini tayinlashda mehnat stajining ahamiyati qanday? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling