Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Nogiron fuqarolar kommunal xizmat haqlarini to‘lashdan


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

9.Nogiron fuqarolar kommunal xizmat haqlarini to‘lashdan: 
A) * hozirda ozod qilinmaydilar
B)100 foiz ozod qilinadilar; 
S)50 foiz ozod qilinadilar; 
D)ularni ozod qilish tuman (shahar) hokimi qaroriga asosan belgilanadi 
10.Nogironlik guruhlarini olish uchun fuqarolar qaysi muassasaning 88 
shakldagi ma’lumotnomasini taqdim etadilar? 
A) * sog‘liqni saqlash muassasalari 
B)Ijtimoiy ta’minot bo‘limlari 
S)Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari; 
D)Mehnat bo‘limlari 


118 
5
- mavzu. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari. 
Reja:
1.Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari. 
2.Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olishga haqli bo‘lgan shaxslar
qaramog‘ida bo‘lish. 
1. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari. 
Davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq 
yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning moddiy 
farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod manfaatlarinint himoya qilinishini 
ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy, aqliy va manaviy jihatdan 
barkamol insonlar bo‘lib voyaga etishi uchun shart-sharoit yaratish davlatimiz olib 
borayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati negizini tashkil etadi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda 
aniq yo‘naltirilgan va tabaqalashgan yondashuvni yanada kuchaytirish, kam 
ta’minlangan oilalarni zarur moddiy yordam ko‘rsatish orqali qo‘llab-
quvvatlashni ta’minlash ijtimoiy adolat va qonuniylik
tamoiillariga rioya etilgani 
holda amalga oshirilishiga erishish -davlatimiz va jamiyatimiz oldidagi muhim 
vazifalardan sanaladi.
Turli sabablar bilan ota-onasi parvarishi va moddiy ta’minotidan mahrum 
bo‘lib qolgan etim bolalar, yolg‘iz nogironlar va qariyalar, moddiy madadga 
ehtiyojmand bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi 
ko‘rsatilad va ular moddiy ta’minotiga ko‘maklashish - davlat ijtimoiy 
siyosatining muhim jihatlaridan bo‘lib, bozor munosabatlari qaror topishi 
sharofatida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyiliga mos keladi.
Fuqarolarga tayinlanadigan va to‘lanadigan boquvchisini yo‘qotganlik 
pensmyasi davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashining ana shunday muhim 
shakllaridan sanaladi hamda aniq va manzilli ijtimoiy himoyalashga oid ijtimoiy 
siyostimiz va qonunchiligimiz real mazmunga ega ekanligini yaqqol namoyish 
etadi.


119 
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi marhum boquvchi shaxsning oldingi 
mehnat faoliyati va uning uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 
ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lab borilganligi bilan bog‘liq ravishda tayinlanadigan 
mehnat pensiyalarining bir turi sanaladi va uning tayinlanish shartlari amaldagi 
qonun hujjatlai bilan aniq belgilab qo‘yilgandir.
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida»gi qonuni 19-moddasida ko‘rsatilishicha: "Vafot etgan boquvchining 
qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik 
pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va ushbu moddaning "v" 
bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog‘ida 
turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.
Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, 
keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib 
qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan 
bo‘lsa yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib 
qolgan 
bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga 
qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada 
nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki 
er(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan 
boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini
ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish 
huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va 
ishlamasa;
g) buva va buvi-agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan 
kishilar bo‘lmasa.


120 
O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 
olish huquqiga egadirlar.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga 
etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab 
qoladilar.
O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, 
haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.
O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga 
to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va 
ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari bedarak 
yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi 
belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa, tegishli ravishda joriy qilinadi".
Oila a’zolari, agar ular marhumning to‘lig‘ bog‘uvida bo‘lgan yoki undan 
yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun
kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida 
turgan deb hisoblanadilar.
Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar 
marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining 
manbai hisoblangan bo‘lsa-boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga 
egadirlar.
Ammo marhum boquvchining farzandlariga hamda yoshidan va mehnat 
qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-
uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, ukalari, singillari 
yoki nabiralarini ular uch yoshga yetgunlariga qadar boqish (parvarishlash) bilan 
mashg‘ul bo‘lsalar, marhum bilan birga yashagan-yashamaganliklaridan qat’i 
nazar, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanaverishi nazarda tutilgan.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi fuqarolarni ijtimoiy ta’minlash, pensiya 
ta’minotini amalga oshirish shakllaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra moddiy ta’minot 
berib kelgan, turmush kechirishning asosiy manbai bo‘lib kelgan shaxsni vafot 


121 
etishi munosabati bilan uning qaramog‘ida bo‘lib kelgan shaxslarga qonun 
hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda, shartlarda va miqdorlarda ular voyaga 
etgunlariga qadar, mehnat qilish qobiliyatlari qayta tiklangunicha yoki bo‘lmasa 
tegishli hollarda butun umrga davlat ijtimoiy ta’minot mablag‘lari hisobidan tayin 
etiladigan, qaytarib olinmaydigan, haq olinmaydigan, muntazam ravishda to‘lab 
boriladigan pul to‘lovlaridan iborat.
1) Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalar, ishda olingan 
jarohatlar yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida vafot etgan 
shaxslarning qaramog‘idagilarga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik 
pensiyasi; 
2) Ishlab chiqarishdagi sabablarga ko‘ra vafot etgan shaxslarga 
tenglashtirilgan holatlarda (urush harakatlari, harbiy burchni bajarish, 
fuqarolik burchini bajarish paytlarida va hokazo) vafot etganlarning oila 
a’zolariga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari; 
3) Umumiy kasallikdan (turmushdagi jarohatlarning oqibatida) vafot 
etgan shaxslarning oila a’zolariga tayinlanadigan boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyasi kabilar o‘zaro farqlanadi.
4) Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dastlabki ikki holat tufayli vafot 
etgan marhumlarning qaramog‘ida bo‘lib kelgan mehnatga yaroqsiz oila 
a’zolariga marhum mehnat staji miqdoridan qat’iy nazar pensiya 
tayinlanaveriladi.
Uchinchi sababga ko‘ra, ya’ni umumiy kasallik (turmushdagi 
jarohatlanish) tufayli vafot etgan marhumlarning oila a’zolariga esa marhum 
boquvchi shaxs vafot etgan paytdagi yoshiga mos keluvchi muayyan hajmdagi 
mehnat stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa to‘liq miqdorda, belgilanganidan kam ish stajiga 
ega bo‘lsa - to‘liq bo‘lmagan miqdorda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 
tayinlanadi.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 21-
moddasiga muvofiq:
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot 


122 
etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga 
pensiya boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Basharti boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi 
tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, umumiy 
kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan 
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolarining oilalariga, basharti boquvchi O‘zbekiston Respublikasida 
ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi hollarda, ya’ni:
a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan 
oilalarga - boquvchisining ish stajidan qat’i nazar;
b) pensiya olmagan oilalarga - basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan 
kunga qadar tegishli stajga ega bo‘lgan (17-modda) bo‘lsa, mehnatda 
mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan 
taqdirda esa boquvchiningish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Ushbu qonunning 22-moddasiga ko‘ra esa:
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini to‘liq 
tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) boquvchisini 
yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi 
miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
Er (xotin) vafot etganligi sababli uning xotini (eri)ga tayinlangan 
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi pensiya oluvchi xotin (er) turmush 
qurgani (yangi nikohga kirgani) taqdirda ham saqlanib qolishi ko‘zda tutilgan.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling