Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Nogironlarga protez-ortopediya buyumlari
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
4. Nogironlarga protez-ortopediya buyumlari,
harakatlanish vositalari berish Nogironlarni reabiltatsiya qilish, ular o‘zlarini jamiyatning teng huquqli va to‘laqonli a’zolari deb hiss qilishlari uchunimkon yaratish shakllaridan bir - protez-ortopediya buyumlari (sun’iy organlar) hamda reabiltatsiya-texnika vositalari bilan ta’minlashdan iborat. 76 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2005 йил, 27-сон, 196-модда 213 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 27 martda 1229-son bilan ro‘yhatga olingan "O‘zbekiston Respublikasining muxtoj fuqarolarni protez-ortopediya buyumlari hamda reabiltatsiya-texnika vositalari bilan ta’minlashtartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma" 77 ga ko‘ra protez-ortopediya buyumlariga ‘xtiyojmand fuqarolar bepul (ishlab chiqarishdagi jarohat yoki kasb kasalligi tufayli nogiron bo‘lib qolganlarida ish beruvchi hisobidan) ta’minlanadilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 17 iyundagi 166-son qarori bilan tasdiqlangan "Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risida NIZOM" 78 ga ko‘ra "O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq nogironlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul berilishi kerak bo‘lgan, ammo ular o‘z hisobiga sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash tartibi nazarda tutilgan. Yo‘riqnoma protez-ortopediya buyumlari va reabiltatsiya-texnika vositalari turlarini, uni berish hamda foydalanishg tartibib va muddatlarini shuningdek, ana shunday buyumlar berilishi lozim bo‘lgan nogironlar doirasini belgilab beradi. Protez-ortopediya buyumini olish uchun nogiron shaxs qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etishi lozim. Maktab yoshidagi bolali oilalarga moddiy va boshqa yordam ko‘rsatish.Ijtimoiy yordamning bu turi avvaldan turli shakllarda (bepul tushliklar berish, o‘quv darsliklari bilan bepul ta’minlash, kiyim-kechak bilan ta’minlash va hokazo) avvaldan ham fuqarolarga ko‘rsatib kelinar edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 25 yanvardagi «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga 77 Ўзбекистон Республикас вазирликлари, давлат қўмиталари ва идораларининг меъёрий ҳужжатлари Ахборотномаси. 2003., № 5-6. 78 "Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2009 йил, 25-сон, 286-модда 214 oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinishi bilan 79 ushbu sohada yanada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Qarorga ko‘ra 2002 yil 1 sentyabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarning o‘rta umumta’lim maktablarining barcha sinflarida o‘qiyotgan o‘quvchi-bolalari bepul qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’min etilishlari belgilandi. Ushbu qarorga ko‘ra o‘rta umumta’lim maktablarining barcha sinflarida o‘qiydigan kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarning 2002 yilda 75 foizi, 2003 yil 1 sentyabrdan boshlab 100 foizi bepul darsliklar bilan ta’minlanishlari nazarda tutildi. Etim bolalar va ota-onadan qarovsiz qolgan to‘liq davlat ta’minotidagi (bolalar uylaridagi) bolalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ular umumta’lim maktablarini bitirib chiqayotganlarida kiyim-bosh, poyafzal sotib olish uchun 2002 yilda eng kam ish haqining 80 barobari, 2003 yilda esa 100 barobari mikdorida bir yo‘la NAFAQA berish nazarda tutildi. Chaqaloqlar uyidan chaqaloqlarni farzandlikka, tarbiyasiga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har bir chaqaloq uchun eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida har oylik nafaqa berish belgilab qo‘yildi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling