Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Yolg‘iz qariyalar, yolg‘iz nogironlar va ota-ona parvarishidan mahrum
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
2. Yolg‘iz qariyalar, yolg‘iz nogironlar va ota-ona parvarishidan mahrum
bo‘lgan bolalarni davlat ta’minotiga olinishining mohiyati. Yolg‘iz qariyalar, kimsasiz nogironlar, yetim bolalar haqida amalda g‘amxo‘rlik qilish ahvoliga qarab jamiyatning, uning a’zolarining, davlatning madaniy hamda ma’naviy-axloqiy saviyasiga baho beriladi va ushbu ko‘rsatkichlar insonparvarlik darajasini belgilovchi muhim mezonlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda ana shu tamoyillarga amal qilingani holda qariyalar, nogironlar, etim-esirlar haqida alohida g‘amxo‘rlik qilib kelinmoqda. 2002 yilni «Qariyalarni qadrlash yili», 2007 yilni "Ijtimoiy himoya yili", 2010 yilni barkamol avlod yili" deb e’lon qilinishi, avvalgi yillarning nogironlar, ayollar, bolalarga, qishloq ahlini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlanganligi hamda shu munosabat bilan zarur davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelinayotganligi davlatimiz va jamiyatimizda inson va uning manfaatlari oldingi o‘rinlarda turishini ko‘rsatadi. Bugungi kunda Respublikamizda ko‘plab «Saxovat uylari», «Mehribonlik uylari», «Muruvvat uylari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ularda bir necha o‘n minglab nochor fuqarolar davlat va jamiyat mehr-muruvvatidan bahramand bo‘lmoqdalar. Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, "Saxovat" va "Muruvvat" uylarida davlat ta’minotiga olish. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 30 iyulda 1648-son bilan ro‘yxatga olingan "Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, "Saxovat" va "Muruvvat" uylariga rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida QOIDALAR" 74 ga ko‘ra pensiya yoshiga etgan, alohida uyda, xonadonda, yotoqxonada yashayotgan va farzandlari 74 "Ўзбекистон Республикаси єонун іужжатлари тўплами", 2008 йил, 35-36-сон, 353-модда. 208 (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) bo‘lmagan hamda qonun hujjatlariga muvofiq homiylik belgilanmagan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va I yoki II guruh nogironlari hamda yoshidan qat’i nazar, uzluksiz davom etuvchi ruhiy xastaligi oqibatida mehnatga layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan I yoki II guruh nogironlari farzandlari (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) bo‘lishi, qonun hujjatlariga muvofiq vasiylik yoki homiylik belgilanishidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, "Saxovat" va "Muruvvat" uylariga joylashtirilishi mumkin. Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish uchun vazirlik huzurida Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, "Saxovat" va "Muruvvat" uylariga rasmiylashtirish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etiladi. "Saxovat" uyiga rasmiylashtiriladigan yolg‘iz keksa, pensioner va I va II guruh nogironining o‘zining turar manzilidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i nomiga uni "Saxovat" uyiga rasmiylashtirishni so‘rab yozgan arizasi asosida amalga oshiriladi. "Muruvvat" uylariga rasmiylashtiriladigan 14 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar uchun ota-onalari tomonidan farzandini bolalar "Muruvvat" uyiga rasmiylashtirishni so‘rab yozilgan ariza asos bo‘ladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ruhiy kasallikdan nogironlar uchun davlatning vakolatli idorasi (vasiylik yoki homiylik tayinlovchi organ) tomonidan tayinlangan homiy yoki vasiy tomonidan yozilgan ariza, nogiron tomonidan yozilgan ariza asos bo‘ladi. 18 yoshdan yuqori bo‘lgan ruhiy kasallikdan I va II guruh nogironlari uchun davlatning vakolatli idorasi (sud qarori bilan) tomonidan tayinlangan homiy yoki vasiy tomonidan yozilgan ariza, nogiron tomonidan yozilgan ariza asos bo‘ladi. Bulardan tashqari quyidagi hujjatlar ham talab etilishi lozim: a). Xomiylik yoki vasiylik to‘g‘risidagi hujjat; 209 b). Yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning pasporti (asli va pasportning fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan va uning ro‘yxatga qo‘yilganligi qayd etilgan varag‘i nusxasi), 16 yoshgacha bolalar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi asli va nusxasi, nogiron bolalar ota va onasi pasportining fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan va uning ro‘yxatga qo‘yilganligi qayd etilgan varag‘i nusxasi, pensiya guvohnomasi. v). Nogironlik haqida Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi (nogiron uchun), 16 yoshgacha bolalar uchun Tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi. g). Ambulator kartasidan yoki kasallik tarixidan ko‘chirma (albatta qon va siydik tahlili, qonning Vasserman reaksiyasi va Avstraliya antigeniga tahlili, ko‘krak qafasi flyurografiyasi, bolalar uchun og‘iz-burun bo‘shlig‘ining bakteriologik tahlili (Lyoffler surtmasi). d). Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri Tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi. e). Sil kasalliklari dispanseri xulosasi. j). Onkologik dispanser xulosasi. z). Teri-tanosil kasalliklari dispanseri xulosasi. i). Yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning 2 ta fotosurati (6x4 hajmda). k). Turar joyidan ma’lumotnoma. l). Texnik inventarizatsiyalash byurosi (BTI) tomonidan yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning uy-joyi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (14 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar bundan mustasno). m). Yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning pensiyasi (nafaqasi) to‘g‘risida ma’lumotnoma. n). Yolg‘iz keksa, pensioner yoki nogironning moddiy-maishiy ahvoli to‘g‘risidagi dalolatnoma (mazkur Qoidalarning 3-ilovasi). o) "Saxovat" uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolg‘izligini tasdiqlovchi turar manzilidagi mahalla fuqarolar yig‘ini komissiyasi dalolatnomasi. p). "Saxovat" uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolg‘izligini tasdiqlovchi turar manzilidagi mahalla fuqarolar yig‘ini komissiyasi yig‘ilishi 210 dalolatnomasi asosida tuman (shahar) hokimi tavsiya xati yoki yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning yolg‘izlar ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi qarori. Ota - ona parvarishi va ta’minotidan maxrum bo‘lib qolgan voyaga etmagan bolalarni, yolg‘iz keksalar, yolg‘iz nogironlarni Mehribonlik, Sahovat va Muruvvat uylarida moddiy ta’minlash, ularga ijtimoiy hizmatlar ko‘rsatish normalari va tartiblari ushbu muassasalar haqida tasdiqlangan Nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling