Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Nazorat savollari

1. Nafaqa tushunchasiga tarif bering. 
2. Nafaqalarning qanday turlari mavjud ? 
3. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalari haqida so‘zlang. 
4. Ijtimoiy nafaqalarning qanday turlari bor ? 
5. Nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi qanday ? 
6. Fuqarolar yig‘ini tomonidan tayinlanadigan nafaqalar haqida 
so‘zlab bering. 
Tayanch so‘z va iboralar 
Nafaqa. Nafaqaga bo‘lgan huquq. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalari. 
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlsh nafaqasi. Ijtimoiy nafaqalar. Ijtimoiy nafaqa 
olishga haqli shaxslar. Ijtimoiy nafaqalarni tayinlovchi va to‘lovchi organlar. 
Glossariylar.
 
Nafaqa- ijtimoiy ta’minot huquqiga oid kategoriya sifatida fuqarolarga yoki 
oilaga davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari, davlat byudjeti hamda boshqa 
maxsus manbalardan pul shaklida, muntazam ravishda yoki bir marta 
ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamdan iborat bo‘lib, pensiyalardan farq qiladi va 
odatda yordamchi xususiyatga ega bo‘ladi hamda fuqaro turmush kechirishning 
asosiy manbai bo‘lib hisoblanmaydi. Pensiyalarga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar 
- pul shaklida berilishi, qaytarib olinmaslik sharti bilan va tekinga berilishi 
kabilar nafaqalarga ham xosdir.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik paytida beriladigan nafaqa turli 
sabablar bilan (kasalligi, yosh bolalar yoki boshqa bemor oila a’zolarini 
parvarishlash va boshqalar) tufayli io‘lash va ish haqi olish imkoniyatidan maxrum 
bo‘lib qolgan xodimlar va ularning oila a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlashning 
muhim shakli sanaladi. 
Ishlayotgan ayollarga 70 kalendar kundan iborat homiladorlik ta’tili va 


202 
bola tug‘ilgach 56 kalendar kun (egizak bola tug‘ilsa yoki tug‘ish og‘ir kechgan 
hollarda 70 kalendar kun) miqdorida homiladorlik va tug‘ish taxtili beriladi. 
Ushbu ta’til davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanib qolinadi hamda ularga 
ushbu davr uchun davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobdan nafaqa beriladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling