Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Yosh bo‘yicha nafaqasi. Yosh bo‘yicha nafaqa ish stajiga ega bo‘lmagan 
yoki yoshga doyir pensiya tayinlash uchun 5 yildan kam, pensiya tayinlash uchun 
etarli ish stajiga ega bo‘lmagan, va Oila kodeksiga ko‘ra ularni boqishga majbur 
bo‘lgan yaqin qarindoshlari bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi:
- erkaklarga - 65 yoshga etganlarida
- ayollarga - 60 yoshga etganlarida. 
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman 
bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan tekshiriv natijalariga ko‘ra nafaqa so‘rab 
murojaat etgan shaxs qarindoshlarining moddiy nochorligi aniqlangan hollarda 
nafaqa o‘zlarining keksa qarindoshlariga moddiy yordam ko‘rsata olmaydigan 
qarindoshlar bor bo‘lgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin.


194 
Haq to‘lanadigan ish bajara oladigan yoki boshqa darmad manbaiga ega 
bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlanmaydi.
Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan maxalla fuqarolar yig‘ini 
bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirish natijalari nafaqa tayinlash yoki uni rad 
etish uchun asos bo‘ladi.
Qarilik nafaqasining miqdori qat’iy summada belgilanadi va hayot darajasiga 
mutanosib tarzda indekskatsiya qilib boriladi.
Nogironlik nafaqasi. Nogironlik bo‘yicha nafaqa nogironlik sodir bo‘lgan 
hollarda, ya’ni mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda, faqat 
birinchi va ikkinchi guruh nogironlarga tayinlanadi va to‘lanadi.
Fuqarolarning mehnat qobiliyatlarini yo‘qotganlik darajasini aniqlash 
uchun tibbiy tekshirishni faqat tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) 
ular haqidagi Nizom asosida shahar yoki tuman byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasi yo‘llanmasi bo‘yicha amalga oshiradilar.
Ishlab turgan yoki yashashning boshqa manbalariga ega bo‘lgan I va II guruh 
nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling