Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli)
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa
5. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli)
Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Ish haqiga koeffitsient qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda 175 beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi. Bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi. Ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganda nafaqa Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan bo‘shab, Shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi. 6. Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 230-moddasiga ko‘ra: «Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan hamda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi». Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 84-bandiga ko‘ra esa "Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan bir kunlik ish haqi miqdorida haq to‘lagan holda oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni beriladi. Nogiron bolani tarbiyalayotgan ishlayotgan ota-onaning biri (vasiy, xomiyning) bu haqda bergan arizasi hamda nogiron bolani tarbiyalayotganligini tasdiqlovchi hujjat asosida ish beruvchi bu haqda buyruq chiqaradi hamda har oyning qaysi aniq sanasida bir kun qo‘shimcha dam olish kuni berilishi masalasi ushbu huquqdan foydalanayotgan ota yoki ona (homiy, vasiy) bilan kelishib belgilanadi. 176 Nogiron bolalarni tug‘ruq bo‘limlari (chaqaloqlar, bolalar uylari)dan farzandlikka olgan shaxslarga ham ushbu nafaqa tayinlanaveradi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling