Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Bir yilgacha stajda «dekret puli» miqdori – 75 foiz. O‘zbekiston Respublikasi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

 
Bir yilgacha stajda «dekret puli» miqdori – 75 foiz. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son qaroriga ishlangan davrga bog‘liq 
holda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar miqdoriga taalluqli o‘zgartirishlar 
kiritildi. Tuzatishlar Prezidentning 4.04.2018 yildagi PF–5398-son Farmoni bilan 
kiritilgan va 5.04.2018 yilda kuchga kirdi, deb yozmoqda Norma.


173 
Eslatib o‘tamiz. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdori ayol ishga qabul 
qilingan kundan boshlab amalda ishlangan vaqtiga qarab tabaqalashtirilgan: 
• 6 oygacha – o‘rtacha oylik ish haqining 50%i; 
• 6 oydandan 12 oygacha – 75%i; 
• 12 oydan ortiq – 100%i. 
Endi esa 6 oygacha bo‘lgan ish stajida nafaqalarni to‘lash tartibi bekor 
qilindi va ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oydan kam ish staji bo‘lganda 
nafaqaning yagona miqdori belgilandi – 75%. Ya’ni, agar ayol, olaylik, atigi 5 oy 
ishlab «dekret ta’tili»ga chiqqan bo‘lsa, uning nafaqasi miqdori ilgarigidek 50% 
emas, balki 75%ni tashkil etadi.
Endilikda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha 
nafaqa vaqtida to‘lanadi, deya xabar qildi Moliya vazirligi. Yangi mexanizm 
aprel oyidan ishga tushiriladi.
(TOSHKENT, 28 fev 
— 
Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha 
nafaqa(dekret puli) to‘lash taomilini soddalashtirdi. Zarur hujjatlar ro‘yxati 
qisqartirildi, axborot texnologiyalari joriy etildi. Yangi mexanizm 2018 yil 1 
apreldan to‘laqonli ishlay boshlaydi, deya xabar beriladi Moliya vazirligi matbuot-
xizmati). 
Xodim ishdan bo‘shatilishining noto‘g‘riligi haqida nizo ketayotgan davrda 
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa u ishga
qayta tiklangan 
taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ni ayolni ishga 
qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqqandan so‘ng, nafaqa to‘lanmagan barcha 
mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun to‘lanadi. 
Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura, 
aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda 
ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug‘ish 
bo‘yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga 
kelishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. 
Ishni vaqtinchalik to‘xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv 
yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til davrida 


174 
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilgan holda, nafaqa ko‘rsatilgan davr 
tugagandan keyin ayol chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun 
ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa 
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash 
bo‘yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til 
boshlanishidan oldinga 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‘rtacha oylik 
summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik 
varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif stavkasi joylarda belgilangan tuman 
koeffitsienti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.
Ish haqi to‘lash to‘xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol 
ishlamagan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til uchun mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to‘lanmaydi. Agar homiladorlik va 
tug‘ish bo‘yicha ta’til ishga qo‘yilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, 
nafaqa u ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida 
beriladi.
Bu xizmatlarni ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017 yil 12 dekabrdagi PQ-3430-son qaroriga 
muofiq “Davlat xizmat markazlari” tomonidan ko‘rsatiladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling