Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
-mavzu. Nafaqalar va ularni tayinlash
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nafaqalar tushunchasi, ularning umumiy tasnifi va ijtimoiy ta’minot huquqida tutgan o‘rni.
7-mavzu. Nafaqalar va ularni tayinlash.
1. Nafaqalar tushunchasi, ularning umumiy tasnifi va ijtimoiy ta’minot huquqida tutgan o‘rni. 2. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash. 3 .Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 4. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa 5. Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli) 6. Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa 7. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa 8. Byudjet hisobidan to‘lanadigan ijtimoiy ta’minot va ularning turlari 1. Nafaqalar tushunchasi, ularning umumiy tasnifi va ijtimoiy ta’minot huquqida tutgan o‘rni. Bozor munosabatlari qaror topishi sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minoti shakllaridan biri - fuqarolarga tayinlanadigan va to‘lanadigan nafaqalardan iborat bo‘lib, ular o‘zining miqyosi va keng qamrovliligi jihatdan pensiyalardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va aholining muayyan nochor tabaqalariga aniq yo‘naltirilganligi, odatda ehtiyojmandlarga tayinlanishi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Qanchalik qiyin bo‘lmasin, davlat va jamiyat pensionerlar, serfarzand oilalar, talabalar hamda aholining kuchli ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan boshqa tabaqalari xususida g‘amxo‘rlik qilishni bir daqiqa bo‘lsa ham unutgani yo‘q» 64 . Nafaqa ijtimoiy ta’minot huquqiga oid kategoriya sifatida fuqarolarga yoki oilaga davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari, davlat byudjeti hamda boshqa maxsus manbalardan pul shaklida, muntazam ravishda yoki bir marta ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamdan iborat bo‘lib, pensiyalardan farq qiladi va odatda yordamchi xususiyatga ega bo‘ladi hamda fuqaro turmush kechirishning 64 Қаранг: Ислом Каримов. «Ҳозирги босқичда демократик ислоқоҳларни чуқурлаштиришнинг муқим вазифалари». “Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби». 5-том, Т., «Ўзбекистон», 1997 йил, -Б. 113. 161 asosiy manbai bo‘lib hisoblanmaydi. Pensiyalarga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar - pul shaklida berilishi, qaytarib olinmaslik sharti bilan va tekinga berilishi kabilar nafaqalarga ham xosdir. Pensiyalardan farqli o‘laroq, nafaqa vaqtinchalik xususiyatga ega, turmush darajasini ta’minlashning qo‘shimcha manbai bo‘lib sanaladi va tayinlanishida nafaqa oluvchining avvalgi mehnat faoliyati va mehnat staji har doim ham unchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi. To‘lanish manbalariga ko‘ra nafaqalar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan) to‘lanadigan ; 2. Davlat byudjet mablag‘laridan to‘lanadigan ; 3. Boshqa manbalardan to‘lanadigan nafaqalarga bo‘linadi. Davriyligiga ko‘ra: 1) Muntazam tarzda uzoq muddat davomida to‘lanadigan ; 2) Muayyan muddat davomida to‘lanadigan ; 3) Bir marta to‘lanadigan nafaqalarga bo‘linadi. Nafaqani oluvchilar toifasiga ko‘ra: 1) Fuqarolarga tayinlanadigan; 2) Oilaga yaxlit ko‘rinishda tayinlanadigan nafaqalar mavjud. Bulardan tashqari, nafaqa: 1) korxona va tashkilotlarning xodimlariga to‘lanadigan; 2) bolalarga to‘lanadigan; 3) nogironlarga to‘lanadigan; 4) yolg‘iz qariyalarga to‘lanadigan va boshqa turdagi bo‘lishi mumkin. Nafaqalarning turlarini, ularni tayinlash va to‘lashga oid qonunchilik qoidalarini bilish bu sohada qonuniylikn ta’minlanishi, ijtimoiy adolat qaror toptirilishida katta ahamiyatga ega. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling