Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining miqdori
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
6. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining miqdori
O‘zbekistonni himoya qilish paytida va boshqa harbiy harakatlar paytidagi yaralanish, kontuziya yoki jarohatlardan vafot etgan harbiy xizmatchilar (Ichki ishlar vazirligi Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa harbiy organlarning xodimlari)ning pensiya olishga haqli bo‘lgan mehnatga yaroqsiz har bir oila a’zosiga marhum harbiy xizmatchi oylik maoshining 40 foizi miqdorida pensiya tayinlanadi. xarbiy xizmat va harbiy burchni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli vafot etgan harbiy xizmatchilarning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga yaroqsiz oila a’zolarining har biriga marhum harbiy xizmatchi oylik maoshining 30 foizi miqdorida pensiya tayinlanadi. xarbiy xizmatchi oila a’zolariga tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining eng kam miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan (harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 40-moddasi). xarbiy xizmatchi oila a’zolariga yagona pensiya tayinlanadi va har bir oila a’zosi talabi bilan umumiy boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasidan tegishli hissa ajratib berilishi mumkin. xarbiy xizmatchilarga va ularning oila a’zolariga pensiyalar tayinlash tartibi, muddatlari hamda pensiyalarning to‘lanish tartiblari «Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunda (qonunning VI (51-54-moddalari) va VII (55-63-moddalari) bo‘limlarida hamda tegishli harbiy idora (Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqalar) tomonidan qabul qilinadigan idoraviy 155 me’yoriy hujjatlar bilan 63 tartibga solinadi. Xarbiy xizmatchi yoki uning oila a’zolari harbiy xizmat pensiyasi o‘rniga o‘z xohishlari bilan umumiy (fuqarolik) pensiyalarini olishga ham haqli bo‘ladilar. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Pensiya tayinlashni so‘rab qachon murojaat qilish mumkin ? 2. Pensiya tayinlash xaqidagi arizaga qaysi hujjatlar ilova qilinadi ? 3. Pensiyalar qaysi davlat organi tomonidan tayinlanadi ? 4. Ishlayotgan xodimlar uchun pensiya tayinlash haqidagi hujjatlar kim tomonidan taqdim qilinadi ? 5. Pensiya tayinlashga oid hujjatlar qansa muddat ichida ko‘rib chiqilishi lozim ? 6. Harbiy xizmatchiga yoki uning oila a’zolariga pensiya kim tomonidan tayinlanadi ? 7. Pensiya tayinlash chog‘ida o‘rtacha oylik ish xaqi qanday xisoblanadi ? 8. Ishni to‘xtatgan shaxslarga va yakka tadbirkor fuqarolarga pensiya qanday tayinlanadi ? 9. Tayinlangan pensiyalarni to‘lash tartibi qanday ? 10.Ishni davom ettirayotgan pensionerlarga pensiya tayinlash qanday tartibda amalga oshiriladi ? 11 Pensiyalardan chegirma qilish qanday tartibda amalga oshirilishi mumkin ? Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling