Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
4. Pensiyalarni to‘lash
Tayinlangan pensiyalarni to‘lash tartibi "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunda belgilab berilgan. Shuningdek, i shlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy ta’minot bo‘limlari to‘laydi. Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan, lekin uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi uch yildan oshmagan davr uchun to‘lanadi. Pensiyani tayinlovchi yoki to‘lovchi organning aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolgan pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi. Nogironlik pensiyasini oluvchi shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tish uchun TMEKga bormagan hollarda unga pensiya to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi. Keyinchalik uni yana nogiron deb tan olingan taqdirda to‘xtatib qo‘yilgan kundan, lekin ko‘pi bilan o‘tgan bir oydan boshlab pensiya to‘lash davom ettiriladi. 146 Qayta ko‘rikdan o‘tish muddati uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilganda, agar TMEK uni ana shu davrda nogiron bo‘lgan deb topsa, pensiya to‘lash to‘lov to‘xtatib qo‘yilgan kundan boshlab to qayta ko‘rikdan o‘tish kunigacha, lekin ko‘pi bilan o‘tgan uch yil uchun davom ettiriladi. Bunda nogiron qayta ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi. Umumiy kasallik oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan nogironga mehnat qobiliyati tiklanganligi sababli pensiya to‘lash to‘xtatilgan yoki uzrsiz sabablarga ko‘ra qayta ko‘rikdan o‘tishga kelmaganligi oqibatida to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, uni yana nogiron deb tan olingan taqdirda, agar pensiyani to‘lash to‘xtatilganidan keyin besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan kundan boshlab davom ettiriladi. Agar besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya yana umumiy asoslarda tayinlanadi. Chin etim (otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan) bolalarga ular to‘liq davlat ta’minotida turgan davrida pensiya eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi. Ota-onasining biridan ajralgan va to‘liq davlat ta’minotida turgan bolalarga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi. Shu davrdagi to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya puli bolaning nomiga jamg‘arma bankida ochilgan omonatga o‘tkazib qo‘yiladi. Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi. Ota-onasi, eri (xotini), shuningdek pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turgan oila a’zolari bu pulni, ular boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmaganlari taqdirida ham olish huquqiga ega bo‘ladilar. Pensiya va nafaqa faqat pensionerning yoki nafaqa oluvchining yashash joyida (ro‘yxatdan o‘tgan erda) to‘lanadi. Shu sababli topshiriqnoma va ro‘yxat 147 pensiya yoki nafaqa oluvchining yashash joyidagi aloqa bog‘lamasi (pochtamt) uchun haqiqiy hisoblanadi. Pensiya va nafaqalarni to‘lash to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilgan qat’i belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Oylik to‘lash muddati pensionerga birinchi to‘lash paytida ma’lum qilinadi. Pensiya va nafaqalarni to‘lash muddati dam olish kuniga yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelganda respublika banki bilan kelishib, joriy oy davomida belgilangan to‘lash muddatidan uch kun oldin amalga oshiriladi. Pensiya birinchi marta to‘langanda pensiya oluvchi tomonidan topshiriqnoma pasporti asosida to‘lg‘iziladi, pensiya puli miqdorini, pensiya olingan kunni ko‘rsatib, imzo chekadi. pasport ma’lumotlri pochta xodimi tomonidan tekshirib ko‘riladi. 148 Agar pensiya yoki nafaqa pulini oluvchi imzo qo‘ya olmasa (savodsiz, salomatlik holati bo‘yicha), u boshqa kishini yoki qarindoshini chaqirishi kerak (ijtimoiy ta’minot va aloqa bog‘lamasi xodimlaridan tashqari). U pul olishga qo‘l qo‘yadi va o‘z pasportining raqami, seriyasi, kim tomondan va qachon berilganligini ko‘rsatadi. Pochtachi bu ma’lumotlarni ko‘rsatilgan hujjat bilan solishtirib tekshiradi. Pensioner, nafaqa oluvchi pensiya, nafaqa olish vakolatini boshqa kishiga ishonch qog‘ozi orqali berishi mumkin (8-ilova), bunda ishonchnoma notarial tartibda yoki oluvchi yashaydigan joydagi mahalla, qishloq (posyolka), ovul fuqarolari yig‘inida yoki ishonchnomani bergan pensioner davolanayotgan davolash muassasalari tomonidan tasdiqlanishi kerak. Pensiya va nafaqani ijtimoiy ta’minot va pochta aloqasi xodimlariga ishonchnoma bo‘yicha to‘lash qat’iyan ta’qiqlanadi. Chet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldinroq tayinlangan pensiyalar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga chiqib ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi holatga ko‘ra pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oyligi oldindan to‘lanadi. Bu fuqarolarning chet elda bo‘lgan vaqti uchun, agar davlatlararo bitimlarda (shartnomalarda) o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalargina to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 iyundagi qarori bilan «Mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa mamlakatlarga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan. Pensiyalar to‘lash sohasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi a’zosi bo‘lgan davlatlar o‘rtasida 1992 yil 13 martada o‘zaro bitim tuzilgan bo‘lib, bitim asosida bu sohadagi o‘zaro hamkorlik tartibga solinadi. Pensiyalar va ular qo‘shib beriladigan ustama haqlardan soliq olinmasligi belgilangan. Pensioner ishdan bo‘shatilgani taqdirda korxona yoki muassasa pensiya to‘lashni to‘xtatadi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 149 penioner yashash joyidagi bo‘limiga qaysi davrga qadar pensiya to‘langanini ko‘rsatib, habar yuboradi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy havfsizdik vazirligida hisobda turgan pensionerlarga pensiyalar ular amalda doimiy yashab turgan erlarida xalq banki muassasalari orqali to‘lanadi. Mehnat shartnomasi asosida kalendar yil davomida ikki oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida ishlaganlari taqdirda pensiya to‘la hajmda to‘lanadi. Pensioner to‘liq yoki to‘liqsiz ish vqaqti rejimida ishlashidan qat’iy nazar bir kalendar yilda ikki oydan ko‘p muddat ishlagani taqdirda tayinlangan pensiyaning 50 foyizi to‘lanadi. Xozirda esa O‘zbekiston Renspublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PF-5597 Farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvardan barcha ishlovchilarga pensi 100 foiz to‘lanadi. Korxona va tashkilotlarning raxbarlari pensionerlarni ishga qabul qilganlari taqdirda 5 kunlik muddat ichida bu haqda pensioner yashab turgan erdagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limiga xabar berishga majburdirlar. Pensioner ishga kirgani yoki xususiy tadbirkorlik bilan Shug‘ullana boshlagani haqida Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limini xabardor qilishi loim va aks xolda undan ortiqcha to‘langan pensiya pullari qaytarib undirib olinadi. o‘rindoshlik bilan ishovchi pensionerlarga pensiya asosiy ish joyidan to‘lanadi. O‘zi uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi shaxslar ishga kirgan hollarda pensiya 50 foiz miqdorida ish joyidan to‘lanar edi. Boshqa oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi ishlovchi fuqarolarga (vasiylarga) pensiya ularning yashash joyidan to‘liq miqdorda to‘lanadi. Xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi pensionerlarga, shuningdek, dehqon (fermer) xo‘jaligida ishlovchilarga pensiya ularning yashash joyidagi ijtimoiy ta’minot idoralari tomonidan 50 foiz miqdorida to‘lanar edi. Xozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi, 2019 yilning 1 yanvardan «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi 150 samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5597-sonli Farmoniga asosan: -“Pensionerlarni ijtimoiy jihatdan yanada qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy- siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ularning salohiyati, tajribasi va bilimini to‘laqonli jalb qilish, pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda xalqaro tamoyil va standartlarni joriy etish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi”. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling