Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Pensiyalarni hisoblab chiqarish


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

3. Pensiyalarni hisoblab chiqarish
Pensiyalar miqdorini hisoblab chiqarish paytida ish haqi miqdori va mehnat 
staji hajmi muhim o‘rin tutadi.«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida»gi qonunning 25-moddasiga ko‘ra pensiyalarning qat’iy miqdori uch 
tarkibiy qism:
a) pensiyaning tayanch miqdori;
b) ish staji uchun pensiyaning oshirilishi;
v) pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan tashkil topadi.
Ushbu uch tarkibiy qismning aniqlanishi turli pensiya turlarida bir muncha 
61
Қаранг.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 12 декабрдаги, 2019 йил 1 январдан 
“Фуқароларнинг пенсия таъминоти тизими самарадорлигини ошириш ва пенсионерларни ижтимоий қўллаб 
қувватлашни кучайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПФ-5597-сонли Фармони. 
62
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2005 йилнинг 1 майидан бошлаб иш ҳақи,пенсиялар, 
типендиялар ва ижтимоий нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги ПФ-3596-сонли Фармони. 
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2005 йил, 15-16-сон, 110-модда



142 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, ularni hisoblab chiqarilishida ular asos 
qilib olinadi.
Pensiyaning tayanch miqdori. a) yoshga doir to‘liq pensiya uchun-pensiyani 
hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish 
haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 100 
foizi miqdorida;
b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun-pensiyani 
hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, 
lekin eng kam oylik ish haqining kamida 100 foizi miqdorida;
v) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyasi uchun-pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan 
o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining 
kamida 50 foizi miqdorida;
g) ota-onasidan judo bo‘lgan (chin etim) bolalarga yoki vafot etgan yolg‘iz 
onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 
uchun-pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish 
haqining 30 foizi, lekin eng kam oylik ish haqining kamida 100 foizi 
miqdorida.
Ish staji uchun pensiyaning oshirilishi. To‘liq pensiya tayinlashda talab 
etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyalarning tayanch 
miqdorlari quyidagicha oshiriladi:
a) yoshga doir pensiyalar-pensiyani hisoblab chiqarish uchun (31 va 33-
moddalar) olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari-pensiyani hisoblab 
chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;
g) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning mehnatga 
qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun-boquvchining o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi 
miqdorida oshiriladi.
Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin etim) bolalarga 
tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish 


143 
haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining sakkiz 
hissa miqdori doirasida amalga oshiriladi.
Yoshga doir pensiyalarning va I hamda II guruh nogironlariga belgilanadigan 
nogironlik pensiyalarining miqdori-pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan 
ish haqining 75 foizidan;
Pensiya miqdorini hisoblashdagi uchinchi tarkibiy qism - pensiyalarga 
qo‘shiladigan ustama haqlardir.
hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda 
belgilanadi:
a) I guruh urush nogironlariga-eng kam oylik ish haqining 150 foizi;
b) II guruh urush nogironlariga-eng kam oylik ish haqining 125 foizi;
v) ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironlariga-eng kam oylik ish 
haqining 100 foizi;
g) I guruh nogironlariga-eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
d) II guruh yolg‘iz nogironlariga-eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
e) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga-eng kam 
oylik ish haqining 50 foizi;
j) Ulug‘ Vatan urushi yillarida mamlakat ichkarisida ishlagan va 
harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga-eng kam oylik ish haqining-30 
foizi;
z) vafoti harbiy xizmat burchlarini bajarish bilan bog‘liq harbiy 
xizmatchilarning ota-onalari va xotinlariga (yangi nikohdan o‘tmaganlarga)- 
eng kam oylik ish haqining 30 foizi;
i) O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga-
xizmatlariga qarab-eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150 foizigacha;
l) yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan 
artistlarga-eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va 
musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining 
professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi 


144 
belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra-eng kam oylik ish haqining-50 foizi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar bor stajga mutanosib 
miqdorda tayinlanadi.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalar:
yoshga doir pensiyalar uchun-eng kam oylik ish haqining 50 foizidan;
I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun-eng kam oylik ish 
haqining 100 foizidan;
II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun-eng kam oylik ish 
haqining 50 foizidan;
oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosiga boquvchisini yo‘qotganlik 
pensiyasi uchun-eng kam oylik ish haqining 50 foizidan;
ham otasi, ham onasidan judo bo‘lgan (chin etim) har bir bolaga boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyasi uchun-eng kam oylik ish haqining 100 foizidan kam 
bo‘lmasligi lozim.
Ustama haqlar tayinlanayotgan pensiyaning turidan qat’i nazar qo‘shib 
hisoblanadi.
Pensiya so‘rab murojaat etgan kishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
ustama haq bilan bir paytda O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari 
bo‘lgan shaxslarga-xizmatlariga qarab-eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 
150 foizigacha ko‘rsatilgan ustama haq qo‘shib hisoblanishi mumkin.(ikkita 
ustama haq berilishi mumkin).
Tayinlangan pensiyalar keyinchalik qayta hisoblanishi mumkin. Pensiyani 
qayta hisoblashga asos bo‘ladigan ana Shunday holatlar «Fuqarolarning davlat 
pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 49-moddasida ko‘rsatib qo‘yilgan 
bo‘lib, ular quyidagi hollarda qayta hisoblanadi:
pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya 
tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) 
qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
nogironlik guruhi o‘zgarganda;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni 


145 
o‘zgarganda;
eng kam oylik ish haqi miqdorlari o‘zgargan takdirda;
mintaqaviy koeffitsient belgilangan (bekor qilingan) yoki uning miqdori 
o‘zgargan taqdirda;
daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana Shunday huquq paydo 
bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Pensiyani oshirish huquqi paydo bo‘lganida tayinlangan pensiyani qayta 
hisoblash pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi 
oyning birinchi kunidan amalga oshiriladi.
Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab bo‘ladigan holatlar vujudga kelgan 
taqdirda qayta hisoblash ana shu holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning 
birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling