Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Fuqarolarga beriladigan boshqa turdagi nafaqalar
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
Fuqarolarga beriladigan boshqa turdagi nafaqalar
Fuqarolarga qonun hujjatlariga ko‘ra boshqa bir qator nafaqalarning ham to‘lanishi nazarda tutilgan. Ular ijtimoiy ta’minot huquqi mavzusi doirasiga kirmasa-da, ammo aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilishning, muayyan voqea- hodisalar bilan bog‘liq tarzda yuz bergan noqulay sharoitlarda ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning muhim shakllaridan hisoblanadi va ushbu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur nafaqa turlarini ham qisqacha ko‘rib o‘tish, ularga umumiy tarzda bo‘lsa-da, ham tavsiyalab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) Ishsizlik nafaqasi; 2) Ishdan bo‘shash paytida beriladigan nafaqa; 3) Yosh oilalarga beriladigan moddiy yordam; 4) Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalar tufayli halok bo‘lgan yoki sog‘lig‘iga shikast etganda bir yo‘la beriladigan . Ishsizlik nafaqasi. O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 maydagi «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunining 29-moddasiga ko‘ra tuman (shahar) mehnat bo‘limlari tomonidan belgilangan tartibda ishsiz shaxs deb e’tirof etilgan fuqarolarga ishsizlik Nafaqasi tayinlanadi. Nafaqaning miqdori va to‘lanishininng eng uzoq muddati ham «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Avval ishlagan, ishidan va ish haqi (mehnat daromadi)dan mahrum bo‘lgan shaxslarga ular ishlagan davridagi ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan hamda nafaqa ni hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi tayinlanadi. 200 xarbiy xizmatdan, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmatidan, boshqa harbiy organlardagi harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar avval ishlagan bo‘lsalar, ish haqlarining 50 foizi miqdorida, avval ishlamagan shaxslarga ishsizlik nafaqasi eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida tayinlanadi. Birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga eng kam oylik ish haqining 75 foizi miqdorida ishsizlik nafaqasi tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga bir kalendar yil davomida 13 haftagacha, avval ishlagan shaxslarga esa yil davomida 26 haftagacha bo‘lgan muddat davomida to‘lanishi mumkin. Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartiblari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 23 noyabrda ro‘yxatga olingan «Ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklaShuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘laridan ajratiladigan moddiy yordam ko‘rsatish tartibi, miqdori va shartlari to‘g‘risida»gi nizomda ko‘rsatib qo‘yilgan. Ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga beriladigan nafaqa. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra muayyan sabablar bilan ishdan bo‘shatilayotgan shaxslarga ishdan bo‘shatilayotganlarida bunday berilishi belgilangan. Mehnat kodeksining 89-moddasi 4-qismiga ko‘ra xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashdan bosh tortganligi tufayli, 100-modda 2-qismining 1 (shtatlar qisqarishi, korxonaning tugatilishi), 2 (xodim egallab turgan vazifa ishga noloyiq bo‘lib qolishi) 5 (o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan shaxs boshqa doimiy xodim ishga qabul qilinishi tufayli ishdan bo‘shatilishi), 6 (korxona mulkdori almashganligi tufayli korxona rahbari, o‘rinbosarlari, bosh buxgalterining ishdan bo‘shatilishi)-bandlari bilan ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan shaxslarga Mehnat kodeksining 109-moddasiga binoan o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ishdan bo‘shatish Nafaqasi beriladi. Yosh oilalarga beriladigan moddiy yordam. O‘zbekiston Respublikasi 201 Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 7 mayda davlat ro‘yxatiga olingan «Moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan yosh oilalarga ko‘rsatiladigan mablag‘larni tashkil toptirish va sarflash tartibi to‘g‘risida»gi nizom asosida ko‘rsatiladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling