Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Bolalikdan nogironlar (nogiron bolalar)ga nafaqalar tayinlash


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Bolalikdan nogironlar (nogiron bolalar)ga nafaqalar tayinlash. 
Bolalikdan nogironlarga nafaqa tayinlash va to‘lash Vazirlar 
Mahkamasining 2011 yil 14 apreldagi 107-sonli ""Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston 
Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 
haqida"gi O’zbekistorn Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida" qarori bilan nazarda 
tutilgan
72
.
Har oylik nafaqalarni olish huquqiga Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari 
(TMEK) tomonidan bolalikdan I yoki II guruh nogironlari deb tan olingan ish 
stajiga ega bo‘lmagan 16 yoshdan katta bo‘lgan shaxslar, shuningdek, Tibbiy 
maslahat komissiyasining xulosasiga ko‘ra nogiron deb topilgan 16 yoshgacha 
bo‘lgan nogiron bolalar nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy ma’lumotlar
73
72
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2011., 14-сон, 142-модда.
73
Қаранг: “16 ёшгача бўлган болаларни ногирон деб топиш ҳаєида тиббий хулоса бериш тартиби 
тўғрисидаги Низом”. "Ўзбекистон Республикаси қонун жатлари тўплами", 2009 йил, 38-сон, 419-модда.


197 
mavjud bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar
Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza bolalikdan I yoki II guruh nogironi 
bo‘lgan tomonidan yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga 
beriladi.
Mehnatga layoqatsiz deb topilgan I yoki II guruh bolalikdan nogironga, 
shuningdek nogiron bolaga nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza ota-onalardan 
biri, vasiy tomonidan yashash joyi bo‘yicha beriladi.
Vasiy ariza bilan murojaat qilgan hollarda vasiylik organining vasiy qilib 
tayinlash to‘g‘risidagi qarorining bir nusxasi ilova qilinadi.
Ijtimoiy ta’minot bo‘limi I yoki II guruh bolalikdan nogironning arizasiga 
ular tomonidan tibbiy Mehnat-ekspert komissiyasidan olingan tekshirish 
dalolatnomasidan ko‘chirmani ilova qiladi.
Nogiron bolaga nafaqa tayinlash chog‘ida sog‘liqni saqlash muassasalari 
tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa taqdim etiladi.
Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qabul qilib olingan kun nafaqa 
tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi.
Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda qanday hujjatlarni 
qo‘shimcha ravishda taqdim etish kerakligi ariza beruvchiga ma’lum qilinadi. Agar 
bu hujjatlar qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi to‘g‘risida bildirish 
olingan kundan boshlab 3 oydan kechikmay taqdim etilsa, nafaqa tayinlash 
to‘g‘risida ariza qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat 
qilingan kun deb hisoblanadi.
Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda taqdim etilgandan keyin 10 
kundan kechikmay ko‘rib chiqiladi.
Nafaqa murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
I va II guruh bolalikdan nogironlarga nafaqa nogironlikning butun davriga 
tayinlanadi. Nogiron bolalarga nafaqa tibbiy xulosada belgilangan muddatga 
tayinlanadi.
Nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogironning, yoxud nafaqa tayinlangan 
nogiron bolalarning ota-onalari yashaydigan joy bo‘yicha tuman (shahar) ijtimoiy 


198 
ta’minot bo‘limi tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi. Vasiylarga nafaqa ularning 
yashash joylari bo‘yicha to‘lanadi.
Nafaqalarni to‘lash har oyda ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan 
belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa to‘lanadigan oydan keyingi oyning 5-
kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Ishonchnoma bo‘yicha nafaqa davlat pensiyalarini ishonchnoma bo‘yicha 
to‘lash uchun belgilangan tartibda to‘lanadi.
I yoki II guruh bolalikdan nogiron yoxud nogiron bola tomonidan 
nogironlikni qayta tekshirishdan o‘tkazish muddati kechiktirib yuborilganda 
nafaqa nogironlarga davlat pensiyalari tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda 
amalga oshiriladi
Nafaqa to‘lash to‘xtatilishi yoki qayta tiklanishiga olib kelgan boshqa holatlar 
(I va II guruh bolalikdan nogiron yoki nogiron bola internat-uyga to‘liq davlat 
ta’minotiga o‘tkazilganda yoki undan qaytarib yuborilganda va Shu kabilar) paydo 
bo‘lganda nafaqa to‘lash shu holat paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning 1 kunidan 
boshlab to‘xtatiladi yoki tiklanadi.
Tayinlangan, biroq oluvchi tomonidan o‘z vaqtida talab yetib olinmagan 
nafaqa summasi nafaqa olish uchun murojaat qilingandan oldingi o‘tgan vaqt 
uchun ko‘pi bilan uch yilga to‘lanadi.
Nafaqa tayinlagan yoki nafaqa to‘layotgan organning aybi bilan o‘z 
vaqtida olinmagan nafaqa summasi o‘tgan vaqt uchun biror-bir muddat bilan 
cheklashsiz to‘lanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan holda nafaqaning 12 oyga tegishli bo‘lgan 
summasi bir yo‘la to‘lanadi, qolgan qismlari esa har oyda nafaqaning joriy qismiga 
qo‘shimcha tarzda oylik nafaqadan oshmaydigan teng ulushlarda to‘lanadi.
Tayinlangan nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogironga u olayotgan ish 
haqi, stipendiya, aliment yoki daromadlarning boshqa turlaridan qat’i nazar 
to‘lanadi.
Nogiron bolaga tayinlangan nafaqa boshqa nafaqalar olinishidan qat’i 
nazar to‘lanadi.
Tayinlangan nafaqa I yoki II guruh bolalikdan nogiron yoki nafaqa 


199 
tayinlangan nogiron bola to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan vaqt uchun 
to‘lanmaydi.
Leprozoriylarda bo‘lgan I va II guruh bolalikdan nogironlarga, Shuningdek 
nogiron bolaga nafaqa leprozoriylarda bo‘lgan vaqt uchun to‘lanadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling