Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna


Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/96
Sana06.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1333192
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   96
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa. Pensiya tayinlash uchun 
zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan takdirda uning 
qaramog‘ida bo‘lgan oila a’zolari nafaqa olish huquqiga egadirlar.
Oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolari qatoriga "Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi qonunining 19-moddasida 
ko‘rsatilgan shaxslar kiritiladilar.
Vafot etganning oila a’zolariga nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:
a) oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga - vafot etgan 
fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan yoshga doir nafaqaning 100 
foizi;
b) oilaning mehnatga layoqatsiz ikkita a’zosiga - nafaqaning 75 foizi;
v) oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga - nafaqaning 50 foizi 
Ijtimoiy ta’minot nafaqasi (nafaqalari)ni olish huquqiga ega
bo‘lgan fuqarolar Shu huquq paydo bo‘lgandan so‘ng muddat bilan cheklashsiz


195 
istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin
Nafaqa tayinlash va to‘lash shahar yoki tuman byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizani qabul qilib olgan ijtimoiy ta’minot 
bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda 
ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilinganligi haqida tilxat beriladi.
Ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qabul qilib olingan kun nafaqa 
tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun deb hisoblanadi (mazkur Nizomning 4-
bandi).
Agar nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza pochta orqali yuborilsa hamda 
barcha zarur hujjatlar taqdim etilsa, ariza jo‘natilgan joyning pochta shtempelida 
ko‘rsatilgan sana nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qilingan kun deb 
hisoblanadi.
Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda qanday hujjatlarni 
qo‘shimcha ravishda taqdim etish kerakligi ariza beruvchiga ma’lum qilinadi. Agar 
bu hujjatlar qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi to‘g‘risida bildirish 
olingan kundan boshlab 3 oydan kechikmay taqdim etilsa, nafaqa tayinlash 
to‘g‘risida ariza qabul qilib olingan kun nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat 
qilingan kun deb hisoblanadi.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda 
taqdim etilgandan keyin 10 kundan kechikmay ko‘rib chiqiladi.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risida murojaat qiluvchi nafaqa tayinlashni rad etish 
haqidagi qaror ustidan yuqori turuvchi organiga shikoyat qilishi mumkin, javobdan 
qoniqmagan taqdirda esa sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Tayinlangan, biroq oluvchi tomonidan o‘z vaqtida talab etib olinmagan nafaqa 
summasi nafaqa olish uchun murojaat qilingandan oldingi o‘tgan vaqt uchun ko‘pi 
bilan uch yilga to‘lanadi.
Nafaqa tayinlagan yoki nafaqa to‘layotgan organning aybi bilan o‘z vaqtida 
olinmagan nafaqa summasi o‘tgan vaqt uchun biror-bir muddat bilan cheklashsiz 
to‘lanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan holda nafaqaning 12 oyga tegishli bo‘lgan


196 
summasi bir yo‘la to‘lanadi, qolgan qismlari esa har oyda nafaqaning joriy qismiga 
qo‘shimcha tarzda oylik nafaqadan oshmaydigan teng ulushlarda to‘lanadi.
Tayinlangan nafaqa oilaning nafaqa tayinlashda hisobga olinadigan son 
tarkibi o‘zgargan;
ish haqining eng kam miqdori o‘zgargan;
rayon koeffitsienti belgilangan (bekor qilingan) yoki uning miqdori 
o‘zgargan;
aholi daromadlari indeksatsiya qilingan hollarda qayta hisoblab chiqiladi.
Nafaqalarni to‘lash har oyda ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan 
belgilangan muddatlarda, biroq nafaqa to‘lanadigan oydan keyingi oyning 5-
kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Ishonchnoma bo‘yicha nafaqa davlat pensiyalarini ishonchnoma bo‘yicha 
to‘lash uchun belgilangan tartibda to‘lanadi.
Nafaqa oluvchi O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ko‘chib ketganda 
nafaqa to‘lash to‘xtatiladi

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling