Namangan davlat universiteti akayeva marapat abduxalikovna
Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taminot huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o‘zlashtirishga doir vaziyatli masalalar 1
Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston
Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.Ish haqiga koeffitsient qo‘llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Mavzuni o‘zlashtirishga doir vaziyatli masalalar 1. Fuqaro Xalilova bolasi tug‘ilganidan so‘ng 6 oy o‘tib fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organiga bolani parvarishlash nafaqasini tayinlashni so‘rab murojaat etdi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi bola tug‘ilganidan olti oy o‘tib ketganligini asos qilib mazkur nafaqani tayinlamadi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi harakatlari to‘g‘rimi? Ishlamayotgan ayollarga bolani parvarishlash nafaqasi qachondan boshlab to‘lanadi? 2. Fuqaro Iskandarova ishga kirib olti oy ishlagandanidan keyin homiladorligi haqida tibbiy malumotnoma olib keldi. Ammo korxona rahbari ushbu fuqaroga hali bir yil ishlamaganligi uchun homiladorlik nafaqasi tayinlanmasligini malum qildi. Korxona rahbarining xatti–harakatlariga huquqiy baho bering. Homiladorlik nafaqasi qachondan boshlab qancha muddatga to‘lanadi? 3. Fuqaro Mamajonov Kimyo-texnologiya institutida ikkinchi kurs magistraturada o‘qiydi. Ayni paytda Shu institutda yarim stavkada laborant vazifasida ham ishlaydi. Fuqaro Mamajonov kommunal to‘lovlar o‘rniga beriladigan kompensatsiya pulini olishga haqlimi? 4. Korxona xodimasi Allaeva boshqarma boshlig‘iga murojaat qilib, unga homiladorlik tatili nafaqasi to‘lanmayotganligini, buning uchun ushbu xodim homiladorlik tatiliga chiqqan bo‘lsa-da, ishlayotganligi va ish haqi olayotganligi asos sifatida ko‘rsatilmoqda. Fuqaro Allaeva ham ish haqi, ham nafaqa pulini to‘lashlarini so‘radi. Fuqaro Allaeva murojaati qanoatlantiriladimi? Homila-dorlik tatiliga chiqqan xodim ishlayotgan bo‘lsa ijtimoiy taminot sohasida unga qanday imtiyozlar berilishi mumkin? 203 5. Fuqaro Xayriddinova o‘zi ishlagan korxona boshlig‘iga bola parvarishlash nafaqasini yana bir yilga uzaytirib berishlarini va hozirda oilasining moddiy ahvoli yaxshi emasligini inobatga olib, uchinchi yil uchun ham nafaqa to‘lashlarini so‘rab ariza bilan murojaat etdi. Biroq korxona boshlig‘i faqat bola ikki yoshga to‘lgungacha bunday nafaqa turini olish mumkinligini va xodimni tezda ishga chiqishi lozimligi aytdi. Korxona boshlig‘ining harakatlariga huquqiy baho bering. Ishlayotgan onalarga bola parvarishlash nafaqasi qancha muddatga, kim tomonidan tayinlanadi? Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling